4. IQTISODIY QISM
«O`ZAUTO-AUSTEM» QK tizimi korxonalarining asosiy jarayonlari tartibi turlicha bo‘lganligi sababli xar bir mahsulot turi me’yorlari bo‘yicha hisob ishlari olib boriladi.
Bitiruv malakaviy ishini berilgan topshiriq asosida yozildi. Bitiruv malakaviy ishning iqtisodiy qismi berilgan topshiriqning texnologik natijalariga asoslanib hisoblandi.
Asosiy va yordamchi ishchilarning ish haqi jamg‘armasi
Asosiy va yordamchi ishchilar soni yuqorida berilgan me’yorlar asosida hisoblanib ularni soni aniqlangandan so‘ng, har bir asosiy va yordamchi ishchining bajarayotgan ish me’yori bo‘yicha razryadlar o‘rnatiladi.
Belgilangan razryadlar bo‘yicha sanoat tarmoqlarining tarmok tarif razryadlariga asoslanib tarif stavkalari belgilanadi. Sababi har bir sanoat ishlab chiqarish korxonasining ishlab chiqarayotgan mahsulotining murakkabligi, o‘rnatilgan dastgoh va uskunalarni ishlash me’yoriga bog‘liq ravishda ishbay va vaqtbay usuli qo‘llaniladi va shunga asosan tarif stavkalar urnatiladi. Alohida dastgoh va uskunalarda ishlovchi asosiy ishchilarga ishbay shaklida ish haqi to‘lanadi, liniya, potok usulidagi dastgohlar uchun vaqtbay ish haqi to‘lanadi.
Asosiy ishchilarning ish haqi jamg‘armasi tarkibi quyidagilardan iborat;
Asosiy ish haqi, bu belgilangan razryad bo‘yicha tarif stavkasi o‘rnatiladi. Ishchining bir soatda yoki bir kunda ishlab chiqargan mahsulotiga tarif stavkasi ko‘paytiriladi.
Korxonada texnologik jarayonda xar xil operatsiyalar bajarilishiga qarab razryad o‘rnatiladi. SHuning uchun loyixalashtirilayotgan korxona uchun tarif stavkani o‘rtacha tarif stavkasi xisoblab chiqiladi.
O‘rtacha tarif stavka;
Ps1*Ts+Ps2*Ts+Ps3*Ts+Psp*Ts=1x52.1+1x52.1+1*52.1+1*52.1+1*52.1+1*52.1+1*52.1/140=2.6
Bu erda: P1,P2,P3,Pp- Biror bir razryadga tegishli ishchilar soni,
Ts - tegishli razryadga mos tarif stavkasi,
Ip - Jami ishchilar soni.
Dostları ilə paylaş: |