Kosmik psixologiya - vaznsizlik va bo‘shliqda aniq mo‘ljal ola bilmaslik sharoitida, organizmda juda ko‘p ortiqcha taassurotlar yuklangan paytda ro‘y beradigan nerv-psixologik zo‘riqish bilan bog‘liq bo‘lgan alohida holatlar tug‘ilganda kishi faoliyatining psixologik xususiyatlarini tadqiq qiladigan psixologiya sohasi.
Ekstremal psixologiya - insonning o‘zgargan muhit shart-sharoitlarida psixik faoliyatining kechishi qonuniyatlarini o‘rganadigan psixologiya sohasi. Ekstremal sharoitda insonga bir qancha faktorlar ta’sir qiladi: monotoniya, makon o‘zgarishi, xavf omili, vaqt, shaxsiy ahamiyatga molik axborotning o‘zgarishi, yolg‘izlik, guruhiy izolyatsiya va hayotiy xavf. Ekstremal sharoitga inson moslashishining biologik vazifasi ekstremal sharoitda ishlovchilarni tanlab olish (kosmos, arktika, yong‘in va hokazo), mashqlantirish, trening o‘tkazishdan iborat.