Andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti psixologiya kafedrasi


 4. MULOQOTDA SOTSIAL NAZORAT VA IJTIMOIY QOIDALAR



Yüklə 161,87 Kb.
səhifə9/10
tarix20.11.2023
ölçüsü161,87 Kb.
#165853
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti psixologiya kaf-fayllar.org

2. 4. MULOQOTDA SOTSIAL NAZORAT VA IJTIMOIY QOIDALAR. 
Muloqot maqsadlari kishilarning birgalikdagi faoliyati ehtiyojlarini aks ettiradi. Bu hol 

quruq safsatabozlikning, ya’ni fatik muloqotning, kommunikatsiya vositalarining birgina


muloqot jarayonining o’zini hosil qilishdan iborat yagona maqsad yo’lida tuturuqsizlik bilan 
foydalanilishini mustasno etmaydi.
Kishilar muloqotga kirishar ekan, savol berish, buyruq, iltimos qilish, biror narsani 

tushuntirish bilan birga o’z oldiga boshqalarga ta’sir etish, shu narsani ularga tushuntirish


maqsadini qo’yadi. Muloqotning maqsadi kishilarning birgalikdagi faoliyatiga ehtiyojini aks 
ettiradi. Bunda muloqot shaxslararo o’zaro ta’sir sifatida namoyon bo’ladi, ya’ni kishilarning
birgalikdagi faoliyati jarayonida paydo bo’luvchi aloqa va o’zaro ta’sirlar yig’indisidir. 
Birgalikdagi faoliyat va muloqot ijtimoiy nazorat sharoitida ro’y beradi. Jamiyat ijtimoiy
normalar sifatida maxsus xulq-atvor namunalari tuzilishini ishlab chiqqan. Ijtimoiy normalar 
ko’lami nihoyat keng-mehnat intizomi harbiy burch va vatanparvarlik xushmuomalalik qoidalari
ana shular jumlasidandir. Ijtimoiy nazorat muloqotga kirishuvchilar bajaradigan rolning 
“repertuar”iga mos holda namoyon bo’ladi.
Psixologiyada “rolь” deganda ijtimoiy (sotsial) mavqeni egallab turuvchi har bir kishidan 

atrofdagilar kutadigan, normativ tomonidan ma’qullangan xulq-atvor namunasi tushuniladi.


(Yosh, mansab, jins va oiladagi, o’qituvchi va o’quvchi shifokor va bemor, katta kishi yoki bola, 
boshliq yoki xodim, ona yoki buvi, erkak yoki ayol, mehmon yoki mezbon rolida namoyon
bo’lishi mumkin). O’z navbatida har bir rolь o’ziga mos talablarga javob berishi kerak. 
Bir kishi turli muloqot vazifalarida turli rollarni bajarishi mumkin. Masalan, xizmat 

joyida direktor, kasal bo’lsa vrach ko’rsatmalariga itoat etuvchi bemor, oilada keksa ota -


onasining qobil farzandi, mehmondo’st oila boshlig’i bo’ladi. Turli rollarni bajaruvchi 
kishilarning o’zaro munosabati rolli kutishlari bilan boshqariladi. Xohlaydimi yoki yo’qmi
atrofdagilar undan ma’lum namunaga mos keluvchi xulq - atvorni kutadilar. Agar rolь yaxshi 
bajarilmasa ijtimoiy-nazorat tomonidan baholanadi, ozmi-ko’pmi cheklanishlar qilinadi.
Turli xil rollarni bajarayotgan kishilarning o’zaro birgalikdagi harakati rollar ehtimoli 

bilan boshqariladi. Rolning qanday bajarilishi sotsial nazorat ostida bo’ladi, ijtimoiy jihatdan


baholanadi, namunadan chetga chiqish esa qoralanadi. Jumladan, ota-onalar mehribon, 
xushmuomala, bolaning aybiga nisbatan shafqatliroq bo’lishlari kerak-bu rollar ehtimoliga mos
bo’lib tushadi va ijtimoiy jihatdan ma’qullanadi. Ammo atrofdagilarga ota-onaning 
xushmuomalaligi haddan oshib ketayotgani sezilib turadi va qoralanadi. Vaqti kelganda ota-ona
bolaga nisbatan qattiqqo’l, talabchan bo’lishlari lozim. SHunday qilib, o’zaro birgalikda harakat 
qilayotgan kishilar xulq-atvorining bir-birlaridan kutgan taxminlariga mosligi muloqot
jarayonida muvaffaqiyatga erishishning zarur sharti hisoblanadi. 
Kishining boshqalardan eshitishga yoki ularda ko’rishga tayyor bo’lgan narsani ulardan 

kutish mumkinligini bexato va aniq taxmin qilish qobiliyati, malakasi odob deyiladi. Odobsizlik-


bu muloqot jarayonida muloqotga kirishganlarning o’zaro birgalikdagi harakatlarining izdan 
chiqishiga olib keladigan va ba’zan mojaroli vaziyatlarni vujudga keltiradigan darajada buzilishi
demakdir. Odobsiz xulq-atvor nisbatan beg’araz tabiatga ega bo’ladi. Pedagogik odobning 
tegishli aloqa o’rnatish chog’ida tarbiyachiga in’om etadigan imkoniyatlaridan foydalanish
o’quvchining rivojlanishi uchun istiqbol yaratib bergan holda uning shaxsini shakllantirish 
jarayonini ancha qulay sharoitlarda amalga oshirish imkonini beradi.
Muloqotning bevosita muvaffaqiyatining sharti o’zaro ta’sir etuvchi kishilarning har 

biridan kutilayotgan harakatlarga mos keluvchi xulq - atvor namunasini qo’llanishidadir.


Kishining boshqalar undan nimani kutayotganini, nimani eshitishga va undan nimani ko’rishga 



16
tayyor ekanligini to’g’ri, aniq, xatosiz ko’chira olish qobiliyati takt deb ataladi. 

2.5.PEDAGOGIK MULOQOT- IJODIY JARAYON SIFATIDA. 

Pedagogik muloqot-pedagogik ta’sirning ajralmas sifatidir. Bu o’qituvchi va 


o’quvchining ta’lim-tarbiya jarayonidagi professional muloqoti bo’lib, unda ma’lumot


almashinadi va o’quvchilarga o’quv-tarbiyaviy ta’sir o’tkaziladi. Bunda ikki yoqlama muloqot 
yuzaga kelishi lozim. Uning asosi sifatida o’zaro hurmat va ishonch xizmat qiladi. Pedagog
o’quvchilar bilan muloqotga kirishish jarayonida ulardan hurmat kutadi. O’quvchilar ham 
o’qituvchidan hurmat va ishonchni talab etadilar. Bu pedagogik ta’sirning samarali yo’li bo’lib,
tajribali pedagoglar bolani o’z-o’zini hurmatlashga asoslangan holda munosabatlarni tashkil 
etadilar va shu orqali o’zaro munosabatlarni amalga oshiradilar. Muloqotning o’ziga xos 3 ta
darajalari mavjud. Bular: makro darajada (katta)-insonlar bilan muloqot qilish barcha odob-axloq 
normalariga suyangan holda amalga oshiriladi. Mezo darajada(o’rta)-muloqot ma’lum mavzu
asosida kechadi (masalan, askiyada ma’lum mavzudan chekinmaslik). Mikro daraja (kichik) -
muloqotning oddiy shakllari, savol-javob tariqasida yuz beradi. Muloqotning turlari: shaxslararo
(inson-inson), shaxsiy-guruhiy (guruh-guruh), ommaviy kommunikatsiya (radio, televidenie, 
ro’znomalar va jurnallar) kabi turlari mavjud. (Davletshin M.G. Umumiy psixologiya.
T.2002.62-bet). 
Pedagogik muloqotda ijodiylik quyidagilarga bog’liq:
— o’quvchilar bilan o’zaro birgalikda harakat qilish;(A.A.Bodalev) 
— bolaga ta’sir qilishda uning xulq-atvorini boshqarish, o’zaro harakatning turli
yo’llarini qo’llash; 
— o’qituvchining o’z-o’zini boshqara olishi;
— o’zaro munosabatlar jarayonidagi ijodiylik harakterini saqlay bilish. 
(Ya.L.Kolominskiy, A.V.Petrovskiy).
Demak, o’qituvchi o’quvchilar bilan ziddiyatlarga borsa, qandaydir muammo tug’ilsa 

darhol hal qilishi lozim. Pedagogik muloqotdagi ijodiylik ham shunda bilinadi. Pedagogik


muloqotda o’qituvchi bolani ko’ziga qarab uning hayolidan nima kechayotganligini bilib olishi 
kerak.
Ijodiylik o’zaro munosabatlardan boshlanadi. Har bir pedagog o’z tajribasidan, uslubidan 

kelib chiqib bolalar bilan muloqotda bo’lishi lozim. Ya’ni nostandart usullarni izlab topishi


kerak. Pedagogik ta’sir ham pedagogik muloqotdagi ijodiylik orqali amalga oshiriladi.
Ijodiylikni amalga oshirish uchun quyidagilarga ahamiyat berish lozim: 

— bir necha o’qituvchilarning darslarini kuzatish, unda o’quvchilarning kayfiyatini,


o’qituvchining bolalar bilan bo’ladigan munosabatlarini aniqlash; 
— o’qituvchining darsda qanday usullarni qo’llashi, muloqotni qanday tashkillashtirish,
o’quv-tarbiyaviy muammolarni yechishini aniqlash; 
— o’zining muloqot texnologiyasini boshqa o’qituvchining “texnologiyasi”ga
taqqoslashi; 
— tajribali o’qituvchilarning tarbiyaviy soatlarida qatnashish orqali muloqot jarayonidagi
o’quvchilarning individual xususiyatlarini aniqlash; 
— o’zining darsidagi muhiti bilan boshqa tajribali o’qituvchining darsidagi muhitni
taqqoslash orqali xulosa chiqara olish. (V. A. Kan-Kalik . Uchitelyu o pedagogicheskom obhenii. 
M. 15-16 betlar).
Kasbiy-pedagogik muloqot-murakkab hodisa. SHaxs kasbiy- pedagogik muloqot 

qilishdan avval o’z oldiga bir necha vazifalarni qo’yadi. Jumladan, maqsad qo’yadi, muloqot


qachon, qaerda, necha yoshlilar bilan o’tkazilishini rejalashtiradi. Pedagogik muloqotning eng 
muhim bosqichi - bu modellashtirish hisoblanadi. Bu bosqichdan muhim, mas’uliyatli
muammoni hal qilishda foydalaniladi. Masalan, darsga tayyorlanish, ma’ruzani rejalashtirish
ham shu bosqichga kiradi. Birinchidan, dasturga mos ravishda dars loyihasi tuziladi.
Ikkinchidan, o’quvchilarning individual xususiyatlari hisobga olinadi. Uchinchidan, dars 

17
jarayonida qo’llaniladigan ta’lim-tarbiya usullari tanlanadi. To’rtinchidan, bolani aqliy 


rivojlanish qobiliyati hisobga olinadi.


Ikkinchi bosqich-bu bevosita muloqot bosqichi. Buni “kommunikativ hujum”deb atash 

mumkin. CHunki o’qituvchi to’liq tashabbusni o’z qo’liga olib dars boshlaydi. Uchinchi bosqich


esa-bu muloqotni boshqarish bosqichi bo’lib, kasbiy kommunikatsiyaning muhim tarkibiy 
qismidir.
Kasbiy-pedagogik muloqotning vazifasi-texnologiyani o’zlashtirish bo’lib, unda 

o’qituvchi iliq munosabatlarni qo’llay oladi, natijada pedagog shaxsi namoyon bo’ladi.


