Aks ettirish darajasi, sifati nuqtai nazardan ierarxiya vujudga keltiruvchi motivlar.
Biologik motivlar;
Psixologik motivlar;
Yuksak psixologik motivlar.
Shaxsning ehtiyojlarini qondirish bilan shartlangan, uni faoliyatga undovchi (turtki) tarzda vujudga keluvchi motiv sifatidagi motivlashtirishdir. Mazkur holatda motivlashtirish faollik nima sababdan vujudga kelishini, shaxsni faoliyatni amalga oshirishga undovchi ehtiyojlar mohiyatini tahlillashga xizmat qiladi.
Motivlashtirish faollik nimalarga yo‘naltirilganligini, nega aynan shunday xulq-atvor tanlanganligini, nima uchun boshqasiga e’tibor berilmaganligini asoslashga qaratiladi. Bu o‘rinda motivlar shaxsning xulq-atvor yo‘nalishini tanlashni aks ettiruvchi sabablar funksiyasini bajaradi. Bularning barchasi yaxlit holda keltirganida inson shaxsining yo‘nalishini vujudga keltiradi.
Motivlashtirish-bu inson axloqi va faoliyatini o‘zi boshqaruvchi vosita tariqasida namoyon bo‘lishidir. Ushbu vositalar tarkibiga emotsiyalar, xohishlar, tilaklar, qiziqishlar, mayllar va boshqalar kiradi. Masalan, emotsiyada insoniy fe’l-atvorning shaxsiy aks ettirish mohiyati baholanadi, binobarin, uning tub maqsadi faoliyat tuzilishiga mos tushmay qolsa, u taqdirda his-tuyg‘ular uning yo‘nalishini o‘zgartiradi. Buning natijasida fe’l-atvor qayta quriladi, oldingi harakatlarni jadallashtiruvchi yordamchi kechinmalar va boshqalar.
Shunday qilib, irodaviy harakatda uni motivlashtirishning uchta jabhasi (sohasi), ya’ni faollik manbai ekanligi, inson shaxsining yo‘nalganligi, o‘zini o‘zi boshqarish vositasiligi aks etadi.
Yuqoridagi mulohazalardan ko‘rinib turibdiki, irodaning asosi motivlashtirishga sabab bo‘luvchi ehtiyojlardan iborat ekanligi dalillab o‘tiladi. Ehtiyojlar esa irodaviy harakatlar bajarilishini ta’minlaydigan yoki ularga to‘sqinlik qiladigan motivlarga aylana boradi. Irodaviy harakatlarning motivlari (sabablari) muayyan darajada anglanilgan xususiyat kasb etadi va shaxsni ularni amalga oshirishga yo‘naltirib turadi.
Dostları ilə paylaş: |