O‟rta asrlar Yevropa estetikasi
O‘rta asrlar Yevropa falsafiy tafakkuri asosan cherkov qisuvida, nasroniylik belgilab qo‘ygan doiralarda ifoda
topdi, unda musulmon Sharqi falsafasidagi erkinlik, teran ilmiylikni uchratish qiyin. Faqat o‘rta asrlarning keyingi
davrlarida, xususan, Uyg‘onish davrida Yevropa mutafakkirlari Qadimgi yunon tafakkurining tadrijiy davomi
bo‘lmish musulmon falsafasi va faniga e‘tiborni qaratdilar. SHu bois o‘rta asrlar Yevropa tafakkuri
Yangiaflotunchilikka, xususan, Plotinga ergashdilar. Estetikada transstentdental, ruhoniy, ilohiy go‘zallik tan olinib,
erdagi go‘zallikka arshdagi go‘zallikning ramziy ifodasi sifatida qaraldi.
O‘rta asrlar Yevropa estetikasida Ilohiy Og‘ustin – Avreliy Avgustin (354 – 430) qarashlarni katta ahamiyat
kasb etadi. Avgustin go‘zallikni shakl bilan, xunuklikni shaklning yo‘qligi bilan izohlaydi. Uning fikriga ko‘ra,
mutlaq xunuklik yo‘q, balki nisbatan mukammal tuzilmaga va mutanosiblikka ega narsalardan shakliy ojizligi,
shaklsizligi bilan farq qiladigan narsalar bor, xolos. Xunuklik nisbiy nomukammallik, go‘zallikning eng quyi
bosqichi. YA‘ni, yaxlit go‘zallik tarkibida bo‘lgan, lekin undan uzilib qolgan qism o‘z go‘zalligini yo‘qotadi va
aksincha, xunuklik go‘zallik tarkibiga kirishi bilan go‘zallikka aylanadi. Faqat pok qalb egalarigina olam
go‘zalligini ko‘ra olishi mumkin. Bu go‘zallik ilohiy go‘zallikning in‘ikosidir. Xudo – eng oliy go‘zallik, moddiy va
ma‘naviy go‘zallikning Ilk qiyofasi.
Avgustin go‘zallikning ikki turi haqida fikr yuritadi. Birinchisi – shakl go‘zalligi, u ko‘rish orqali, ikkinchisi
– harakat go‘zalligi, u ko‘rish va eshitish vositasida idrok etiladi. Harakatdagi go‘zallik musiqada, she‘rda, jism
harakatlarida qisqa va uzun ritmlarning ketma-ket kelishi qonuniyatiga amal qilinishi orqali ro‘y beradi. Estetik
kechinma ham ikki xil – hissiy va aqliy idrok etish orqali yuzaga keladi. Estetik kechinma uchun tasavvur idrok
etish kabi muhim ahamiyatga ega. Moslik go‘zallikning asosi sifatida ko‘z emas, aql vositasida idrok etiladi.
Go‘zallikni idrok etish uchun go‘zal narsa-hodisalar bilan qalb o‘rtasida moslik, go‘zallikka manfaastiz munosabat –
muhabbat, nimaiki go‘zal bo‘lsa, o‘shanga moyillik bo‘lishi lozim. Go‘zallikni idrok etishda undagi muhim
xususiyat – ritm katta ahamiyatga molik, zero inson barcha ritmlar ichidagi eng muhimi hisoblanmish tug‘ma,
doimiylik tabiatiga ega bo‘lgan intellektual ritm bilan ta‘minlangan, busiz u ritmlarni idrok etishi va ularni yaratishi
mumkin emas.
Avgustinning sonlar haqidagi ta‘limoti ham ritm bilan bog‘liq; sonlar uzun va qisqa jism harakatlari, she‘riy
hijolar, musiqiy ohanglar kabi ritm o‘zgarishlarini belgilashda muhim ahamiyatga ega. SHundan kelib chiqib,
mutafakkir sonlarni besh turga bo‘ladi: 1) sado beruvchi, idrok etish bilan bog‘liq bo‘lmagan, faqat tovushning
ichidagi sonlar; 2) idrok etuvchining sezgilaridagi sonlar; 3) real tovush yo‘q va eshitish mumkin bo‘lmagan holatda
tasavvur qilinadigan harakatdagi sonlar; 4) xotirada saqlanib qoladigan, biz eslamasak ham, yodimizda qolib ketgan
kuydagi sonlar; 5) hukm chiqaruvchi sonlar. Ular orasida eng muhimi – beshinchisi, estetik baholash, mezon
vazifasini bajaradigan, hukm chiqaruvchi sonlar, ular orqali onglanmagan holda xotirada qolgan to‘rt turdagi
sonlarning hammasi baholanadi: qaysi biri yoqimli deb qabul qilinadi, qay biri yoqimsiz sifatida inkor etiladi. Bu
sonlarning hammasi turli darajadagi o‘tkinchilik xususiyatiga ega bo‘lib, vujudga taalluqli, ular odamlarda ham,
hayvonlarda ham, parrandalarda ham mavjud. Chunonchi, bulbulning sayrashi, mayna va to‘tilarning ohanglarni
eslab qolishi, fil yoki ayiqlarning, o‘zlari kuylamasalar ham, kuyni yoqtirishlari ularda «hukm chiqaruvchi»
sonlarning borligidan dalolat beradi. Xuddi shunday tabiiy musiqiylik odamlarga ham xos. Deylik oddiy odamlar
soz chalishni, kuylashni, musiqa nazariyasini bilmaganlari holda iste‘dodli xonanda yoki sozanda bilan iste‘dodsiz
xonanda yoki sozandani yaxshi farqlay oladilar. Bunday holat tomoshaviy shakllarni idrok etishga ham taalluqli,
unda ham yaxshini yomondan ajratadigan xotira, hukm chiqaruvchi sonlar ishga tushadi.
Estetik baho zamirida yotgan onglanmagan tarzdagi hukm chiqaruvchi sonlardan Avgustin aqldagi sonlarni
farqlaydi. Aql hissiyot sezmay qolgan xatolarni ocha oladi, u harakatdagi sonlar munosabatini ongga etkazadi, ya‘ni
estetik zavq to‘g‘risida tushuncha beradi. Masalan, biz boltani qaerga urishni «nazariy» jihatdan bilamiz, lekin faqat
tajribali duradgorgina qo‘lida mavjud bo‘lgan sonlar yordamida yog‘ochdagi kerakli nuqtaga aniq zarb urishi
mumkin. Aqldagi sonlar, aslini olganda, haqiqiy «hukm chiqaradigan» onglanmaganlikka emas, aqlga asoslangan,
oqilona baholaydigan oliy mezondir. Bunday baholash faqat insongagina xos. Estetik zavq beradigan harakatlarni
aniqlashtirar ekan, Avgustin eng avvalo bir xil uzunlikdagi qismlardan tashkil topgan (1:1, 2:2, v.h.) sonlarga e‘tibor
beradi. Keyin noteng, biroq ko‘payuvchi qismlardan (2:4, 6:8 v.h.) iborat sonlarni hisobga oladi. Uchinchi o‘rinda
turli tenglikdagi sonlar harakati (3:10, 4:11 v.h.) turadi. Avgustin insondagi va undan tashqaridagi ritmlar mosligini
ana shunday o‘ziga xos va murakkab yo‘sinda tushuntirishga harakat qiladi.
Go‘zallikning bunday aqliy tamoyillari nafaqat jism va harakatning estetik qadriyatini baholash mezoni bo‘lib
xizmat qiladi, balki badiiy faoliyatni ham boshqarish ibtidosidir. Har bir parranda turi o‘ziga xos in quradi. Inson,
go‘zallik tamoyillarini o‘zida mushohada qilgani holda, nafaqat hayvonotning qanday shakllarga intilishi va uni o‘z
instinktiv ijodida qay tarzda amalga oshirishini tushunadi, balki o‘zi ham hisobsiz shakllar kashf etadi, ularni binolar
qurishda, boshqa asarlarida mujassamlashtiradi. Ya‘ni san‘atkor san‘atda, to‘g‘rirog‘i o‘z san‘ati nazariyasida,
sonlarni mushohada etadi. SHunday qilib, aqliy sonlar uning muskullarida mavjud bo‘ladi. Ijod paytida jismida
yashiringan va tashqariga chiqish imkoniga ega sonlar uning a‘zolari harakatida namoyon bo‘ladi. o‘zaro kelishib
olgan sonlardan vujudga kelgan ushbu harakatlar natijasi o‘laroq badiiy asar vujudga keladi. «San‘atkorlar-barcha
jismoniy shakllarning ijodkorlari o‘z asarlariga asos bo‘ladigan san‘atdagi sonlarga egadirlar, – deb yozadi
Avgustin. – SHakllarni ishlar ekan, ular to sonlarning ichki ziyosiga mos tashqarida vujudga keladigan shakl zaruriy
darajada poyoniga etmagunicha va oliy sonlarni mushohada etuvchi ichki hakam vositasida o‘ziga yoqadigan
holatni his qilmagunicha, qo‘l va asboblari bilan harakatdan to‘xtamaydilar»
190
.
Shunday qilib, Avreliy Avgustin Aflotun hamda Yangiaflotunchilarning ilohiy go‘zallik borasidagi
qarashlariga suyanib, Xudo yaratgan olamiy yaxlitlik va tartibga asoslangan, ritmlar mohiyatini ochishga qaratilgan
sonlar mosligi bilan belgilanadigan murakkab estetik ta‘limotni yaratdi. Bu ta‘limot butun o‘rta asrlar estetikasining
mohiyatini ochib beradigan o‘ziga xos va keyingi davrlar uchun ham muhim ahamiyat kasb etgan qarashlar sifatida
diqqatga sazovordir.
Uyg‘onish davri. o‘rta asrlar so‘nggida G‘arbiy Yevropada Uyg‘onish davri deb atalgan madaniyat bosqichi
vujudga keldi. Uning asosida nasroniylik olamiga kirib kelgan ilg‘or musulmon falsafiy va ilmiy tafakkurini idrok
etish yotadi. Zero o‘rta asrlar musulmon Sharqi allomalari Yevropani uyg‘otishdek, Yevropa xalqlari uchun o‘zlari
deyarli unutib yuborgan asl ildizlariga – Qadimgi yunon mutafakkirlari merosiga, erkin tafakkurga qaytishdek
tarixiy imkoniyatni yaratishda muhim rol o‘ynadilar.
Shunday qilib, Uyg‘onish davri falsafiy va ilmiy tafakkurning, san‘atning asrlar mobaynida o‘z etovida
saqlab kelgan cherkov siquvidan ma‘lum ma‘noda qutilishiga, xudoparvarlik bilan birga ayni paytda
insonparvarlikning ham qaror topishiga olib keladi. Bu davrda Dante, Petrarka, Bokkachcho, Rafael, Rembrant,
Leonardo da Vinchi, Mikelanjelo, Rable, Rotterdamlik Erazm, Servantes, SHekspir singari qator daho san‘atkorlar
va buyuk mutafakkirlar etishib chiqdi. Biz ulardan biri – ulug‘ me‘mor va estetik Leon Battista Alberti (1404 –
1472) qarashlariga to‘xtalib o‘tamiz.
Alberti barcha Uyg‘onish davri insonparvar mutafakkirlari kabi insonni ulug‘laydi, unda hayvoniy jihatdan
ilohiylik ustunligini ta‘kidlaydi. Uning estetik qarashlari ana shu insonparvarlik asosiga qurilgan. Alberti iste‘dodli
me‘mor bo‘lishi barobarida go‘zallik bilan birga san‘at nazariyasiga alohida e‘tibor beradi. Uning «Rangtasvir
xususida», «Me‘morlik xususida», «Haykaltaroshlik xususida» deb atalgan risolalarida estetikaning umumnazariy
masalalari ham o‘rtaga tashlanadi.
Alberti estetikasining markazida go‘zallik muammosi turadi. U go‘zallikka o‘ziga xos yondashadi, bu
yondashuvda garchand go‘zallikka matematik mutanosiblik nuqtayi nazaridan qarash mavjud bo‘lsa-da, lekin
dastlabki o‘rta asrlar mutafakkirlaridek (m., Avgustin) hamma narsani sonlar bilan chegaralamaydi. Uning fikriga
ko‘ra, go‘zallikning mohiyati uyg‘unlik bilan bog‘liq. Me‘moriy go‘zallikning asosida uch unsur yotadi: sonlar,
cheklanganlik, joylashtirish. Biroq go‘zallik bu uch unsurdan kengroq ma‘noga ega: «Boshqa yana kengroq
ma‘nodagi narsa borki, bu uch unsurning bir-biri bilan moslashuvidan vujudga keladi, u go‘zallikning bor
ko‘rinishini mo‘jizadek nurafshon qilib yuboradi. Biz uni uyg‘unlik deb ataymiz, – deydi Alberti. – Aynan ana shu
190
Августин А. Исповед. М., АСТ, 2003. С. 367.
narsa nafislik va go‘zallikning asosidir. Zero uyg‘unlikning vazifasi va maqsadi, umuman aytganda, tabiatan har xil
bo‘lgan qismlarni muayyan mukammal qiyoslash orqali tartibga solish, toki ular bir-biriga mos holda go‘zallikni
yarastinlar… Unga o‘zini namoyon etishi va taraqqiy topishi uchun keng imkoniyat maydoni mavjud: u butun inson
hayotini qamrab oladi, barcha narsalarning tabiatiga singib ketadi. Zero nimaniki tabiat yaratgan ekan – hammasi
uyg‘unlik qonuni bilan o‘lchanadi»
191
.
Shunday qilib, Alberti nazdida uyg‘unlik nafaqat san‘at qonuni, balki umuman hayot, mavjudlik qonuni.
San‘atdagi uyg‘unlik hayotdagi universal uyg‘unlikning in‘ikosidir. U mukammallikning manbai va sharti, usiz
hayotda ham, san‘atda ham biror bir mukammallikning bo‘lishi mumkin emas; u shunday qismlardan tashkil
topganki, bu qismlardan birortasini olib tashlashning yoki almashtirishning mutlaqo iloji yo‘q. Go‘zallik ana
shunday moslikni mujassam qilgan uyg‘unlikdan iborat. Uyg‘unlik san‘at turlarida o‘zini turlicha unsurlar orqali
namoyon etadi: musiqada uning unsurlari – ritm, ohang, kompozistiya, haykaltaroshlikda – me‘yor, chegara v. h.
Alberti «go‘zallik» tushunchasini «bezak» tushunchasi bilan bog‘lab talqin qiladi. Mutafakkir san‘atkor bu
ikki tushunchaning farqini so‘z bilan ifodalash qiyinligini, uni ko‘proq his etish mumkinligini aytib, shunday deydi:
«… bezak go‘zallikning ikkinchi ziyosiga o‘xshaydi, uni go‘zallikka qo‘shimcha deyish mumkin… go‘zallik jismga
taalluqli va tug‘ma, butun jism bo‘yicha qanday go‘zal bo‘lsa, o‘shanday darajada joylashgan hodisa, bezak esa
tug‘ma emas – qo‘shimchalik tabiatiga ega»
192
. Demak, bezak go‘zallikka qandaydir tashqaridan qo‘shilgan, lekin
go‘zallikning ajralmas qismini tashkil etuvchi hodisa, ya‘ni «go‘zallik» va «bezak» go‘zallikning ikki xil ko‘rinishi:
biri – botiniy, ichki; ikkinchisi – zohiriy, tashqi.
SHunday qilib, Alberti «bezak»ni go‘zallikning nisbiy, tasodifiy shakli sifatida talqin qiladi va bu bilan
go‘zallikni tushunishda nisbiy, sub‘ektiv erkinlik imkoni borligini ta‘kidlaydi.
Xunuklik tushunchasi ham Alberti tomonidan o‘ziga xos talqin etiladi: go‘zallik san‘atning mutlaq predmeti.
SHunday ekan, xunuklik faqat muayyan xato tarzida namoyon bo‘ladi. Demak san‘atning vazifasi xunuklikni
tuzatish emas, balki tasvirlash paytida xunuk va badbashara narsalarni yashirishdan, ya‘ni go‘zal va xunuk tomonlari
mavjud narsa-hodisaning go‘zal tomonini ko‘rsatishdan iborat.
Alberti, birinchilardan bo‘lib, san‘atkor shaxsi masalasiga jiddiy e‘tibor qaratadi. San‘atkor har tomonlama
kamolga etgan shaxs bo‘lishi lozim. Keyinchalik san‘atkorning bunday universal ideal darajasi to‘g‘risida boshqa
insonparvarlar ham mulohaza yurita boshladilar. Endi, Qadimgi dunyo yo o‘rta asrlardagidan farqli o‘laroq, siyosiy
arbob yoki faylasuf emas, balki san‘atkor idealga aylandi. Zero san‘atkor jamiyatda egallagan mavqe – uning aqliy
va jismoniy mehnat o‘rtasidagi bog‘lovchi xalqa sifatidagi faoliyati shuni taqozo etardi. Har bir odam kasb, ijtimoiy
holat nuqtayi nazaridan emas, balki qiziqish, ma‘naviy yuksalish jihatidan san‘atkorga taqlid qilishi kerak. SHu bois
Uyg‘onish davrida endi «Avliyolar hayoti» emas, «San‘atkorlar hayoti» turkumidagi asarlar hammada qiziqish
uyg‘otdi va katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
Xullas, Alberti ilgari surgan estetik g‘oyalar va nazariyalar o‘ziga xos ekani barobarida ayni zamonda
Uyg‘onish davri san‘ati hamda san‘atkorlar dunyoqarashi, bilimi, mahorati uchun umumiy kalit vazifasini o‘taydi,
desak Yanglishmagan bo‘lamiz.
Mumtozchilik. Uyg‘onish davridan keyin vujudga kelgan barokko, mumtozchilik yo‘nalishlarida ilgari
surilgan estetik g‘oyalar va nazariyalar asosan badiiy adabiyot (va shu asosda teatr) bilan chegaralanib qoldi. Bu
yo‘nalishlarda xususiy san‘at turlariga doir nazariyalar ko‘p hollarda umumestetik qonun-qoidalarga nisbatan
ustuvorlik kasb etdi. SHunga ko‘ra, bu davrlar estetik risolalarining mualliflari aksariyat shoirlar, yozuvchilar va
dramaturglar bo‘ldi. Ayniqsa, buni mumtozchilik yo‘nalishida yaqqol ko‘rish mumkin. SHu bois mumtozchilik
davrini o‘rta asrlar tafakkurining intihosi va Yangi davr tafakkurining ibtidosi deb aytish mumkin. Mumtozchilik
davri mutafakkirlarini namunaviy vakili sifatida franstuz shoiri Nikola Bualo (1636 – 1711) estetik qarashlarini
ko‘rib o‘tamiz. Ular «Horastiyning «Pizonlarga maktub» («SHe‘riyat san‘ati») asariga ergashib yaratilgan «SHoirlik
san‘ati» risolasida she‘riy yo‘l bilan ifodalangan.
Xullas, mumtozchilik badiiy-estetik jihatdan avvalgi davrlarga nisbatan she‘riyatda balandparvozlik, dramada
harakastizlik, «g‘oyaviy» monologlarning o‘rin olishi kabi qusurlari bilan bir qatorda, cherkov qisuviga qarama-
qarshi o‘laroq, aqliy ustuvorlikni, rastionallikni targ‘ib qilishi tufayli estetik tafakkur tarixida o‘ziga xos o‘rin
egallaydi.
