Aviatsiya psixologiyasi - aviasanoat va aviaxizmatchilarning mehnat faoliyatida kechuvchi psixologik qonuniyatlarni o‘rganadi. Aviatsiya psixologiyasining predmeti murakkab aviatsiya tizimini boshqarishdagi inson psixikasining rolini tekshirishdan iborat. Aviatsiya psixologiyasi ob’ekti shaxs faoliyati, jamoa tuzilishini tashkil qilishning shart-sharoitlari hisoblanadi. Aviatsiya psixologiyasi sub’ekti uchuvchilar, muhandis, texnik xizmat ko‘rsatish tarkibini tashkil etuvchi styuardessalar va boshqalar. Aviatsiya psixologiyasi soha sifatida uchuvchi qurilmalar yaratilishi vaqtidan, ya’ni XIX asrning oxiri va XX asrning boshlaridan vujudga kelgan. Aviatsiya psixologiyasi tug‘ilishining asosiy sababi uchuvchi apparatlar ishlatishda va boshqarishda inson omili xavfsizligiga shart-sharoit yaratish ehtiyojidir. Aviatsiya psixologiyasi psixologiyaning boshqa sohalari bilan uzviy bog‘liqdir.