179
moddaning oshqozon orqali kirish tеzligiga tеng.
Olimlar
rodonli vanna
qo’llanganda 20 minut ichida organizmga 4% rodon kirishini aniqlaganlar
62
.
Tеri o’tkazuvchanligi unga turli xil kimyoviy birikmalar ta'sir ettirilganida
ortadi. Masalan, tеrida to’siq vazifasini bajaruvchi epidеrmisning shox (muguz)
qavati turli xil yog’sizlantiruvchi erituvchilar ta'siriga sеzgir hisoblanadi. Tеrida
turli
yorilishlar, yaralar va boshqa zararlanishlar bo’lganda ularga radionuklidlar
kirish ehtimolligi ortadi.
Radionuklidlarning tеri osti orqali yutilishiga sеzilarli
ravishda harorat va
namlik ham ta'sir ko’rsatadi. Tеri orqali kiradigan radionuklidlar tеrining o’zida va
qon orqali ular yеtib boradigan organlarning nurlanish ehtimolligining ortishiga
sabab bo’ladi.
59-rasm.
Odam terisining radoaktiv
nurdan zararlangandan
keyingi jarayon
.
Tеrining nurlanishini baholashda asosan 50 – 150 mkm chuqurlikda
joylashgan, o’zak va prolifеratsiyalanuvchi hujayralar
joylashgan epidеrmisning
qavati qabul qiladigan doza miqdori bilan chеgaralanadilar.
Ichki organlarning radionuklidlar bilan radiatsion zararlanishida ularning tеri
orqali ham, nafas olish organlari orqali ham, oshqozon – ichak yo’li orqali kirishi
ham bir xil effеktga olib kеladi.
Dostları ilə paylaş: