Andijon davlat unibersiteti psixologiya kafedrasi


Tilning asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat



Yüklə 1,78 Mb.
səhifə71/258
tarix18.02.2022
ölçüsü1,78 Mb.
#52803
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   258
Andijon davlat unibersiteti psixologiya kafedrasi

Tilning asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat:

  • Til yashashning vositasi, ijtimoiy tajribani avloddan avlodga uzatish, berish va o‘zlashtirish quroli tarzida vujudga keladi (avlodlar ota-onalar, o‘qituvchilar va murabbiylar);




  • Til vosita yoki kommunikatsiya usuli, hatto odamlarning xatti-harakatlarini boshqaruvchi qurol sifatida namoyon bo‘ladi (masalan: “Leksiya bo‘lmaydi”, “Bugun bayram” – ta’sir qilishdan, ta’sir o‘tkazishdan iboratdir);



  • Tilning muhim funksiyalaridan yana bittasi – intellektual faoliyatning quroli sifatida xizmat qilishdir (muammoli vaziyat mohiyatini tushunish, yechishni rejalashtirish, ijro etish, maqsad bilan solishtirish).

Odam hayvonot olamidan farqli o‘laroq o‘zi xoh amaliy, xoh aqliy harakat bo‘lishidan qat’i nazar uni rejalashtira oladi. Faoliyatni bunday rejalashtirish yechimi uchun vosita qidirishning va umumiy fikriy masalalarini hal qilishning asosiy quroli tildir. Psixologik tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, tilning eng asosiy funksiyasi – bu kommunikatsiyadir.

Nutq faoliyati – odam tomonidan ijtimoiy-tarixiy tajribani o‘zlashtirish, avlodlarga berish (uzatish) yoki kommunikatsiya o‘rnatish, o‘z shaxsiy harakatlarini rejalashtirish va amalga oshirish maqsadida tildan foydalanish jarayonidir.

Nutq axborot, xabar, ma’lumot va yangi bilim berish aqliy topshiriqlarni yechish faoliyatidan iboratdir. Agarda til aloqa vositasi (quroli) bo‘lsa, nutq esa aynan o‘sha jarayonining o‘zidir.




Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   258




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin