Hozirgi kunda jahon psixologiyasi fani o‘zini o‘zi boshqarish va takomillashtirish, o‘zini o‘zi qo‘lga olish, o‘ziga o‘zi buyruq berish, o‘zini o‘zi tarbiyalash bo‘yicha boy materiallar to‘plagan, bu esa o‘z navbatida inson munosabati, maqsadi, holati, kechinmalari o‘zgarishi va yangidan yaralishi haqida ilmiy-tatbiqiy ma’lumotlar beradi, kundalik turmush psixologiyasi rang-barangligini ta’minlab turadi. Psixologiya inson psixikasini aniqlash, shakllantirish, yangi sharoitga ko‘chirish, takomillashtirish, rivojlanish dinamikasini ta’minlash, yangi sifat bosqichiga o‘tishini qayd qilish imkoniyati borligi bilan o‘ta amaliy, tatbiqiy fanga aylangandir. Psixologiya fanining sohalari uning amaliyot uchun muhim ahamiyat kasb etishidan dalolat beradi (huquqshunoslik psixologiyasi, klinik psixologiya, mehnat psixologiyasi, savdo psixologiyasi, sotsial psixologiya, pedagogik psixologiya, maxsus psixologiya, sport psixologiyasi va hokazo). Psixologiya amaliy, tatbiqiy jihatdan o‘z predmetiga ega bo‘lib, amaliy sotsial psixolog, injener (muhandis) psixolog, oilaviy psixoterapevt, tibbiyot psixologi, maktab psixologi kabi sohalarni o‘z ichiga qamrab olgandir.
Psixologiya fanini muayyan sohalarga bo‘lishda aniq, yaqqol faoliyatning psixologik tomoni, insonning jamiyatga nisbatan psixologik munosabati, taraqqiyotining psixologik jabhasi asos qilib olingan. Quyida psixologiya sohalarining tavsifiga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
Dostları ilə paylaş: |