Jahon psixologiyasi fanining nazariy mushohadalariga va o‘zimizning shaxsiy ma’lumotlarimizga asoslanib, motivlarni quyidagi turkumlarga ajratishni lozim topdik.
Shaxsning ijtimoiy ehtiyojlari bilan uyg‘unlashgan, ularning mohiyati mezoni orqali o‘lchanuvchi motivlar: Dunyoqarashga taalluqli, aloqador bo‘lgan g‘oyaviy motivlar;
Ichki va tashqi siyosatga nisbatan munosabatni aks ettiruvchi, shaxsiy pozitsiyani ifodalovchi siyosiy motivlar:
Borliq go‘zalligiga nisbatan ehtiyojlarda in’ikos etuvchi nafosat (estetik) motivlari.
Vujudga kelishi, shartlanganlik manbai bo‘yicha umumiylikka ega bo‘lgan, boshqaruv va boshqariluv xususiyatli motivlar: Keng qamrovli ijtimoiy motivlar (vatanparvarlik, fidoiylik, altruistik);