Darsda tashabbusni qo’lga olish usullari quyidagilardan iborat: 

— sinf bilan aloqani yo’lga qo’yishda zudlik bilan harakat qilish;


— tezlik bilan tashkiliy ishlardan dars jarayonining muhim bosqichiga o’ta olish; 
— sinfni ijtimoiy-psixologik yakdilligini, ”biz”hissini shakllantirish;
— vaziyatga qarab bolalar bilan muloqot usullarini qo’llash; 
— bo’tun sinf jamoasi bilan yaxlit aloqani tashkillashtirish;
— latofatliliq, dilkashlik, sofdillikni o’zida shakllantira olish, darsda namoyon qila bilish; 
— ta’qiqlangan pedagogik talablarni kamaytirish, vaziyatga qarab ish tutish;
—mimika (yuz ifodasi), pantomimika (harakatlar), ko’z bilan ta’sir qilish (noverbal 
muloqot) ni faol qo’llash;
— o’zaro bir-birini tushunishni his qilish, (V.A.Kan-Kalik). 
Kasbiy-pedagogik muloqotning muvaffaqiyatli bo’lishida o’qituvchining kommunikativ 

madaniyati muhim o’rin egallaydi. Bola o’qituvchining dildan gapirayotganligini his qilib turishi


kerak. Bo’lmasa ko’ngildagidek muloqot amalga oshmaydi. Ayrim pedagoglar bolalar bilan 
ularning yoshini hisobga olmasdan muloqotda bo’ladilar. O’qituvchi bola katta bo’layotganligini
sezib tursa, bu uning muloqot madaniyatini shakllanayotganligidan dalolat beradi.
Pedagog kommunikativ madaniyatga erishish uchun quyidagilarga ahamiyat berishi 

lozim:
— bolani sabr-toqat bilan tinglash madaniyati; 


— unga qiziqarli bo’lmasa ham bolani diqqat bilan tinglash;
— bola zerikayotganligini sezib, mavzuni boshqa qiziqarli tomonga burib yuborish; 
— suhbatlashishdan avval bolaning kayfiyatini ko’tarishga harakat qilish;
— bozor iqtisodiyotiga mos keladigan muloqot madaniyatini o’zlashtirishni ta’minlash 
kabi maqsadlar qo’yiladi.
O’qituvchi o’zi uchun boshqalar bilan bo’ladigan muloqotni yaxlit portretini tuzib olishi 

kerak. Bu auditoriya bilan bo’ladigan munosabatlarni tashkil qilishiga yordam beradi. Pedagogik


muloqot-o’quv jarayonining muhim qismi. 
O’qituvchi, tarbiyachi va pedagog kommunikativ faoliyati pedagogik faoliyatdagi 

muloqotda muhim rol o’ynaydi. Kommunikativ ko’nikma quyidagi shakllarda namoyon bo’ladi:


1. Kishilar bilan muloqotda bo’lish ko’nikmasi; 

2. O’quvchilar bilan birgalikdagi ijodiy faoliyatni tashkillashtirish ko’nikmasi; 


3. Maqsadga yo’naltirilgan muloqotni tashkillashtirish va boshqara olish ko’nikmasi 

(uquvi).


Kommunikativ qobiliyatlarning asosiy tarkibiy qismi muloqotchanlikning turlicha 

namoyon bo’lishidir. Biz bilamizki, muloqotmand kishilar oson, tez, zudlik (operativ) bilan


muloqotni tashkillashtiradilar. Bunday kishilar har doim kommunikativlikning eng markazida 
turadi. Pedagogik faoliyatdagi muloqotchanlik shaxsiy fazilat sifatidagina emas, balki kasbiy-
shaxsiy fazilat sifatida yuzaga chiqadi.
Muloqotchanlik ko’p qatlamli bo’lib, uni quyidagi tarkibiy qismlarga bo’lish mumkin: 

1) muloqotga kirishuvchanlik-kommunikatsiya jarayonidan qoniqishni his qila olish


qobiliyati; 
2) ijtimoiy yaqinlik-jamiyatda bo’lishga xohish, kishilar orasida bo’lish istagi;
3) alьtruistik (boshqalar manfaati uchun harakat qilish, yordam berish) yo’nalishlar. 
Muloqotga kirishuvchanlik. Pedagogik faoliyatni tashlab ketgan o’qituvchilardan 

18
so’rovnoma asosida olinganda ma’lumotlarga ko’ra, ularda muloqotchanlik sifatlari kasbiy 


fazilat sifatida shakllanmagan ekan. SHu jumladan, kuchsiz rahbarlarda ham xuddi shunday


holat kuzatilgan. Pedagogik faoliyatdagi muloqot uzoq, davomli muloqotdir.
Ijtimoiy yaqinlik vaqtinchalik ruhiy holat sifatida emas, balki shaxsning kasbiy - 

pedagogik yo’nalishi bilan bog’liq holda ishtiroq etadi. Muloqotchanlik shaxs fazilati sifatida


pedagogik 
muloqotning
mahsuldor 
bo’lishini
ta’minlaydi. 
Bizning
fikrimizcha, 
muloqotchanlikni uchta tarkibiy qismini ko’rib chiqish lozim: muloqotga ehtiyoj, muloqot
paytida va muloqotdan keyin yaxshi kechinmalar his qilish, kommunikativ ko’nikma va 
malakalar.
Muloqotchanlik hissiy tabiatga ega bo’lib, ular kommunikativ va alьtruistik hislardir. 

Kommunikativ hislarga fikr almashish, hayajonlanish, simpatiya (yoqtirish) his qilish,


muloqotda bo’layotgan hamroxni hurmat qilish kabilar kiradi. Alьtruistik hislar esa kishilarga 
quvonch keltirishni xohlash, boshqalar quvonchidan xursand bo’lish, hamdardlik bildirish va shu
kabilardan iborat. 
Pedagogning kommunikativ faoliyatiga uning qobiliyatlari ham kiradi. Jumladan,
didaktik (mavzuni tushunarli, sodda tilda bayon qilib bera olish), hissiy - irodaviy ta’sir eta olish, 
pertseptiv - pedagogik kuzatuvchanlik asosida o’quvchi ruxiyotiga ta’sir qilish, ekspressiv -
nutqiy, mimika, pantomimika asosida fikrni tushuntirish, kommunikativ - o’quvchilar bilan 
munosabatlarni to’g’ri yo’lga qo’yish, pedagogik takt, talabchanlik kabilar. Ko’rinib turibdiki,
barcha pedagogik qobiliyatlar kommunikativ qobiliyatlar bilan bog’liq.
Birinchi marotaba darsga kirganda, o’quvchilar bilan muloqotda bo’lganda “ijodiylik 

hissi” tug’iladi. Darsni takrorlashda esa ikkinchi”bor ijodiylik hissi” namoyon bo’ladi. Atoqli


psixolog L.S.Vigotskiy san’atning ijodiylik aktini o’rgatish mumkin emasligi, ong orqali biz 
ongsizlik holatiga kirishimiz, ongli jarayonlarni tashkil qilishimiz, ular orqali ongsizlik
jarayonlarini chaqirishimiz haqida fikrlar bildirgan.
Pedagog faoliyatda muloqotning turli bosqichlarida hissiy jihatdan o’zini his qilish 

muhim rol o’ynaydi. U faoliyatga tayyorlanish jarayonida auditoriyadagi muloqotdan so’ng uni


