Borliq shakllarining tasnifi: tabiat borlig‟i va ma‟naviy borliq, ijtimoiy borliq va inson borlig‟i.
Inson barcha jonli narsalar jonsiz narsalardan butunlay farq qilishiga qadimdayoq e‘tibor bergan, lekin buni ancha
keyin tushunib ketgan. O‘z navbatida, jonli narsalar dunyosida inson alohida o‘rin egallaydi. U barcha jonli
narsalardan butunlay farq qiladi. Insonning bu asosiy farqi uning ongida, ideal obrazlar bilan ish ko‘rish, ya‘ni
abstrakt fikrlash va o‘zini fikrlovchi jonzot sifatida anglash qobiliyatida namoyon bo‘ladi.
SHunday qilib, borliqning umumiy manzarasini yaratish zaminidan notirik tabiat o‘rin oladigan o‘ziga xos
‗iramida hosil bo‘ladi. ya‘ni borliqning shakllari notirik tabiat, tirik tabiat, ijtimoiy borliq va inson borlig‘i
kabilardir. So‘nggi yillarda virtual borliq shakli haqida fikr yuritilmoqda. Borliqning bu umumiy shakllari o‘ziga xos
xususiyatga, o‘zining betakror mohiyatiga egadir.
Tabiat borlig‟i. U mufassallashtiriladi va o‘z navbatida ,birlamchi tabiat borlig‘i (ya‘ni inson va uning
faoliyatidan qat‘i nazar mavjud bo‘lgan narsalar va jarayonlar borlig‘i) va ikkilamchi (yoki odamlar tomonidan
yaratilgan narsalar va jarayonlar borlig‘i)ga bo‘linadi. Birlamchi tabiat notirik tabiat narsalari va jarayonlarining
borlig‘i – bu butun tabiiy va sun‘iy dunyo, shuningdek tabiatning barcha holatlari va hodisalari (yulduzlar,
sayyoralar, yer, suv, havo, binolar, mashinalar, aks sado, kamalak, ko‘zgudagi aks va sh.k.)dir.
Birlamchi tabiat borlig‘i ikki darajani o‘z ichiga oladi.
Birinchi daraja jonli ruhsiz jismlardan, ya‘ni ko‘payish qobiliyatiga ega bo‘lgan, atrof muhit bilan moddalar
va energiya almashinuvini amalga oshiradigan, lekin ongga ega bo‘lmagan barcha narsalar, ya‘ni sayyoramiz
hayvonot va o‘simliklar dunyosini o‘z ichiga olgan butun biosferadan iborat.
Ikkinchi daraja – bu inson va inson ongining borlig‘i bo‘lib, bu: ikkilamchi tabiat inson yaratgan yoki
o‘zgartirgan tabiatdir.Tabiat makon va vaqtda cheksiz hamda abadiydir. Ikkinchi yoki inson tomonidan yaratilgan
tabiat birinchi tabiatga bog‘liq. Bir tomondan, ikkinchi tabiatda birinchi tabiat materiali, boshqacha aytganda
ob‘ektiv, birlamchi borliq mujassamlashgan, boshqa tomondan esa – unda insonning mehnati, irodasi va bilimlari,
uning qalbi o‘z ifodasini to‘gan. Ikkilamchi tabiat – bu mehnat qurollari va sharoitlari, aloqa vositalari, inson
ruhining ehtiyojlari, ma‘rifatli borliq, moddiy va ma‘naviy madaniyatni belgilovchi barcha narsalar va jarayonlardir.
Inson borlig‟ining. tahlilida insonning tabiatning bir qismi sifatida jismoniy mavjudligini va alohida inson
borlig‘ini farqlash o‘rinli bo‘ladi.
