ahamiyati juda katta. Jumladan, shaxsda ijobiy fazilatlar yaxshi shakllangan bo’lsa
doimo kovog’ini solib yurgan, kishilar bilan samimiy munosabatda bo’lmagani uchun hamma
fikricha, jilmayganda biz bir-birimizga yaxshiliq qilish istagida turamiz. Masalan, transport
14
SHaxsning irodaviy sifatlarini rivojlantirish orqali ham uni muloqotga o’rgatish oson ro’y
beradi.
Jamoa muhitini shakllantirishda ikkinchi tomon ham bor - bu jamoa a’zolarining ruhiy
madaniyatini shakllantirishdir. SHu maqsadda o’quvchilarga ularning insoniy muloqot, inson
shaxsi, bir-birini baholash xususiyatlari («men va boshqalar”,”men boshqalarning ko’zi bilan”)
to’g’risidagi mulohazalarini rag’batlantiruvchi axborotni berish zarur. Uni insholar, suhbatlar,
treninglar orqali uyushtirish mumkin. Maxsus mashqlar orqali muloqot usullariga o’rgatish
shunga taalluqlidir. Ruhiy madaniyatga o’rgatishni o’smirlik yoshidan boshlash muhim, chunki
o’z shaxsi haqidagi axborotga qat’iy ehtiyoj xuddi shu davrda vujudga keladi. O’smirlikda
o’zining “Men”i xususida ziddiyatli kechinmalar boshlanadi. Ilk yoshlik paytida - o’z ruhiy
holati haqida hayol surish kuchaygan, muloqot juda ahamiyatli va g’oyat tanlab o’tkaziladigan
yoshda inson shaxsi, shaxslararo muloqot to’g’risidagi axborot zarurdir.
N.P. Anikeeva fikricha, boshqa odamlar bilan muloqotda har bir shaxs muayyan
ijtimoiy rolni egallaydi. Rollar shaxsni to’laroq ochib berishi, uni niqoblashi mumkin. Lekin
pozitsiya - rollarni tanlash albatta insonning o’z mohiyatiga, uning kuchiga, zaifligiga, salohiyat
darajasiga, o’z-o’zini tanqid qila olishiga, xulq - atvorining puxtaligiga, o’zining chetdan ko’ra
bilish qobiliyatiga bog’liq bo’ladi. (Jamoada ruhiy muhit. 146-147 bet)
Ba’zan muloqotdagi muvaffaqiyatsizliklar yoshlarni benuqsonroq, himoyalanganroq
bo’lish uchun o’zidagi eng yaxshi narsalarni yashirishga, buzishga majbur etadi. Erta o’smirlik
paytida yig’it va qizlar yakkalik holatini boshdan kechiradi. Ular his-tuyg’ularini hech kimga
aytishmaydi. O’zi haqidagi va atrofdagi kishilar haqidagi axborot - muloqot usullarini va
mazmunli muloqotni tashkil etishga intilishni belgilab beradi. Buning uchun ruhiy tusdagi
muayyan ma’lumotlarga ega bo’lish kerak. Har bir kishiga xos bo’lgan ruhiy xususiyatlar asab
tizimi turi bilan belgilanadi va avvalo temperamentda: ta’sir ko’rsatish sur’atida, ham tabiiy
signallarda (ovoz, yorug’lik, rang, hid, haroratning o’zgarishi), ham ijtimoiy signallarda (so’z,
voqea, o’ta sezgirlikda, emotsional ko’zg’aluvchanlikda, tashvishliliq darajasida, ekstraversiya,
introversiya) namoyon bo’ladi. Ekstroversiya bilan introversiya kishining ruhiy tavsifi sifatida
muloqot sohasida yorqin namoyon bo’ladi. Ekstroversiya - individning tashqi dunyoga,
introversiya - ichki dunyoga qarashidir. Asab faoliyatining kuchli tipi bilan bog’liq ekstroversiya
xususiyatlari ustun bo’lgan kishilar ancha kirishimli, aloqalar, tanishishlar doirasiga moyil
bo’ladilar. Ular ishtiyoq bilan yangi tanishlar orttiradilar, shovqin - suronli davralarni
yoqtiradilar. Introvertlar - bu asab faoliyatining zaif tipiga mansub kishilardir. Ular o’z ichki
dunyolariga berilishga, kechinmalarga moyillar. Atrofdagilardan ko’p tashvishlanadilar, ular
yaqinlarning tor doirasini ma’qul ko’radilar. ”Ekstroversiya-introversiya” o’qining o’rtalarida
joylashgan kishilar psixologiyada tsentrovertlar degan nomni olgan. Ular me’yorida kirishimli,
me’yorida yolg’izlikka moyildirlar.
Nutq bilan ishlash orqali ham muloqotga o’rgatish mumkin. Masalan, ovozni baland
chiqarib she’r o’qish, hikoyani gapirish kabi treninglar ham muloqotni shakllanishiga yordam
beradi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni esa o’yin faoliyati davomida muloqotga o’rgatish oson
kechadi.
Muloqotga o’rgatishda o’yin va noo’yin
shakllarini qo’shib olib borishning ahamiyati
katta:
1. Darsga norasmiy muloqot elementlarini kiritish. Ayni paytda didaktik o’yinlardan
foydalanish, ularda muloqot tashkilotchisi rolini muallim emas, o’quvchilardan biri bajarishi.
2. E’tiborni javobning ijobiy jihatlariga qaratish. O’quvchilar o’rtoqlarining javoblarini
xolisona baholashga maxsus o’rgatiladi, ayni paytda mayda - chuydalargacha e’tiborni qaratib,
o’rtoqlarining javoblaridagi eng muvaffaqiyatli jihatlarini ajratib ko’rsatishni o’rganish.
Kamchiliklarni qanday qilib yo’qotish haqida bahslashish, ya’ni kamchilikni bitta o’quvchining
o’ziga aytish orqali ta’sir qilish.
3. Insonlar o’rtasidagi ijtimoiy munosabatlar SHarqda o’ziga xos xususiyatga ega. Ushbu
o’quv qo’llanma jamiyatning yangilanish davrida inson ma’naviyati va ruhiyatida ro’y
berayotgan o’zgarishlarning psixologik tabiatini anglashga yordam beradi.