Yevropa ma‟rifatparvarlari estetikasi
Yangi davrdagi Yevropa ma‘rifatparvarlari orasida shotland mutafakkiri Deyvid H yum (1711 – 1776)
alohida o‘rin tutadi. Uning «Didning me‘yori xususida», «Fojea xususida», «Skeptik», «San‘atlar borasida
takomilga erishish xususida» kabi asarlarida estetik muammolar o‘rtaga tashlangan. U nafosatni bilishdan
tashqaridagi hissiyot olamiga taalluqli deb hisoblaydi. Hyumning fikriga ko‘ra, go‘zallik asosan idrok etuvchining
ongida, ruhida mavjud bo‘ladi, aniq ob‘ektiv asosga ega emas. «Go‘zallik, – deb yozadi u, – narsalarning o‘zida
mavjud bo‘lgan sifat emas; u istisnosiz tarzda o‘zini mushohada etayotgan ruhda mavjud, har bir insonning ruhi esa
go‘zallikni boshqacha idrok etadi. Boshqalar go‘zallik degan narsani birovlar hatto xunuklik deb qabul qilishi
mumkin, shuning uchun har bir idrok etuvchi o‘zi his qilayotgan holatni o‘zgalarga zo‘rlab uqtirishga intilmasligi
kerak»
193
.
191
История эстетической мысли в 6 т. Т. 2. М., Искусство, 1985. С. 155.
192
O‘sha manba. S. 156.
193
Истории эстетической мысли. Т. 2. С. 285.
Go‘zallikning aniq, ya‘ni ob‘ektdagi asosini Hyum asosan tan olmasa-da, sub‘ektdan tashqarida ham
go‘zallik tuyg‘usini uyg‘otuvchi, «estetik reakstiya» qo‘zg‘atuvchi omillar borligini butunlay inkor etmaydi.
Maqsadga muvofiqlikni u ana shunday asos-omil deb hisoblaydi. Uning nazdida go‘zallik foydalilik va maqsadga
muvofiqlikni idrok etish asosida vujudga keladigan kechinmadir.
Hyum «Inson tabiati xususida» asarida go‘zallikni lazzat va huzur bag‘ishlovchi, xunuklikni yoqimsiz
taassurot uyg‘otuvchi ruhiy-estetik hodisa sifatida olib qaraydi hamda ular talqiniga alohida bob bag‘ishlaydi. Bu
ikki xususiyatni u axloqiylik bilan bog‘laydi. Chunonchi, vujudimiz go‘zalligi bizda g‘urur, xunukligi esa xoksorlik
hissini uyg‘otadi, go‘zalligimizdan mag‘rurlanamiz, xunukligimizdan uyalamiz, zero go‘zallik ham, xunuklik ham
bizning «men»imiz bilan mustahkam bog‘liq. «Go‘zallik, bu – qalbimizda lazzat, huzur uyg‘otadigan qismlarning
joylashuvi va moslashuvidir... YOqimsiz kayfiyat uyg‘otadigan xususiyatga ega xunuklikdan uning farqi ana
shunda. Shunday qilib, lazzat va yoqimsizlik nafaqat go‘zallikning zaruriy hamrohlari hisoblanadi, balki ularning
mohiyatini ham tashkil etadi. Go‘zallikni xuddi hozirjavoblik kabi aniqlashtirishning iloji yo‘q, biroq faqat alohida
did yoki sezgi yordamida uni ajratish mumkin, shundan kelib chiqib, biz go‘zallik lazzat bag‘ishlaydigan shakldan
boshqa narsa emas, xunuklik esa qismlarning yoqimsiz kayfiyat uyg‘otadigan tarzda joylashuvidir... SHunday ekan,
bu ikki sifatning barcha ta‘siri ana shu sezgilarimizdan keltirib chiqarilishi lozim...»
194
.
Ana shu go‘zallikning faqat tasavvur qilish mumkin bo‘lgan ob‘ektiv asosidan Hyum estetik did me‘yorini
keltirib chiqaradi. Uning fikriga ko‘ra, inson go‘zallikning alohida ko‘rinishlari va darajalarini o‘zaro taqqoslash
hamda shu borada mulohaza yuritishi natijasida tajribasi oshadi, o‘z hissiyotini, estetik didini takomillashtirib
boradi. Did borasidagi mulohazalardan u shunday xulosa chiqaradi: birinchidan, hamma odamlarda did bir xil emas,
ikkinchidan, shunday shaxslar borki, ular butun insoniyat tomonidan o‘zgalardan ustuvor turadigan insonlar sifatida
tan olinadi. SHuningdek, didning har xilligi bir tomondan, alohida odamlar maylining o‘zaro farqi bilan bog‘liq
bo‘lsa, ikkinchi tomondan, turli zamon va mamlakatlarda odatlar hamda tafakkur yo‘sinining turlichaligi didning
manbai hisoblanadi.
Hyumning nazdida estetik did va uning xilma-xilligi axloqiy muhitdan kelib chiqadi. Ayni paytda san‘at
jamiyatning axloqiy hayotiga juda katta ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi; u insonparvarlikning keng yoyilishiga, insonning
hilmlashuvi va faollashuviga xizmat qiladi. Hyum san‘at asarlarini falsafiy nazariyalar, diniy tizimlar bilan
solishtirib san‘atga ustuvorlik mavqeini beradi: mavhumiylikka asoslangan falsafiy nazariyalar va diniy tizimlar
muvaqqat ekanini, hatto bir asr mobaynida birining o‘rnini ikkinchisi, ikkinchisining o‘rnini uchinchisi egallashini,
eskirishini lekin haqiqiy san‘at asarlari doimo dolzarb, Yangi bo‘lib qolaverishini ta‘kidlab o‘tadi, badiiy bilishni
hamma bilish turlaridan yuksak qo‘yadi. Nafis san‘at turlarini idrok etish – hayotning turli hodisalari to‘g‘risida
mulohaza yuritish va hukm chiqarishga bo‘lgan qobiliyatimizni takomillashtiradi, didimizni charxlaydi: «Hech narsa
she‘riyatda,
suxandonlikda,
musiqa
va
rangtasvirda
go‘zallikni
o‘rganish
darajasida
fe‘l-atvorni
takomillashtirmaydi, – deb yozadi Hyum. – Bu san‘atlar hissiyotlarga muayyan nafislik bag‘ishlaydi... nozik,
yoqimli hayajon uyg‘otadi. Ular ruhni turli tirikchilik tashvishlaridan, xudbinlarcha intilishlardan chalg‘itadi,
tafakkur qilishga, orom olishga yo‘naltiradi, barcha ruhiy holatlardan ko‘ra ko‘proq muhabbat va do‘stlikka
moyillikni, uyg‘otadigan yoqimli ma‘yuslikni yuzaga keltiradi»
.
Hyumning estetik qarashlari, ko‘rib o‘tganimizdek, muayyan nuqsonlariga qaramasdan, estetik did, go‘zallik
va san‘atning inson ma‘naviy olamiga beqiyos ta‘sirini nazariy isbotlab berishi bilan diqqatga sazovordir. Uning
asarlari shuning uchun ham A.Smit, E.Byork va G.Kant kabi mutafakkirlarning ta‘limotlariga katta ta‘sir ko‘rsatdi.
Ma‘rifatparvarlik estetikasida ingliz mutafakkiri Edmund Byork (1729 – 1797) qarashlari katta ahamiyatga ega.
Uning «Ulug‘vorlik va go‘zallik to‘g‘risidagi g‘oyalarimizning falsafiy tadqiqi» asarida estetikaning asosiy
umumnazariy masalalari o‘rtaga tashlanadi. Byork nimaiki, qandaydir darajada dahshatli bo‘lsa yoki dahshat uyg‘osta,
o‘sha narsa-hodisa ulug‘vorlikning asosiy, manbai hisoblanadi, deya ta‘kidlaydi. Boshqa hissiyotlarni esa aloqaga nisbat
beradi. Aloqaning asosida muhabbat yotadi. Tor ma‘noda u – inson zotini davom ettirishga qaratilgan jinsiy aloqa, keng
ma‘noda butun borliq bilan aloqa. SHunday qilib, Byorkning fikriga ko‘ra, insonda ikki xil asosiy intilish bor: o‘zini asrashga
va aloqaga intilish. SHunga ko‘ra, birinchisi – ulug‘vorlikning, ikkinchisi esa – go‘zallikning manbai hisoblanadi.
Buyuk franstuz faylasufi, estetik va adib Deni Didro (1813 –1884) Yevropaning eng taniqli
ma‘rifatparvarlaridan biri hisoblanadi. Didro estetik qarashlarining g‘oyatda o‘ziga xosligi shu bilan belgilanadiki,
uning merosida falsafiy masalalar va badiiy amaliyot orasida keskin farq sezilmaydi. Uning ba‘zi badiiy asarlari
falsafiy risolaga, ayrim falsafiy asarlari va estetik risolalari esa badiiy asarga o‘xshatib yozilganini ko‘ramiz,
xususan, chuqur falsafiy-nazariy fikrlarini u badiiy dialoglar shaklida ifodalaydi. U san‘atga umumfalsafiy-nazariy
jihatdan yondashar ekan, ayni paytda o‘z davridagi ijodkorlar amaliyotiga suyanib ish ko‘radi: uni qarashlari
alohida, sof nazariya emas, balki san‘at taraqqiyotining dolzarb masalalari bilan bog‘liq nazariy fikrlardir.
Didro go‘zallikni alohida bir narsa yoki o‘z-o‘zini tashkil etuvchi hodisa sifatida olib qaramaydi. Uning
uchun go‘zallik munosabat bilan bog‘liq. «Go‘zallikning vujudga kelishi va tabiati to‘g‘risida falsafiy tadqiqlar»
risolasida: «SHunday qilib, men, – deb yozadi mutafakkir, – aqlimda munosabatlar g‘oyasini uyg‘otadigan
qobiliyatni o‘zida mujassam qilgan mendan tashqaridagi hamma narsani deb atayman»
. Bu bilan Didro mutlaq
go‘zallikning yo‘qligini, u doimo nisbiy ekanini, kimgadir go‘zal ko‘ringan narsa boshqa odamga go‘zallik bo‘lib
194
Юм. Д. Трактат о человеческой природе. Минск, Попурри, 1988. С. 350-351.
История эстетической мысли. Т.2. С.289.
Дидро Д. Эстетика и литературная критика. М.. ИХЛ, 1980. С. 117.
tuyulmasligi mumkinligini ta‘kidlamoqchi. «SHundan kelib chiqib, – deb davom etadi u, – mutlaq go‘zal narsaning
o‘zi yo‘q esa-da, lekin bizga nisbatan olganda ikki xil go‘zallik mavjud: real go‘zallik va bizning idrokimizdagi
go‘zallik
»
.
Didro, falsafada haqiqat qanday ahamiyatga ega bo‘lsa, go‘zallik san‘atda xuddi shunday muhimligini
ta‘kidlar ekan, bir san‘at turidagi go‘zallik ikkinchi san‘at turi uchun, bir hodisadagi go‘zallik ikkinchi hodisa uchun
mohiyatan bir xil esa-da, bizning narsa-hodisaga bo‘lgan munosabatimiz tufayli ularni har xil nom bilan atashmiz
mumkin deydi: axloqdagi go‘zallik – axloqiy, musiqadagi go‘zallik – musiqiy, tabiatdagi go‘zallik – tabiiy v.h.
San‘atdagi go‘zallikning asosida badiiy haqiqat yotadi; mazmun haqqoniyligi va badiiy soddalik – mana san‘atdagi
go‘zallikning asosiy sifatlari. «Go‘zallik ezgulik va haqiqat, – deb yozadi Didro «Rangtasvir borasidagi tajriba»
risolasida, – qo‘lni-qo‘lga berib bir yo‘ldan borishadi. Dastlabki ikki sifatdan biri qandaydir kamdan-kam
uchraydigan yoki qanaqadir fojeaviy holatga tushishi bilanoq – haqiqat go‘zallikka aylanadi. Agar uch jismli
kompozistiyani qog‘oz yuzidagi uch nuqtani joylashtirish bilan hal qilsangiz, u holda bu – nochor haqiqat, aqldagi
jonsiz haqiqat. Bordiyu, shu uch jismdan biri – bizni kunduzi nurafshon etadigan quyosh, ikkinchisi – tunda yog‘du
sochadigan oy, uchinchisi – o‘zimiz yashayotgan Er kurrasi deb tasavvur qilinsa, shu zahotiyoq bu haqiqat ulug‘vor
va go‘zal haqiqatga aylanadi»
.
Didroning mazkur fikrlari, ko‘rinib turibdiki, nafaqat haqiqat, ezgulik va go‘zallikning o‘zaro aloqalariga
taalluqli, balki ularda badiiy tafakkurning ilmiy yoki odatiy jo‘n tafakkurdan farqini, bu farqda namoyon bo‘ladigan
tasavvurning roli beqiyos ekanini anglatadi.
Did masalasi ham Didro estetikasida muhim o‘rin tutadi. U, Hyumdan farqli o‘laroq, estetik did faqat yaxshi
yoki maxsus badiiy tarbiya ko‘rgan odamlardagina mavjud bo‘ladi, degan fikrni rad etadi, didning demokratik
xususiyatini ta‘kidlaydi. Ayni paytda go‘zallik hissining tug‘ilishi borasidagi Didroning fikrlari ham did bilan
bog‘liq, u Yevropa estetikasi tarixida Kantdan ancha avval go‘zallikning «tahlilsiz» (tushunchalarsiz), to‘g‘ridan-
to‘g‘ri, did yordamida idrok etilishini aytib o‘tadi. «Go‘zallik hissi, – uzoq davom etgan kuzatishlar mevasi. Biroq
biz bu kuzatishlarni qachon amalga oshiramiz? – deb so‘raydi va unga o‘zi javob beradi. – Har soatda, har daqiqada.
Aynan ana shu kuzatishlar bizni tahlil qilish zaruratidan ozod qiladi. Did, o‘z hukmining sabablarini hali anglab
etmasdanoq, darhol hukm chiqaradi; ba‘zan esa bu sabablarni u samarasiz qidiradi va ularni topolmasa ham, baribir,
o‘z aytganidan qolmaydi... Did, yaxshi did dunyo kabi, odam kabi va fazilat kabi qadimiydir; asrlar uni faqat
takomillashtirib boradi, xolos»
.
Didroning san‘at turlariga doir qarashlari ularning real hayotda tutgan o‘rnidan kelib chiqadi. Mutafakkir
san‘atning barcha o‘ziga xosliklari bilan bir qatorda, uning ijtimoiy tabiatiga ega ekanini qayta-qayta ta‘kidlaydi;
adabiyot, teatr, umuman san‘at millat tarbiyasida nihoyatda katta rol o‘ynaydi. San‘at insoniyat taraqqiyotiga xizmat
qilishi, xalqning ruhini ko‘tarishi kerak. San‘atkor fazilatni – yoqimli, illatni – jirkanch, kulgili narsani kulgili qilib
tasvirlashi lozim. Haqiqat, ezgulik va go‘zallikning kelib chiqishi tajribaviylik bilan bog‘liq. SHu bois xurofotga
qarama-qarshi o‘laroq, axloq, san‘at, fan tabiatni, shu jumladan, o‘z tabiatimizni biz qay darajada bilishimizga qarab
ravnaq topadi. Toki inson uchun oliy qiziqish insonning o‘zi ekan, san‘at axloqiylikka, insoniyat jamiyatining
ravnaqiga xizmat qilishi, ezgulik tantanasi uchun kurashishi kerak.
Demak, san‘at har ikki tabiatga taqlidan rivojlanishi lozim, har bir san‘at turining taqlid vositasi bor: she‘riyat
– so‘z, rassomlik – rang, musiqa – ohang bilan taqlid qiladi v.h. Ayniqsa «katta» tabiatda taqlid ob‘ektlari san‘atkor
ko‘ziga yaqqol tashlanadi: har bir tabiat yaratgan narsaning o‘z tabiati, xarakteri bor. «Jonsiz narsalarda xarakter
bo‘lmaydi deyish to‘g‘ri emas. Metall va toshlar o‘z xarakteriga ega. Kim oramizda o‘rmondagi tolning
egiluvchanligini, terakning adlligini, qarag‘ayning to‘g‘riligi, emanning ulug‘vorligini ko‘nglidan o‘tkazmagan?
Gullar ichida esa atirgulning nozini, g‘unchaning uyatchanligini, liliyaning (piyozgulning) mag‘rurligini,
binafshaning kamtarligini, qizg‘aldoqning beparvo nazokatini kim sezmagan?»
.
SHuningdek, Didroning nazdida san‘at turlari inson tabiatiga, jamiyat tabiatiga o‘xshaydi. «Spektakl, – deb
yozadi Didro «Aktyor haqida antiqa gaplar» degan mashhur asarida, – har bir a‘zosi barcha uchun va butunisicha
jamiyat uchun o‘z haq-huquqlarini qurbon qiladigan, yaxshi tashkil etilgan jamiyatga o‘xshaydi. Kim bu fidoyilik
mezonini hammadan yaxshi baholay oladi?.. Jamiyatda, bu – adolatli inson, sahnada – sovuq aql bilan ish
ko‘radigan aktyor. Sizning ko‘chadagi tomoshangiz sahnasi dramatik sahnaga xuddi yovvoyilar o‘rdasi
stivilizastiyalashgan jamiyatga qaragandek munosabatda bo‘ladi»
.
Didro «sovuq aql bilan ish ko‘rish» deganda, ortiqcha yonib-jo‘shishlarga, balandparvoz tuyg‘ularga
berilishni nazarda tutadi. Uning nazdida hissiyotini jilovlay bilmagan aktyor bir xil darajada rol o‘ynay olmaydi.
Uning muvaffaqiyati ham, nuqsoni ham bir xildagi tasodifiylik tabiatiga ega. SHu bois Didro aktyordan o‘z roli va
yaratayotgan badiiy qiyofasining umumiy ma‘nosidan kelib chiqqan holda, oqilonalik bilan o‘zini boshqarishni talab
qiladi. Estetik idrok etishda ham u asarga hissiyotdan kelib chiqib baho berishni tavsiya etmaydi. Zero aql ko‘pincha
O‘sha manba. S. 117.
Дидро Д. Салоны в двух томах. Т. 1. М., Искусство, 1989. С. 240.
Дидро Д. Салоны. Т.2. С. 326.
hissiyot sezmasdan qoldirib ketgan yoki ortiqcha ko‘pirtirib yuborilgan narsalarni topadi va hissiyotning xatosini
tuzatadi.
Buyuk franstuz mutafakkiri va uning estetik ta‘limoti to‘g‘risida yana ko‘plab mulohazalar bildirish mumkin.
Lekin imkon nuqtayi nazaridan xulosa yasaymiz: Didro o‘z davri ma‘rifatparvarlarining izlanishlarini umumlashtira
olgan va san‘atga Yangicha qarashni ilgari surgan buyuk alloma. Uning aksariyat asarlari o‘z ahamiyatini hozir ham
yo‘qotgan emas.
Umuman olganda, Yevropa ma‘rifatparvarlari insonni san‘at, axloqiylik, ilm-fan vositasida tarbiyalashga
intildilar. SHu bois axloqiy-estetik omillarga katta e‘tibor berdilar, ular orqali Yangi, zamonaviy komil insonni va
komil jamiyatni yaratish mumkin degan g‘oyani o‘rtaga tashladilar. Ma‘rifatparvarlar Uyg‘onish davri
mutafakkirlarining ishini davom ettirdilar va uni Yangi bosqichga ko‘tardilar.
Dostları ilə paylaş: |