Inson tabiatning bir qismi hisoblanadi va shu ma‘noda uning qonunlariga bo‘ysunadi. Tananing mavjudligi
inson o‘limga mahkum ekanligini belgilaydi. Inson borliq va yo‘qlik dialektikasi bilan bog‘lanadi, barcha tabiat
jismlari kabi vujudga kelish, shakllanish va halok bo‘lish holatlaridan o‘tadi. Barcha tabiat jismlari kabi, inson
tanasiga ham modda va energiyaning saqlanish qonunlari o‘z ta‘sirini ko‘rsatadi, ya‘ni uning tarkibiy qismlari
tabiatning boshqa holatlariga o‘tadi. Inson tanasi mavjud bo‘lishi uchun uni muttasil quvvatlash (ovqatlanish,
sovuqdan va boshqa xavf-xatarlardan saqlash) talab etiladi. Fikrlash uchun inson tanasining tirikligini ta‘minlash
zarur. Bundan hayotni saqlash, insonning o‘z-o‘zini saqlashi va insoniyatning yashovchanligini ta‘minlash zaruriyati
kelib chiqadi, bu oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak, turar joy, sof atrof muhitga ega bo‘lish ehtiyojida o‘z
ifodasini to‘adi;
Ma‟naviy borliq sub‘ektiv individuallashgan va ob‘ektiv (noindividual) ma‘naviy borliq sifatida mavjud.
Individuallashgan ma‘naviy borliq - bu insonning ichki dunyosi. U onglilik va ongsizlikni qamrab oladi. Bunday
yondashuvga ko‘ra, ruh – individual ong bilan ayniy tushuncha, tor ma‘noda esa u tafakkurdir. Ong – inson bosh
miyasining dunyo borlig‘ini izchil aks ettirish, uni obrazlar va tushunchalarga aylantirish qobiliyati. U taassurotlar,
sezgilar, kechinmalar, fikrlar, shuningdek g‘oyalar, e‘tiqodlar, qadriyatlar, mo‘ljallar, andozalarning ko‘rinmas
jarayoni sifatida mavjud. Ong tez oqadigan va bir xil bo‘lmagan orqaga qaytmaydigan xususiyatga ega. SHaklan bu
jarayon tartibsiz, lekin shu bilan bir vaqtda unda muayyan tartib, barqarorlik, struktura, muayyan darajada intizom
va iroda mavjud.
Inson ongi ayni vaqtda uning o‘z-o‘zini anglashi, ya‘ni o‘z tanasi, fikrlari va tuyg‘ularini, o‘zining boshqa
odamlarga bo‘lgan munosabatini va o‘zining jamiyatdagi o‘rnini anglab etishi, ya‘ni o‘zini o‘zi bilishdir. O‘zlikni
anglash – bu ongimizning o‘ziga xos markazidir.
Individual ong o‘zining o‘limga mahkumligi bilan tavsiflanadi, lekin uning ayrim qismlari noindividual
ma‘naviy shakl-shamoyil kasb etadi, shuningdek boshqa kishilar mulkiga aylanadi. Xatti-harakatlarda inson
ongining fragmentlari moddiylashadi, ularga qarab odamlarning niyatlari, mo‘ljallari, maqsadlari, g‘oyalari haqida
xulosa chiqariladi. Noindividual ma‘naviy borliqning o‘ziga xos xususiyati shundaki, uning elementlari saqlanadi,
takomillashadi va ijtimoiy makon va vaqtda erkin harakatlanadi;
Ijtimoiy borliq ayrim insonning jamiyatdagi borlig‘i va jamiyatning o‘z borlig‘iga bo‘linadi. Har bir inson
boshqa odamlar bilan muttasil aloqa qiladi, turli ijtimoiy guruhlar: oila, ishlab chiqarish jamoasi, millatning a‘zosi
hisoblanadi. U boshqa individlar bilan yaqin aloqa qilib yashaydi. Odamlarning barcha faoliyati mazkur sotsiumga
xos bo‘lgan ijtimoiy munosabatlar, chunonchi: siyosiy, huquqiy, iqtisodiy, axloqiy va boshqa munosabatlar
doirasida amalga oshiriladi.
Xullas, «borliq» kategoriyasi o‘ta umumiy falsafiy abstraktsiya bo‘lib, u turli-tuman tabiat hodisalari va
jarayonlarini, odamlar jamoalari va ayrim kishilarni, ijtimoiy institutlarni, inson ongining darajalari, shakllari va
holatlarini mavjudlik belgisiga ko‘ra birlashtiradi. Garchi bu hodisalar va jarayonlar borliqning turli sohalariga
taalluqli bo‘lsa-da, ularning barchasini umumiy asos birlashtiradi. Ammo cheksiz darajada rang-barang dunyoning
yagonaligi to‘g‘risida so‘z yuritish mumkinmi? Bu savolga «ha» deb javob berish orqali biz butun borliqning
umumiy asosi haqida tasavvur hosil qilamiz. Bu haqda keyingi paragrafda so‘z yuritiladi.
Virtual borliq tushunchasi. Virtual borliq - inson real borliqda harakat qilayotgani illyuziyasini
kom‘yuterda yaratish imkonini beruvchi interfaol texnologiya. Bunda ob‘ektiv borliqni tabiiy sezgi organlari
yordamida idrok etish o‘rnini maxsus interfeys, kom‘yuter grafikasi va ovoz vositasida sun‘iy yaratilgan kom‘yuter
axboroti egallaydi. Virtual borliq amalda yo‘q narsa, uni qo‘l bilan tutish, uning ta‘mi va hidini his qilish mumkin
emas. SHunga qaramay, u mavjud va inson bu xayoliy olamga kirib, uni nafaqat kuzatadi va boshdan kechiradi,
balki unga ta‘sir ko‘rsatish imkoniyatiga ham ega bo‘ladi, ushbu olamda mustaqil harakat qiladi, uni o‘zgartira
oladi. Virtual olam – inson borlig‘ining o‘ziga xos shakli va odamlar ma‘naviy aloqasining alohida madaniy
shaklidir.
Virtual borliq texnologiyasi zamirida birinchi marta XX asr 60-yillarining o‘rtalarida paydobo‘lgan
kom‘yuterlar yordamida foydalanuvchi boshqara oladigan dunyolar model yaratish mumkin, degan g‘oya yotadi.
Virtual borliq tizimlari ilmiy davralarda texnologiyalar ongda o‘zgarish yasaydigan kelajakning qiyofasi xususida
qizg‘in bahsga sabab bo‘lmoqda. Ammo virtual borliq tizimlarini ishlab chiqish va kiber maydonni yaratish
inqilobiy - ijtimoiy natijaga olib keladi, degan fikrni virtual borliq texnologiyasining ilk yaratuvchilari ham, kiborg-
postmodernizm nazariyachilari ham qo‘llab-quvvatlamoqda.
Inson qo‘lida dunyoni bilishning qudratli quroli, uning yordamchisi, ijodiy faoliyat uchun shart-sharoit
yaratish vositasi bo‘lib xizmat qiluvchi axborot texnologiyasi ayni vaqtda dunyoni bilishning an‘anaviy verbal
usulini audiovizual bilish usuli bilan almashtirmoqda, odamlarda sun‘iy olamga kirish illyuziyasini vujudga
keltirmoqdaki, ular bu sun‘iy borliqni amalda mavjud borliq deb qabul qilmoqdalar. Bu borliq «virtual borliq» deb
nomlanadi. Virtual negizga ega bo‘lgan bu borliq odatdagi fizik borliq bilan bir qatorda ob‘ektiv tarzda mavjuddir.
«Virtual borliq» atamasi 1970 yillarning oxirida Massachuset texnologiya institutida Jeron Lener tomonidan
o‘ylab to‘ilgan. U 1984 yilda dunyoda birinchi virtual borliq firmasini tashkil etdi. Bu atama kompyuterda
yaratiladigan muhitda insonning mavjudligi g‘oyasini ifoda etadi. Virtual (lotincha Virtualis – mumkin bo‘lgan) –
narsalar va hodisalarning zamon va makonda moddiy mavjudligiga qarama-qarshi o‘laroq, ob‘ektiv narsalar yoki
sub‘ektiv obrazlar mavjudligining nomoddiy turi. «Virtual borliq» atamasi muomalaga amerikalik
kinematografchilar tomonidan kiritilgan. Ular muayyan sabablarga ko‘ra tabiiy yo‘l bilan amalga oshirib
bo‘lmaydigan xayoliy imkoniyatlarni belgili-grafik shaklda sun‘iy amalga oshirish mumkinligi haqidagi kinolentani
shu nom bilan chiqarganlar.
Olamning birligi, chekliligi va cheksizligi. Falsafada olamning chekliligi va cheksizligi bilan bog‘liq
masalalar muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda har bir konkret narsaning chekli ekanligi, umumiy olamning cheksiz
va chegarasizligi e‘tirof etiladi. CHeksizlikni ifodalash uchun ichki (intensiv) va tashqi (ekstensiv) shakllar
mavjudligi ko‘plab falsafiy adabiyotlarda qayd etilgan.
