I.Ishdan maqsad. Texnik xizmat ko‘rsatish stansiyalarida (TXKS) avtotransport vositalarini sotuv oldi xizmati bo‘yicha bajariladigan ishlar texnologiyasini amalda o‘rganish.
II.Ishning mazmuni. 2.1. TXKSda sotuv oldi xizmatining tashkil etishni o‘rganish.
2.2. Sotuv oldi xizmati vaqtida bajariladigan majburiy ishlarni o‘rganish.
2.3. Uchragan nosozliklarni bartaraf etishni o‘rganish.
2.4. Qo‘shimcha ishlar o‘tkazish tartibini o‘rganish.
III.Umumiy ma’lumotlar Sotuv oldi xizmatini o‘tishdan maqsad mijozga texnik xizmatdan soz va ekspluatatsiyaga tayyor avtomobilni taqdim etish.
Sotuv oldi xizmatida bajariladigan ishlar uch guruhga bo‘linadi:
avtomobilni ishlashini tekshirish va uchragan nuqsonlarni bartaraf etish;
avtomobilni butlovchi qismlarini to‘liq borligini aniqlash va joylariga qo‘yish;
avtomobil agregat va tizimlarini jipsligini tekshirish.
avtomobilni tashqi qismlaridagi mexanik nuqsonlarni bor yo‘qligini tekshirish va boshqalar.
Uchragan nuqsonlarni bartaraf etish.
Sotuv oldi xizmati vaqtida aniqlangan nuqsonliklarni sozlash yo‘li bilan tuzatilmaganlarini va avtomobillarni olib kelish vaqtida vujudga kelgan kuzovdagi mexanik shikastlar ta’mirlash mintaqasida bartaraf etiladi.
Qo‘shimcha bajariladigan ishlar.
Avtomobilga qo‘shimcha jihozlar, anjomlar standart talabi asosida, konstruksiyani o‘zgartirmay, o‘rnatiladi. Mijoz bajarilgan qo‘shimcha ishlar haqini to‘laydi. Majburiy va uchragan nuqsonlarni bartaraf etish uchun esa haqni avtomobil ishlab chiqaruvchi korxona to‘laydi.
Bajarilgan ishlar sanasi servis kitobchaga yoziladi va TXKS muxri bilan tasdiqlanadi.