Yig‘ishning sifati va aniqligi to‘g‘risidagi tushunchalar. Sifat ko‘rsatkichlar ishlab chiqariluvchi mashinalarning sifati xalq xo‘jaligida katta ahamiyatga ega. Sanoatning turli tarmoqlarida va xalq xo‘jaligida yangi texnikaning qo‘llash iqtisodiy samaradorligining sifatiga bog‘liqdir. Sanoat mahsulotlarining sifati deganda ularning xizmat vazifalariga mos holda ishga yaroqliligini qondiruvchi xususiyatlarining yig‘indisi tushuniladi. Mashinalarning sifati, sifat ko‘rsatkichlari tizimi bilan tavsiflanib, Davlat standartlari bilan qat’iy belgilab qo‘yilgan. Eng asosiy ko‘rsatkichlariga: mashinani ekspluatatsiya qilish ko‘rsatkichlari; mashinaning texnikaviy darajasi, uning ishonchlligi, iqtisodiy va estetik tavsifnomalari kiradi. Texnikaviy darajasi (quvvati, FIK, unumdorlik, yuk ko‘taruvchanligi, aniq ishlashi, avtomatlashtirilganlik darajasi va boshqalar) mashinalarning takomillashganlik darajasini aniqlaydi. Uni absolyut va nisbiy ko‘rsatkichlarda baholashadi.
Ishonchlilik kompleks xususiyatlarini bildirib, bunga beto‘xtov yurishi (buzilmasdan), chidamliligi, ta’mirlashga yaroqliligi va saqlanuvchanligi yoki mashinaning ma’lum vaqt oralig‘ida buzilmasdan ishlashi kiradi. Mashinaning ishonchlligi ko‘p darajada uni tayyorlash texnologiyasiga bog‘liq.
Tayyorlash texnologiyasi, mashina estetik xarakteristikasiga (uning tashqi ko‘rinishi, pardozi) va bir qancha darajada uning iqtisodiy xarakteristikalariga ta’sir ko‘rsatadi. Ekspluatatsiya qilish ko‘rsatkichlaridan tashqari, mashina sifatini uning konsruksiyasini texnologiya bopligi bilan xarakterlaydi. Mashina sifatining iqtisodiy ko‘rsatkichlari ham mashina tayyorlash texnologiyasiga bog‘liq bo‘ladi.
Yig‘ish aniqiigi. Mashinalarni yig‘ishda ularning elementlarini o‘zaro joylashishidan, detallarni sifatsiz birlashtirish va deformatsiyalanishidan xatoliklar sodir bo‘ladi. Bu xatoliklar, mashinalarning funksional xarakteritsikalarini pasaytiradi. Ishlab chiqariluvchi mashinalarning buzilmasdan ishlashi va chidamlilik ko‘rsatkichlari bo‘yicha ishonchli ishlashi yig‘ish sifatiga bog‘liqdir. Mashinaning tez-tez to‘xtashi va chidamliligining pasayishi (buziluvchanligi), mashina birikmalarining sifatsiz bajarilishi, rostlovchi va moslashtiruvchi ishlarning, mahkamlovchi detallarning bo‘shab qolganligi, ishlash jarayonida sozlanganlikning buzilishi; birlashtiriluvchi detallarni sifatsiz tozalash va boshqa sabablardan kelib chiqadi.
Yig‘ish aniqligi deb, materiallashtirilgan o‘qlarining biriktirilgan detallar, tutashtiriluvchi yuzalar yoki elementlarining, ularning shartli nusxalarining holatiga, chizmada aniqlanuvchi tegishli o‘lchamlariga yoki texnik talablariga mos kelish darajasiga aytiladi. Aniqlik — mashina sifatining eng muhim texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlaridan biridir. Butunlay mashina va uning konstruktiv hamda yig‘iluvchi elementlarining aniqligini tavsiflovchi parametrlarini asosan mahsulot xizmat vazifasiga o‘rnatiladi.