Materiyaning ichdan nihoyasizligi intensiv cheksizlik haqidagi tasavvur bilan qamrab olinadi. Intensiv
cheksizlik tabiatda ichki tuzilishga ega bo’lmagan, mutlaqo elementar ob’ektlar yo’qligini ko’rsatadi. Intensiv
cheksizlik mikrozarralarni o‘rganish jarayonida materiyaning kichikroq qismlarga cheksiz bo‘linishi sifatida
qaralishi mumkin emas. Zarralarning bir-biriga aylanuvchanligi ular ancha murakkab tabiatga ega ekanligidan
dalolat beradi.
Ekstensiv cheksizlik tashqi cheksizlikdir. U mazkur ob’ekt doirasidan tashqarida, «katta» dunyoda
kuzatiladi va ob’ektdan tashqaridagi cheksizlikni ifodalaydi. Bu yerda ob‘ekt xossalari va sifatlarining atrofdagi
narsalar bilan o‘zaro ta‘sirlar tizimiga bog‘liqligi muammosi muhimroqdir. Amalda cheksizlik mavjud bo‘lib, u
bilish qaratilgan yo‘nalishdan kelib chiqib, intensiv yoki ekstensiv deb tushunilishi mumkin. Ekstensiv va intensiv
cheksizlik – haqiqiy cheksizlikning o’ziga xos proektsiyalaridir. Ularni geometrik shaklning koordinatalar o‘qidagi
‗roektsiyalariga o‘xshatish mumkin.
Kosmologiya cheklilik va cheksizlikning talqiniga juda ko‘p yangiliklar kiritdi. Kosmologiya fan sifatida
olamning tuzilishi va xossalarini, makon va vaqtning cheksizligi muammosini o‘rganishga harakat qiladi.
Dunyoning makon va vaqtda cheksizligi haqidagi tasavvurlar asrlar davomida shakllangan. Uning ildizlari antik
naturfalsafa va kosmogoniyaga borib taqaladi. Nyutoncha fizikaga asoslangan XVIII asr kosmologiyasida cheksizlik
g‘oyasining ancha asosli nazariy dalillari ta‘riflab berildi. Nisbiylik nazariyasining paydobo‘lishi kosmologiya
muammolarini butunlay o‘zgartirib yubordi. Umumiy nisbiylik nazariyasi ta‘sirida yuzaga kelgan va XX asrning
ikkinchi o‘n yilligida jadal rivojlangan relyativistik kosmologiya doirasida olamning makon va vaqtda cheksiz
hamda chekli modellarini tuzishga muvaffaq bo‘lindi.
Olamning relyativistik kontseptsiyasi bo‘lishi ehtimol tutilgan butun moddiy dunyoni qamrab olgani sababli,
uning «ibtidosi» g‘oyasida cheksizlik g‘oyasi butunlay inkor etilib, fanda to‘ntarish yasalishiga olib keladigandek
bo‘lib tuyuldi. Relyativist kosmologlarning kengayib borayotgan olam – Metagalaktikaning yagonaligi va u hamma
narsani qamrab olishi haqidagi ta‘limoti o‘tmishda ko‘p karra takrorlangan olamda Yerning yagonaligi, Quyosh
sistemasi yoki Galaktikaning yagonaligi haqidagi g‘oyalarni eslatadi. Amalda olamning kosmologik modellari,
garchi butun dunyoni tushuntirish uchun tuzilgan bo‘lsa-da, uning ayrim qisminigina tushuntirgan. Mazkur sohaga
taalluqli, butun dunyodagi makon va vaqtga nisbatan tatbiq etilmaydi, deb talqin qilingan makon va vaqtning
chekliligi hamda cheksizligi haqidagi kosmologik tasavvurlar cheksizlik g‘oyasini inkor etmagan.
Kosmologiya rivojlanishining hozirgi bosqichi relyativistik kosmologiyaning ustuvorligi bilan tavsiflanadi.
Relyativistik kosmologiya butun dunyoni mukammal tavsiflashga da‘vo qilmaydi, lekin cheklilik va cheksizlikni
biz yashayotgan olamga tatbiqan, uning fizikaviy-makon tuzilishi tomonidan o‘rganadi. Relyativistik kosmologiya
asoschilari A.Eynshteyn va A.Fridman hisoblanadi.
A.Eynshteyn 1916 yilda umumiy nisbiylik nazariyasini yaratgach, oradan bir yil o‘tib (1917) olamning
birinchi relyativistik modelini tuzdi, uning ma‘nosi qo‘yidagicha:
1. Modda va nurlanish olamda bir tekis tarqalgan. Bundan olam maydoni bir xil va izotro‘ tuzilishga ega,
degan xulosa kelib chiqadi. Garchi og‘ir ob‘ektlar yaqinida makon-vaqt geometriyasi o‘zgarsa-da, bu o‘zgarish
olamning o‘zgarmas egrilikka ega bo‘lgan bir xil izotrop maydonidan chetga ahamiyatsiz og‘ishdir, xolos.
2. Olam turg‘un, vaqtda o‘zgarmasdir. SHu bois maydon geometriyasi evolutsiyaga ega bo‘lishi mumkin
emas. A.Eynshteyn dunyosi, odatda, «silindrsimon dunyo» deb ataladi, chunki uni cheksiz ko‘lamli to‘rt o‘lchovli
tsilindr ko‘rinishida tasavvur qilish mumkin. Silindrning yasovchisi bo‘ylab vaqt o‘qi o‘tadi, u o‘tmishga ham,
kelajakka ham cheksiz qaratilgan. Silindr kesimi maydonni beradi. Mazkur modelda bu o‘zgarmas musbat egrilikka
ega uch o‘lchovli doirasimon maydon bor. U chekli hajmga ega. Buning ortida hech narsa mavjud bo‘lmagan
dunyoning qandaydir chekkasi bor, deb tushunmaslik kerak. Ayni holda maydon «o‘z-o‘zida tutashadi» va bu unda
hech qachon to‘siqqa uchramasdan cheksiz aylanish imkonini beradi.
Biroq A.Eynshteynning «silindrsimon dunyo»si o‘tmishda qolgan. Uning olamning turg‘un modelini
yaratishga urinishlari, hozirgi davrda olamning abadiyatda o‘zgarmas holda mavjudligi haqidagi an‘anaviy
tasavvurlarga hurmat sifatida qaraladi. Olamning turg‘un modelini A.Eynshteyn maxsus taxmin asosida yaratganini
ham e‘tiborga olish kerak.
Mazkur muammoning yangi yechimini A.Fridman taklif qilgan va uni belgiyalik kosmolog M.Lemetri
rivojlantirgan. A.Fridman dunyoning turg‘unligi haqidagi taxmindan voz kechdi, lekin uning bir xilligi va izotro‘ligi
haqidagi ‗ostulatni saqlab qoldi. Bu muammoning uch xil yechimini taklif qilish imkonini berdi:
1. Agar olamda modda va nurlanishning zichligi ayrim kritik kattalikka teng bo‘lsa, maydon evklid maydoni
bo‘ladi, ya‘ni egriligi nolga teng bo‘ladi va dunyo cheksiz bo‘ladi.
2. Agar zichlik kritik kattalikdan kichkina bo‘lsa, olam maydoni Lobachevskiy geometriyasi bilan
tavsiflanadi, u manfiy egrilik va cheksiz hajmga ega, ochiq va bel ko‘rinishida bo‘ladi.
3. Agar olamda moddaning zichligi kritik darajadan katta bo‘lsa, maydon musbat egrilikka ega, lekin hajmi
cheklangan bo‘ladi. Dunyo berk va chekli bo‘lib, Riman geometriyasi bilan tavsiflanadi.
Kengayuvchi olam gipotezasi. Kosmologiya muammosining taklif qilingan yechimlariga nisbatan
munosabat bir xil emas. Ayrim olimlar cheksiz kengayuvchi Olam gipotezasini qabul qilganlar va «Katta portlash»
kontseptsiyasiga ko‘ra, taxminan 17-20 milliard yil oldin olam juda kichkina hajmda o‘ta zich singulyar holatda
bo‘lgan, deb hisoblaydilar. Yuz bergan «katta portlash» olamning kengayish jarayonini boshlab bergan. Bu
kengayish jarayonida moddaning zichligi o‘zgargan, maydonning egriligi to‘g‘rilanib borgan. Ayrim olimlar fikriga
ko‘ra, kengayish o‘rnini yana torayish egallaydi va butun jarayon takrorlanadi. SHu asosda harakatlanuvchi Olam
gipotezasi ilgari surilgan bo‘lib, unga ko‘ra taxminan har 100 milliard yilda yangi sikl «katta portlash»dan
boshlanadi. Aqlga sig‘maydigan gipotezalarning birida «dastlabki portlash» natijasida gravitatsion maydonda
singulyar holatdan faqat bizning metagalaktikamiz emas, balki ko‘plab metagalaktikalar vujudga kelgani, ularning
har biri barcha fizik ko‘rsatkichlarning turli ifodalariga, chunonchi, alohida to‘ologiyali (o‘lchovlar miqdori har xil
bo‘lgan mahalliy ochiq yoki mahalliy yo‘iq) makoni va o‘z kosmologik vaqtiga ega bo‘lishi mumkinligi taxmin
qilinadi.
Hozirgi «ko‘p sonli dunyolar» kontseptsiyalarida olamning ajabtovur manzarasi chiziladi. Bu fundamental
falsafani moddiy dunyoning makon va vaqtdagi cheksizligini metrik cheksizlik ma‘nosida emas, balki materiyaning
makon va vaqt strukturalarining benihoya rang-barangligi sifatida tushunish lozim, degan asosiy qoidasi bilan
hamohangdir.
Olam kengayishda davom etadimi yoki torayish jarayoni boshlanadimi, degan savol javobsiz qolmoqda.
Ammo «qizil siljish» hodisasi hozirgi vaqtda nurlanish manbai uzoqlashib borayotganini, ya‘ni galaktikalar
taxminan o‘zigacha bo‘lgan masofaga proportsional tezlikda har yoqqa «tarqalayotgani»ni tasdiqlovchi umumiy
e‘tirof etilgan fakt hisoblanadi.
Qizil siljish va torsion maydonlar. 1912 yilda V.M.Slayfer galaktikadan tashqaridagi tumanliklar
nurlanishlarining spektr chiziqlari spektrning qizil uchi tomonga siljiyotgani - «qizil siljish»ni aniqladi. Oradan
ma‘lum vaqt o‘tgach (1929 yilda) Edvin Xabbl tumanlik kuzatuvchidan qancha uzoqda bo‘lsa, «qizil siljish»
kattaligi ham, uning tumanlikdan uzoqlashish tezligi ham shuncha katta bo‘ladi, degan qonunni va katta masofalarda
galaktikalarning tezligi ulkan ifodalarga etishini aniqladi.
SHunga qaramay, olamning kengayishi bilan bir qatorda, uning torayishini yoki makonda cheklangan, lekin
vaqtda cheksiz olam navbatma-navbat dam kengayuvchi, dam torayuvchi harakatlanuvchi olam modelini ham
taxmin qilish uchun nazariy imkoniyat mavjud.
Substantsiya va substrat tushunchasilari. Falsafa tarixida o‘zining mavjudligi uchun o‘zidan boshqa
hech narsaga muhtoj bo‘lmagan birinchi asosni ifodalash uchun «substantsiya» (lot. substantia – mohiyat, asos)
kategoriyasi qo‘llaniladi. Ilk falsafiy yo‘nalishlarning vakillari barcha narsalar asosini tashkil etuvchi moddani
birinchi asos sifatida tushunganlar. Odatda, bunday asos sifatida o‘sha davrda umumiy e‘tirof etilgan birinchi
stixiyalar: yer, suv, havo, olov yoki fikriy konstruktsiyalar, «birinchi g‘ishtlar» - apeyron, atomlar qaralgan.
―Avesto‖da birlamchi substantsiya olov deb atalgan. Keyinchalik substantsiya kategoriyasi o‘zgarmas, nisbatan
barqaror va hech narsa bilan bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud o‘ta keng asosga aylandi. Inson idrok etadigan
dunyoning butun rang-barangligi va o‘zgaruvchanligi substantsiya bilan bog‘lana boshladi. Bunday asoslar sifatida
falsafada asosan materiya, Xudo, ong, g‘oya, flogiston, efir va shu kabilar amal qilgan.
«Substantsiya» tushunchasi o‘z-o‘zini to‘liq belgilovchi borliqni ifodalashga xizmat qiladi. Substantsiya
kategoriyasida o‘zini asoslash uchun boshqa hech narsani talab qilmaydigan negiz, birinchi asos g‘oyasi
mujassamlashgan. Niderland faylasufi Benedikt Spinoza (1632-1677) buni «causa sui» – «o‘z-o‘zining sababchisi»
iborasida juda to‘g‘ri ifodalagan. Substantsiya deganda u o‘z holicha mavjud bo‘lgan va o‘zi orqali zohir bo‘lgan,
ya‘ni o‘zining mavjudligi uchun boshqa narsaga muhtoj bo‘lmagan narsani tushungan. Bunda bir tomondan,
substantsiya materiya sifatida tushuniladi, boshqa tomondan – u o‘zining barcha shakllari sababi va «sub‘ekti»
sifatida amal qiladi. Bu B.Spinozani substantsiyani bir vaqtning o‘zida ham tabiat, ham Xudo sifatida ta‘riflagani va
bu ikki tushunchani tenglashtirishganidan dalolatdir. B.Spinoza Xudoni tabiatga butunlay singdirib yuborgan, uni
tabiiylashtirishga va ilohiy mazmundan ajratishga harakat qilgan. Uning panteizmi shundan iborat bo‘lgan.
B.Spinoza ilgari surgan substantsiyani tabiiylashtirish g‘oyasini Golbax izchil rivojlantirdi. U barcha
substantsiyali narsalarni tabiatga va faqat tabiatga bog‘ladi. «Tabiat hamma narsaning sababchisidir; u abadiy
mavjuddir; tabiat o‘z-o‘zining sababchisidir...». «Tabiat qandaydir buyum emas; u doim o‘z holicha mavjud
bo‘lgan; hamma narsa uning bag‘rida vujudga keladi; u barcha narsalar bilan ta‘minlangan ulkan ustaxonadir...»
32
.
SHu ma‘noda tabiat ham, substantsiya ham sirtdan hech qanday turtkiga muhtoj emas. Leybnits esa: «Har qanday
haqiqiy substantsiya faqat va faqat ta‘sir ko‘rsatadi
33
», deganida haq bo‘lgan.
Modomiki, substantsiya hamma narsani o‘z ichiga oluvchi va o‘zi uchun boshqa hech qanday asos yoki
shartni nazarda tutmaydigan birinchi sabab ekan, u o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud har qanday narsaning
mavjud bo‘lish imkoniyatini istisno etadi. U xoh Xudo, xoh g‘oya, o‘zlik, ruh yoki ekzistentsiya bo‘lsin –
substantsiya yagonadir! «Substantsiya» tushunchasi ko‘plikda qo‘llanilishi mumkin emas. Uning ko‘pligi g‘oyasi
mazkur tushunchaning ta‘rifiga zid, chunki mazkur maqomga da‘vogar ikki yoki bir necha narsa mavjud bo‘lgan
taqdirda, ularning birontasi ham substantsiya hisoblanmaydi. Substantsiyalilik paradoksi ana shundan iborat.
Alximiklar mazkur atamani ko‘plikda qo‘llab, «substantsiyali shakllar», «substantsiyaga xos sifatlar»
to‘g‘risida so‘z yuritganda, unga qo‘pol fizik ma‘no yuklaganlar. Ayni holda substantsiya moddaga tenglashtirilgan.
Ular substantsiyaning xossa va shakllari o‘zgarmas, lekin tegishli ta‘sirlar natijasida bir-biriga aylanishi mumkin,
degan noto‘g‘ri xulosaga kelganlar.
Substantsiyaning o‘z-o‘zidan amalga oshishi hodisalarning umumiy, uzviy xossalari – atributlarda va
narsalarning muayyan, alohida xossalari – moduslarda sodir bo‘ladi.
32
Голбах // Всемирная энсиклопедия. –М.: Современний литератор, 2001. –С. 246.
33
Лейбниц Г. //. Всемирная энсиклопедия. –М.: Современний литератор, 2001. –С. 548.
Falsafa tarixida substantsiyaga monistik, dualistik, plyuralistik yondashuvlar. Substantsiya g‘oyasidan
turli falsafiy ta‘limotlar dunyoning birligi va uning kelib chiqishi haqidagi masalaga o‘zlari qanday javob berishiga
qarab har xil foydalanadilar.
Dostları ilə paylaş: |