Андижон машинасозлик институти


OLDI O‘NG RICHAGNI PAYVANDLASH JIHOZLARINI TANLASH VA ASOSLASH



Yüklə 1,53 Mb.
səhifə17/24
tarix14.11.2022
ölçüsü1,53 Mb.
#69013
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24
Texnologik mashinalar va jihozlar

3.1. OLDI O‘NG RICHAGNI PAYVANDLASH JIHOZLARINI TANLASH VA ASOSLASH


Himoya gazlar muhitida payvandlash uchun jihozlar

Eriydigan elektrod bilan himoyagazlarda payvandlash avtomatik yoki yarim avtomatik usulda bajariladi.

SHlangli yarim avtomatlar, himoya gazlarda payvandlash uchun mo‘ljallangan, ular quyidagi asosiy elementlardan iborat: gorelka 1 tutqichi bilan, elektrod simini gorelkaga uzatish uchun shlang, g‘altakdan (3) sim uzatish mexanizmi (2) va yarim avtomatni boshqarish blok (5) laridan iborat. SHu elementlar hamma yarim avtomatlarning turli xil modellarida mavjuddir, lekin konstruksiyasi boshqacharoq bo‘lishi mumkin.

SHlangli yarim avtomat chizmasi:
1 – gorelka; 2 – sim uzatish mexanizmi; 3 – g‘altak; 4 – elektrod simi; 5 – yarim avtomatni boshqarish bloki.

YArim avtomatning ishchi qismi – bu gorelka. Gorelkaning konstruksiyasi misolida YArim avtomat gorelkasi xizmat qilishi mumkin, ular kukunli simlar va yaxlit kesimli simlar bilan payvandlash uchun mo‘ljallangan. Gorelka, o‘tish vtulkasi (2) va uchlik (6) bilan egilgan mundshtukdan, ishga tushirish tugmasi bilan dasta (1), himoya qalqoncha (7) va soplo (8) dan tashkil topgan. Soplo payvandlash zonasi atrofida himoya atmosferasini tashkil etadi.



A-1197 shlangliyarim avtomatgorelkasichizmasi:
1 – dastak; 2 – o‘tish vtulkasi; 3 – soploga gaz o‘tish uchun tirqish; 4 – ishga tushirish tugmasi; 5 – mundshtuk; 6 – uchlik; 7 – himoya qalqoncha; 8 – soplo; 9 – himoya atmosferasi.

Kontaktli payvandlash mashinalari GOST 297-80 ga mos bo‘lmog‘i lozim.


Kontaktli payvandlash mashinalari o‘zaro bop’langan ikki qism: mexanik va elektr qismlardan tashkil topadi.
Mexanik qism mashinani bikr va mustaxkam kiluvchi, kuchlarni o‘ziga qabul qiluvchi konstruktiv qismlar (korpus yoki stanina, plitalar, kronshteynlar, domkrat, tiraklar, konsollar, elektrod tutqichlar, elektrodlar) dan hamda payvandlanadigan detallarni maxkamlab, siqib qo‘yish va siljitish uchun mo‘ljallangan mexanizmlar maxkamlab iborat. Ayrim konstruktiv qismlar va mexanizmlar payvandlash tokini o‘tkazadi.
Elektr qism odatda sanoat chastotasidagi tarmoq, energiyasini payvandlalash toki olish uchun o‘zgartirib beruvchi ta’minlash manbayi (payvandlash transformatori, to‘g‘rilagichlar, ba’zi hollarda kondensatorlar batareyasi va b.) dan hamda tokni bevosita detallarga uzatishga mo‘ljallangan ikkilamchi (payvandlash) kontur (egiluvchan va qattiq tok o‘tkazuvchi shinalar, konsollar, elektrod tutqichlar, elektrodlar, roliklar, jag‘rlar) dan tuziladi.
Payvandlash mashinalari elektr va mexanik, texnik hamda texnologik parametrlari bilan tavsiflanadi.
Elektr parametrlar:
1) qisqa tutashuv rejimidagi yoki payvandlash paytidagi ikkilamchi tokning eng katta (maksimal) kuchi;
2) payvandlash mashinasinining eng katta quvvati;
3) ulanish muddati (UM) va muddatga mos tok hamda kuvvat (kVA), bular transformator va ikkilamchi kontur o‘ramlarining qizishini belgilab beradi;
4) nominal kuchlanish (V) va uni rostlash chegaralari (bosqichlar soni);
5) yuklash tavsifining turi (tok kuchining detallar qarshiligiga bogliqligi) – yotiq yoki tik pasayuvchi.
Mexanik parametrlar:
1) nominal va eng katta (maksimal) kuchlar, masalan, pnevmoritma uchun Fnom, Fmax ning 80 foiziga to‘g‘ri keladi;
2) kuchni dasturlashtirish imkoniyati (oldindan qisish, cho‘qichlash kuchi);
3) elektrodlarning detallarga nisbatan o‘rnatilish aniqligi va ikkilamchi kontur qismlarining bikrligi, bular payvandlab bo‘lingandan keyin detallarning tob tashlash darajasini belgilab beradi.



Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin