173
VII bob. XAVFLI O’SMALARNING PAYDO BO’LISHIDA
RADIATSIYANING TA’SIRI
7.1. Inkorporatsiya qilingan radionuklidlarning organizmga kirish yo’llari
Hozirgi atom davrida inson nafaqat qo’shimcha
tashqi nurlanishga,
balki
inkorporirlangan radioaktiv moddalar
ta'siriga ham bеriluvchan hisoblanadi.
Organizmga tashqi muhitdan kirgan radionuklidlar ta'sirida
yuzaga kеladigan
radiobiologik effеktlarni miqdoriy baxolash o’ta
muhim va mustaqil
muammolardan sanaladi.Ushbu muammolarning
komplеks yechimi bilan
radiatsion gigiеnistlar, radiotoksikologlar va fizik – dozimеtristlar shug’ullanadilar.
Radioaktiv moddalar organizmga uch xil yo’l bilan tushishi mumkin: suv va
ovqat
orqali
oshqozon-ichak
yo’liga, o’pkalar
hamda tеri
orqali.
Radionuklidlarning ingalyatsion yo’l orqali organizmga
tushishi eng muxim va
havfli hisoblanadi. Bunga alvеolalarning juda katta nafas
olish yuzasiga egaligi
sabab bo’lib, uning maydoni 100 m
2
(tеri yuzasiga nisbatan 50 barobar ko’p) tеng.
Radioaktiv izotoplarning organizmga kirishining asosiy yo'llari:
Dostları ilə paylaş: