1.2.1-rasm. Himoya gazlar muhitida yoy bilan payvandlash usullarining klassifikatsiyasi. Himoya gazlar muhitida payvandlashni eriydigan va erimaydigan (volfram) elektrodlar bilan bajarish mumkin.
Payvand zonasini himoyalash uchun geliy va argon kabi inert gazlar, ba’zan azot, vodorod va karbonat angidrid kabi faol gazlardan foydalaniladi.
Eriydigan elektrod bilan yoyli himoya gazlar muhitida payvandlashda payvand chokning geometrik shakli va uning o‘lchamlari payvandlash yoyining quvvatiga, metallni yoy oraliqlaridan olib o‘tish xarakteriga, shuningdek, yoy oralig‘ini kesib o‘tuvchi gaz oqimi va metall zarrachalarining suyuqlangan metall vannasi bilan ta’sirlanishiga bog‘liq.
1.2.2-rasm.Eriydigan elektrod bilan himoya gazlar muhitida payvandlash jarayonining chizmasi: 1 – elektrod; 3 – soplo; 4 – yoy; 5 – buyum. Payvandlash jarayonida payvandlash vannasining sirtiga gaz, bug‘ va metallzarrachalari oqimining hisobiga yo ustuni bosimi ta’sir qiladi, buning natijasida yoyustuni asosiy metallga botib kirib, suyuqlanish chuqurligini oshiradi. Elektroddan payvandlash vannasiga qarab yo‘nalgan metall gazi va bug‘larining oqimi elektromagnit kuchlarning siqish ta’siri tufayli hosil bo‘ladi. Payvandlash yoyining erigan metall vannasiga ta’sir kuchi uning bosimi bilan tavsiflanadi, gazva metall oqimi qancha konsentratsiyalashgan bo‘lsa, bu bosim shuncha yuqori bo‘ladi. Metall oqimining konsentratsiyasi tomchilarning o‘lchami kamayishi bilan ortadi, tomchilarning o‘lcham metallning, himoyagazi tarkibiga, shuningdek, payvandlasht o‘kining yo‘nalishi va kattaligiga bog‘liq.
Inertgazlar muhitida elektrodning erishi natijasida hosil bo‘lgan payvandlash yoyi konus shaklida bo‘lib, uning ustuni ichki va tashqi zonalaridan iborat. Ichkizona ravshan yorug‘likka va katta haroratga ega bo‘ladi.
Ichki zonada metallning ko‘chirilishi sodir bo‘ladi va uning atmosferasi metallning shu olalanuvchi bug‘lari bilant o‘lgan bo‘ladi. Tashqi hudud yorug‘ligining ravshanligi kamroq bo‘ladi va ionlashgan gazdan iborat bo‘ladi.