tadbiq qilishda namoyon bo’ladi. Tadqiqotlarning ko’rsatishicha, kommunikativ ruxlantirishning 
vujudga kelishi va uni tadbiq qilish murakkab jarayondir. Bevosita muloqot jarayonida
pedagogda kommunikativ ruxlanish holati yuzaga chiqadi. Tabiiyki, kommunikativ o’zini his 
qilish pedagogning umumiy va kommunikativ madaniyati darajasiga, eng muhimi-pedagog
shaxsining kasbiy-pedagogik darajasiga, bolalar bilan ishlash xohish-istagiga bog’liq.
Psixologik ishlar yo’nalishi pedagogning ijodiylik hissi, intellektual, emotsional tomonini 

tashkil etadi. Pedagogning ijodiylik hissi ayniqsa adabiyot darslarida kuchli namoyon bo’ladi.


SHu bilan birga pedagogning tajribasi ham muhim rol o’ynaydi. Tajribasi ortib borgani sari 
pedagog dastlabki materiallardan ko’ngli to’lmaydi, yangi-yangi materiallarni dars jarayonida
qo’llashga harakat qiladi. Buning uchun esa ijodiylik hissi shakllangan bo’lishi lozim. Ijodiylik 
hissi bo’lsa, pedagog izlanadi, imkon topadi.O’zini hissiy tomondan tayyorlash pedagogda
ijodiylik hissini keltirib chiqaradi. +o’yida bir necha tavsiyalarni berib o’tamiz: 
— material bilan ishlashda undagi asosiy o’rinlarni qidirib topish;
— auditoriyaga murojaat qilish, ya’ni ular bilan muloqotda ijodiylikka e’tibor berish; 
— darsdan qoniqish his qilish.
Eng muhimi pedagog o’zining darsdagi hisiy munosabatlarini aniqlab olishidir. Ko’pgina 

pedagoglar ohangga, imo-ishora, yuz ifodasiga, badiiylikka ko’p e’tibor bersalar, ayrimlari faqat


mantiqka va isbot-dalillarga e’tibor beradilar.Pedagoglarning fikricha, darsda o’quvchilarning 
o’quv materialini qanday idrok qilishlari muhimdir. SHundagina unda ijodiylik tug’iladi.
Tadqiqotlarning ko’rsatishicha, ijodiylik hissini mustahkamlash uchun o’zining materialga 
nisbatan hissiy munosabatining tashqi ifodasini saqlay bilish kerak. Buning uchun esa oynaga
qarab so’zlash, fikran dars jarayonini his qilish, misollarni ko’proq keltirish, buyuk shaxslar 
faoliyatidan aniq vaziyatlarni keltirish hamda darsga tezda moslashish katta ahamiyatga ega.
Pedagog o’ziga darsga kirishdan avval ustanovka (ko’rsatma) berishni o’rganishi lozim. Dars 
jarayonida va darsdan so’ng pedagog o’zini tahlil qilib borishi yaxshi natijalarga olib keladi.


19
Dars rejasini iloji boricha maydalashtirib, ya’ni bo’laqlarga bo’lib olib matn tayyorlansa dars 


jarayoni yaxshi tashkillanadi, pedagog ijodiylik hissi asosida dars o’tadi.


Pedagog o’zida ijodiylik hissini shakllantirish va boshqarish uchun quyidagi 

ao’totreninglarni qo’llashi mumkin:


— men tinch holatdaman; 
— men ishonch bilan dars o’ta olaman;
— bolalar meni tinglashadi; 
— men darsga yaxshi tayyorlanganman;
— dars juda qiziqarli bo’ladi; 
— bolalarning men bilan birga bo’lishlari juda qiziqarli;
— kayfiyatim yaxshi; 
— menga darsda ishlash yoqadi.
. Pedagog kommunikativ muloqotini mahsuldor bo’lishi uchun u pedagogik ta’sir kuchining 
tizimlarini, uning har bir qismini bilishi zarur. Dars jarayonida o’qituvchi qaysi usulni
qo’llayotganini doimo eslab turishi kerak. Buning uchun pedagog ikkita muhim muammoni 
hisobga olishi:
— o’zining hatti-harakatini to’g’ri tashkillashtirishi; 
— kommunikativ ta’sir samaradorligini ta’minlashi zarur.
Pedagogik faoliyat jarayonidagi muloqotning quyidagicha tavsiflash mumkin: 

1) o’quvchi va pedagog muloqoti tizimining umumiy tuzilishi(muloqotning aniq usuli); 


2) pedagogik faoliyatning aniq bosqichi uchun xos bo’lgan muloqot tizimi; 

3) aniq pedagogik va kommunikativ masalalarni yechishda namoyon bo’ladigan


muloqotning vaziyatli tizimi.
Pedagog va ta’lim oluvchilarning ijtimoiy-psixologik ta’sir xususiyatlarini muloqot 

uslublari orqali quyidagicha tushunish mumkin:


a) pedagogning kommunikativ imkoniyatlari ; 
b) pedagog va tarbiyalanuvchilar o’rtasidagi munosabatlar tabiati;
v) pedagogning ijodiy individualligi; 
g) o’quvchilar jamoasining xususiyatlari. (Kan-Kalik.Uchitelyu o pedagogicheskom obhenii. 97-
bet).

Muloqot uslublariga quyidagilar kiradi: 


1. Hamqorlikdagi ijodiy faoliyatga qiziqish asosidagi muloqot. 

2. Do’stona munosabatlar asosidagi muloqot. 


3. Masofadan turib muloqotga kirishish. 

4. qo’rqitish(qo’rquv) asosidagi muloqot. 


5. Yolg’on obro’-e’tibor qozonish uchun tashkil qilinadigan muloqot. 

Birinchi uslub asosini pedagogning yuqori kasb etikasi tashkil etadi.Bu uslub haqida 


M.O.Knebelь, I.P.Volkov, V.F. SHatalov kabilar o’z fikrlarini bildirganlar. Ularning fikricha,
bolalar bilan bo’ladigan munosabat va pedagogik hissiyotlar mana shu uslub asosida shakllanadi. 
Ikkinchi uslub asosan do’stona munosabatlar, o’quv-tarbiyaviy faoliyatda shakllanadi. 

Do’stona munosabatlar muloqotning boshqarilishini ta’minlaydi.Maroqliliq bilan do’stona


munosabat birgalikda rivojlanadi.Pedagog bir tomondan bolalar uchun yaqin o’rtoq, ikkinchi 
tomondan birgalikdagi faoliyat qatnashchisi bo’lishi lozim.
Uchinchi uslub, ya’ni masofadan turib muloqotga kirishish muhim ahamiyatga ega. 

Pedagog bilan o’quvchi o’rtasida ma’lum bir masofa bo’lishi kerak. Masofa juda uzoq


bo’lmasligi lozim. Aks holda rasmiyatchiliq ko’chayib, ijodiylik muhiti shakllanmaydi. Pedagog 
masofani saqlasa obro’-e’tibori ortadi.
To’rtinchi uslub-qo’rqitish asosidagi muloqot bo’lib, bu uslub muloqotning negativ 

shaklidir. Ba’zi pedagoglar o’quvchilarni qo’rqitish orqali muloqotda bo’ladilar. CHunki ularda


pedagogik mahorat yaxshi shakllanmagan bo’ladi. Ayniqsa katta auditoriyada ma’ruza 
o’qiydigan ma’ruzachilar auditoriyani shu uslub asosida boshqaradilar. Juda qattiq turib,
tinglovchilarni qo’rqitib pedagogik muloqotni muvaffaqiyatli amalga oshiraman deb 

20
hisoblovchilar yanglishadi. Bu o’zaro tushunishga to’sqinlik qiladi. 


Beshinchi uslub-yolg’on obro’-e’tibor qozonish uchun tashkil qilinadigan muloqot bo’lib,


yosh o’qituvchilar malakasi yetarli bo’lmagani uchun yolg’on ishlatadilar. Bu bilan o’qituvchi 
o’quvchi bilan tezroq muloqotda bo’lib olishga harakat qiladi. Bunday usulni qo’llaydigan
pedagogda umumiy pedagogik va kommunikativ madaniyat 
yetishmaydi. Demak,
pedagoglarning fikricha, birinchi va ikkinchi uslub asosida muloqotga kirishishi yaxshi 
natijalarga olib keladi.

XULOSA 

Muloqot tashqi ta’sirlar, namunalar asosida o’zini-o’zi tuzatish, qayta tarbiyalash, shaxsiy 


imkoniyatini ruyobga chiqarish uchun puxta zamin hozirlaydi, komillik sari yetaklaydi.
Barkamol insonlarning muomala maromi, mulohaza yuritish uslubi, munosabatga 

kirishish o’quvchanligi, vaziyatdan chiqish salohiyati ham, boshqa odamlar tomonidan taqlid


qilinadi va hayot tajribasida unga rioya etib yashaydi. Odamlar o’rtasidagi shaxslararo 
munosabat jarayonida g’ayritabiiy ijtimoiy holat yoki hodisaga ongli tayanish - o’zini - o’zi
mukammallashtirish, o’zini - o’zi ruyobga chiqarish, o’zini-o’zi boshqarish, o’zini - o’zi 
baholash, o’ziga - o’zi buyruq berish shaxsning ruhiy dunyosida muhim kamolot bosqichidir.
SHuning uchun ichki va tashqi taqlidning tushunish hamda ularni bosqichma-bosqich egallab 
borish - bo’lg’usi mutaxassisning kasbiy tayyorgarligi hamda barkamol shaxs sifatida
shakllanishining garovidir. Muloqotga kirishuvchilarning o’zaro yaqinligi bilan, bir-birlari bilan 
muloqotdan qoniqish hosil qilganligining yuksak darajasi, javob tariqasidagi his-tuyg’ular va
afzallikning o’zaro taxmin qilinishi bilan belgilanadigan o’zaro munosabatlar va o’zaro 
birgalikdagi harakatning barqaror individual-tanlash tizimi sifatidagi do’stlik kishilar
munosabatining alohida shakli sifatida yuz beradi. Do’stlikning rivojlanib borishi uning o’zaro 
hamjihatlikning zarurligini, oshqoralik va ochiqlikni, ishonchni, o’zaro faol yordamlashuvni,
samimiylikni va his-tuyg’ularning beg’arazligini qaror toptiruvchi yozilmagan qonun - qoidaga 
amal qilishini taqozo etadi.
Do’stona muloqot o’rnatish va do’st tutinish muammosi o’spirinlik yoshida ayniqsa 

dolzarb masalaga aylanadi


Muloqotga kirisha olmaslikning asosiy sababi - bu o’zini - o’zi ortiqcha yoki past 

baholash tufayli o’ziga va uni qurshab turgan odamlarga noto’g’ri munosabatdir. Buning oldini


olish imkoniyatlari mavjud bo’lib, asosan quyidagilarga ahamiyat berish ijobiy samaralar sari 
yetaklaydi:
1) hamqorlik faoliyatida, muloqotlar tizimi orqali muloqot jarayonining barcha a’zolari 

o’rtasida insonparvarlik munosabatlarini tashkil qilish, emotsional muhitni taqqoslash


imkoniyatini yuzaga keltirish. 
2) muloqotda ichki munosabatlar tizimida har bir a’zoning qulay pozitsiyasini 

ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish.


3) insonning muloqot xususiyatlari, maromi, usullari, shakllari to’g’risidagi axborotni 

egallashga oid maxsus mashg’ulotlarni uyushtirish.


4) shaxslararo munosabatlar va muloqot usullariga mo’ljallangan ishbilarmonlik 

o’yinlari, psixodrama, trening tizimini yaratish




Yüklə 161,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin