Olmon mumtoz estetikasi
Biz yuqorida ko‘rib o‘tgan ma‘rifatparvarlar va o‘sha davrdagi boshqa nafosatshunoslar nafosatshunoslikning
umumnazariy masalalari, estetik idrok eti shva san‘at falsafasi borasida Yevropa estetik tafakkuriga ozmi-ko‘pmi
nazariy Yangiliklar kiritdilar. Olmon mumtoz estetikasi ana shunday xazinadan foydalanish natijasida o‘zlari ham
tengsiz tafakkur durdonalari yaratib, uni mislsiz boyitdilar.
Olmon mumtoz estetikasi ibtidosida buyuk faylasuf Immanuil Kant (1724-1804) turadi. U «Go‘zallik va
ulug‘vorlik tuyg‘ulari ustidan kuzatishlar» (1764), «Sof aqlning tanqidi» (1781), «Amaliy aqlning tanqidi» (1788),
«Muhokama qobiliyatining tanqidi» (1796) asarlarida estetika muammolariga maxsus to‘xtaladi.
Kantning fikriga ko‘ra, estetik hissiyot manfaastiz, beg‘araz va narsa-hodisaga bevosita maftunlikka borib
taqaladi. Maftunlikning, muhabbatning ob‘ekti esa shakldan boshqa narsa emas. Xullas, go‘zallik manfaastiz
maftunlikning, muhabbatning ob‘ekti. Bu – go‘zallikning birinchi belgisi. Ikkinchi belgisi esa shundaki, u
tushunchalar yordamisiz, ya‘ni, aql kategoriyasiz, bizga umumiy maftunlikning narsa-hodisasi sifatida namoyon
bo‘ladi; estetik muhokama hech qachon mantiiq qonun-qoidalariga asoslanishi mumkin emas. Go‘zallikning
uchinchi belgisi shundaki, u maqsadga muvofiqlik shakliga egaligi, ya‘ni qandaydir aniq maqsad haqida tasavvur
hosil qilmasdan turib, narsa-hodisadagi maqsadga muvofiqlikni idrok etish mumkinligi bilan ajralib turadi. Demak,
go‘zallik – narsa-hodisaning maqsadga muvofiqlik shakli, zero u maqsad haqida tasavvurga ega bo‘lmasdan turib,
idrok etiladi. To‘rtinchi belgi shundaki, go‘zallik bizga tushunchasiz, zaruriy maftunlikning ob‘ekti, narsa-hodisasi
sifatida yoqimlidir. SHunday qilib, go‘zallik hammaga hech qanday manfaastiz, shundayligicha, o‘zining sof shakli
bilan yoqishi zarur bo‘lmagan narsa-hodisadir: «Nimaiki hammaga tushunchalar yordamisiz yoqimli bo‘lsa, o‘sha –
go‘zaldir»
.
Go‘zallik bilan bir qatorda Kant ulug‘vorlikni ham diqqat bilan tadqiq etadi. Uning fikriga ko‘ra, go‘zallikdan
olinadigan lazzat-sifat, ulug‘vorlikdan olinadigan lazzat-miqdorning namoyon bo‘lishi bilan bog‘liq. Ulug‘vorlikni
mutafakkir ikkiga ajratadi: matematik va dinamik ulug‘vorlik. Matematik ulug‘vorlik ekstensiv miqdorni – makon
va zamondagi ko‘lamli miqdorni, ikkinchisi kuch va qudrat miqdorini o‘z ichiga oladi. Birinchi xil ulug‘vorlikka
yulduzli osmonni, okeanni, ikkinchisiga – yong‘in, suv toshqini, dovul, zilzila, momaqaldiroqni misol qilib keltirish
mumkin. Har ikkala holatda ham ulug‘vorlik bizning hissiy tasavvurimizdan ustun keladi, uni uzib qo‘yadi. Keyin
ezilganlik hissi faoliyatimizning jonlanishi bilan almashinadi, Chunki bunda bizning faqat hissiyotimiz tang qoladi,
ma‘naviy jihatimiz, aksincha, yuksaladi. Aql hissiyot olamidagi barcha ulug‘liklardan-da yuksak bo‘lgan ulug‘likni
fikrlay bilishga qodir. Chunki biz o‘zimizni hissiyotli mavjudot sifatida buyuk va qudratli sezamiz. Haqiqiy
ulug‘vorlik – bu aql, insonning axloqiy tabiati, hissiy anglash chegarasidan narigi tomondagi nimagadir intilishi.
SHu bois Kant, haqiqiy ulug‘vorlikni muhokama qilayotgan kishining qalbidan qidirish kerak, deydi. «Nimaiki, u
haqda fikrlashning o‘ziyoq qalb qobiliyati har qanday miqyosdagi tashqi hissiyotlardan miqyosliroq ekanini
isbotlashi, o‘sha – ulug‘vorlikdir»
.
Kant san‘atni hunardan ajratib qaraydi: birinchisi – erkin, keyingisi pul topishga qaratilgan, yollangan san‘at.
Nimaiki tushunchaga asoslangan bo‘lsa, uni o‘rganish mumkin, lekin ilhomni o‘qib, o‘rganib bo‘lmaydi, deydi
faylasuf. Kant did muhokamasining umumiyligi va zarurliygini ta‘kidlaydi; buni u barcha uchun umumiy bo‘lgan
hissiyotlarning mavjudligi bilan asoslaydi: Hyumning «Did haqida bahslashish mumkin emas», degan shiori o‘rniga
«Did haqida bahslashish mumkin va bahslashish mumkin emas» degan shiorni o‘rtaga tashlaydi. Kant buni estetik
g‘oya tushunchasi bilan bog‘laydi; did muhokamasi asosida yotgan tushuncha noaniq, u har bir mushohada
zamiridagi nazariy jihatdan aniq ta‘riflab bo‘lmaydigan alo tuyg‘u haqidagi aqlning transstendental (ong va bilish
chegarasi ortidagi) tushunchasidir. Yoki boshqacha qilib aytganda: «Estetik g‘oyani tasavvurning tushuntirib
bo‘lmaydigan namoyon bo‘lishidir»
.
Kantning estetik nazariyalari ba‘zi bir «sub‘ektivlik» jihatlariga qaramay, keyingi davrlar Yevropa va jahon
nafosatshunosligi taraqqiyoti uchun eskirmaydigan ahamiyatga ega bo‘ldi. Shu jihatdan Fixte, Gyote, SHelling,
Gegel, Shopengauer va boshqa ko‘pgina buyuk nafosatshunoslarni muayyan ma‘noda «Kantdan o‘sib chiqqan»
deyish mumkin.
Bu davrning eng zabardast va o‘ziga xos nafosatshunoslaridan biri buyuk olmon shoiri va dramaturgi Fridrix
Shillerdir (1759 – 1805).
Кант И. Сочинения в 6 т. Т. 5 М., Мысл, 1966. С. 222.
O‘sha manba. S. 257.
O‘sha manba. S. 363.
Shiller jamiyatni o‘zgartirishni istaydi, lekin u inqilobiy o‘zgarishlarga qarshi. SHillerning nazdida inqilob,
avvalo, axloqsizlik, u asrlar mobaynida qaror topgan axloqiy tamoyillarni ag‘dar-to‘ntar qilib tashlaydi; qolaversa, u
nafosatga qarshi – inson tabiati uyg‘unligini buzadi, narsa mavjudligi tabiiy tartibining muqaddasligini va go‘zalligini
parchalab yuboradi. SHu bois jamiyatni qayta qurishdan avval insonni qayta qurmoq lozim. Buni esa shaxsning uyg‘un
rivojlanishini go‘zallik vositasidagi tarbiya orqali amalga oshirish mumkin. SHiller uchun go‘zallik – hodisaga
aylangan erkinlik.
«Din bilan davlat, qonun bilan axloq bir-biridan yiroqlashgan, lazzat mehnatdan, maqsadga etishish vositasi
maqsaddan, g‘ayrat mukofotdan uzilib qolgan hozirgi paytda, – deb yozadi SHiller «Insonning estetik tarbiyasi
xususida maktublar» asarida, – ulkan yaxlitlikning kichik bo‘lagiga abadiy bog‘langan insonning o‘zi ham bo‘lak
shaklga kirib bormoqda; o‘zi harakatga keltirayotgan g‘ildirakning abadiyan bir xildagi shovqini ostida u endi
tirikligining har tomonlama uyg‘unligini ta‘minlay olmaydi, u endi tabiatining insoniyligini ifodalash o‘rniga o‘z kasbi
yoki ilmining surati bo‘lib qoladi... hayotbaxsh zehnning o‘rnini o‘lik harfxo‘rlikegallaydi, sovuqqon xotira inson
uchun daho va hissiyotdan ko‘ra yaxshiroq rahbarga aylanadi
195
.
Foyda buyuk ma‘buda maqomini bajarayotgan bu davrning qo‘pol tarozusida san‘atning ma‘naviyatdagi
xizmatlari tosh bosmaydi, natijada taqdirlanishdan mahrum bo‘lgan san‘at sershovqin asr bozoridanchetda yitib ketadi.
Xo‘sh, bozor iqtisodiyoti sharoitidagi pulga sig‘inishdan, insonni o‘z kasbining murvatiga, parchasiga aylanib
qolishidan halos etish uchun, unga qadimgi yunonlar davridagi uyg‘unlikni qaytarish uchun nima qilmoq kerak?
SHiller, yuqorida aytganimizdek, inqilobiy yo‘lni qat‘iy inkor etgan holda, «estetik tarbiya» tushunchasini kiritadi;
erkinlikka yo‘l faqat go‘zallik orqali o‘tadi, degan fikrni ilgari suradi.SHiller shakl va mazmun masalasini o‘ziga
xos talqin etadi. Hissiy go‘zallik ma‘naviylikka, ma‘naviylik esa – moddiylikka olib boradi. Go‘zallik zo‘riqqan
insonda uyg‘unlikni tiklaydi, bo‘shashgan odamda esa faollik uyg‘otadi. SHakl insonga butinisicha, mazmun uning
muayyan qismigagina ta‘sir o‘tkazadi. Go‘zallik insonning oqillashuvi yo‘lidagi zaruriy shartdir. Faoliyatning
barcha boshqa turlari insonning alohida-alohida kuchlarini rivojlantiradi, faqatgina go‘zallik uni bir butun yaxlitlik
sifatida shakllantiradi.
«Insonning estetik tarbiyasi to‘g‘risida maktublar»ida SHiller, yuqoridagi fikridan tashqari, san‘atning o‘ziga
xosligi masalasiga ham alohida to‘xtaladi. SHu munosabat bilan u «o‘yin»va «estetik ko‘rinish» tushunchalarini
qo‘llaydi. Bu ikkisini SHiller san‘atning belgilari deb ataydi. Yovvoyilikdan qutilgan har bir xalq ko‘rinishdan zavq
olishga, bezakka va o‘yinga moyil bo‘ladi. o‘yin, majburiyatdan kelib chiqadigan, manfaatli va bir tomonlamalikka
ega faoliyatdan farqli o‘laroq, erkindir. o‘yinda insondagi barcha kuchlar mutanosib tarzda kelishib harakat qiladi.
Inson, faqat tom ma‘noda inson bo‘lgandagina o‘ynaydi va o‘ynagan paytidagina to‘liq insonga aylanadi. San‘at
o‘yinli faoliyat sifatida quvonchli. o‘yinning mahsuli – ko‘rinish. «Narsalarning realligi ularning ishi, narsalarning
ko‘rinishi – insonning ishi, – deydi, SHiller»
. Uning fikriga ko‘ra, san‘at voqelikdan butunlay ajralib, sof ideallik
darajasiga etgandagina haqiqatga erishadi. Tabiat – hissiy idrok etilmaydigan ruhning g‘oyasi. U hodisa ostida
yotadi, biroq o‘zi hech qachon hodisada namoyon bo‘lmaydi. Faqat ideal san‘atigina bu haqiqat ruhiga etishadi va
uni seziladigan shakl bilan ta‘minlaydi.
Olmon mumtoz faylasuflari orasida Fridrix Vilgelm Yozef Shellingning (1175 – 1854) estetik qarashlari
ham diqqatga sazovor. Uning «San‘at falsafasi», «Resi», «Tasviriy san‘atning tabiatga munosabati» singari
asarlarida estetika muammolari ko‘tarilgan.
Shellingning fikriga ko‘ra, san‘at asarining o‘ziga xos belgisi «onglanmaganlikning cheksizligi» hisoblanadi.
San‘atkor o‘z tabiatidangina kelib chiqib ijod etar ekan, badiiy asar u aytishni hoxlagandan ortiq narsani o‘z ichiga
oladi. Zero san‘atkor o‘z asariga asar g‘oyasiga kirmaydigan, yana «qandaydir cheksizlikni» ixtiyorsiz ravishda
singdiradi. Bu cheksizlikni «cheklangan aql» qamrab ololmaydi. Ana shu onglanmaganlikning cheksizligidan
SHelling go‘zallik tushunchasini keltirib chiqaradi: go‘zallik cheksizlikning cheklanganlikdagi ifodasi. Go‘zallik
san‘atning asosiy xususiyati. Go‘zalliksiz san‘atning mavjud bo‘lishi mumkin emas. San‘atkor a‘lo hissiy go‘zallik
g‘oyasini anglashni shu g‘oyani sezilarli qiluvchi narsa bilan biriktiradi. Dahoning vazifasi olam uyg‘unligida
Xudodagi oliy go‘zallikni ko‘ra bilishdir.
San‘at taraqqiyotini SHelling asta-sekinlik bilan uning jismiylikdan qutilib borishida ko‘radi. Chunonchi,
yunon haykaltaroshligida ruhiy jihat jismda o‘z ifodasini topgan. Haykallar ilohiy mavjudotlar tushunchasini beradi
va shuning barobarida san‘atning maqsadini belgilovchi qadimgi yunon mifologiyasida asoslagan. Yangi davrda ana
shu vazifani nasroniylik bajaradi. Rangtasvir, nojismiy narsalardan, qay darajadadir ruhiy bo‘lgan bo‘yoq va jilodan
foydalanar ekan, tobora Yangi davr san‘atiga aylanib borada, rassom uchun eng muhimi-ma‘naviy go‘zallikni aks
ettirish. SHunday qilib, SHelling nazdida san‘at taraqqiyotining barcha jarayonlari hissiylikdan ma‘naviylikka o‘tish
harakatidan, ruhning moddiyat ustidan g‘alaba qozonib borishidan iborat.
Shelling san‘atni ikki qatorga – real va idealga ajratadi. Real qator –musiqa, me‘morlik, rangtasvir,
haykaltaroshlikni; ideal qator esa – adabiyotni o‘z ichiga oladi. Alohida san‘at turlari tavsifini u musiqadan
boshlaydi. Rangtasvir qiyofalarni in‘ikos ettiruvchi ilk shakl. U alohidalik va xususiylikni umumiylikda aks ettiradi.
Musiqa va rangtasvirni omuxtalashtiruvchi san‘at turlari – me‘morlik va haykaltaroshlik; me‘morlik – qotib qolgan
musiqa. Plastik san‘at turlari ichida haykaltaroshlik eng muhim o‘rinni egallaydi, zero uning predmeti olamning
anglab etilgan ramzi bo‘lmish insoniy vujuddir. So‘z san‘ati – oliy qatordagi ideal san‘at. SHu bois SHelling
195
Шиллер Ф. Собрание сочинений в 7 т. т.6. М., ГИКЛ, 1957. С. 265-266.
she‘riyatni umuman san‘atning mohiyatini ifodalovchi san‘at turi tarzida qabul qiladi. Lirikada cheksizlik
cheklanganlikda, eposda cheklanganlik cheksizlikda yuzaga chiqadi. Drama esa cheklanganlik va cheksizlikning,
reallik va ideallikning sintezi. Romanga SHelling Yangi davr eposi, epos bilan dramaning sintezi sifatida qaraydi.
Fojea borasida ham SHelling teran fikrlaydi. Fojeiy ziddiyatni u erkinlik va zaruriyat nuqtayi nazaridan olib qaraydi;
erkinlik – sub‘ektda, zaruriyat ob‘ektda beriladi. Tarixiy zaruriyatning qahramondagi sub‘ektiv intilishlar bilan
to‘qnashuvi fojeiy qarama-qarshilikning (kolliziyaning) asosini tashkil etadi. «SHunday qilib, – deb yozadi
SHelling, – fojeaning (tragediyaning) mohiyati sub‘ektdagi erkinlik bilan ob‘ektiv zaruriyat o‘rtasidagi haqiqiy
kurashdan iborat. Kulgida (komediyada) esa buning aksi; zaruriyat – sub‘ektda, erkinlik – ob‘ektda mujassam
bo‘ladi»
.
Umuman olganda, SHelling ilgari surgan ko‘pgina g‘oyalar keyinchalik Yevropa estetikasida dasturilamal
qilib olindi, Yangi-Yangi nazariyalarning ibtidosiga aylandi.
Olmon mumtoz estetikasida eng e‘tiborli o‘rinlardan birini Georg Vilgelm Fridrix Gegel (1770-1831)
egallaydi. Estetika borasida uning «Estetika» deb nomlangan ko‘p jildlik ma‘ruzalari mashhur. Gegel o‘z falsafiy
tizimini mutlaq g‘oya asosiga quradi; uning uchun barcha mavjudlikning asosida qandaydir qiyofasiz, nosub‘ektiv
ruhiy ibtido yotadi – ana o‘sha mutlaq g‘oya. Mutlaq g‘oya tabiat, ijtimoiy hayot va uning barcha ko‘rinishlari
mohiyatini tashkil etadi. Estetika ham muayyan taraqqiyot bosqichidagi g‘oyaning o‘zi. Mutlaq g‘oya to tabiatga
kirib borguniga qadar sof mantiqiy shaklda rivojlanadi. So‘ng u o‘zini tabiat sari begonalashtiradi, keyin yana
o‘ziga, ruhiy olamiga qaytadi. Biroq, bu qaytish shu lahzagacha bo‘lgan barcha taraqqiyot hodisalari bilan boyish
vositasida ro‘y beradi. Taraqqiyotning ana shu uchinchi bosqichida mutlaq g‘oya zaruriy muayyanlikka ega bo‘ladi.
Muayyanlashtirish shaklini g‘oya sub‘ektiv, ob‘ektiv va nihoyat mutlaq ruh qiyofasida qo‘lga kiritadi. Muayyan
ruhning bu uch shakli nafaqat inson ongini, balki turli insoniy faoliyatlar hamda insoniy aloqalar va munosabatlar
mohiyatini ham tashkil etadi. G‘oya taraqqiyotining oliy bosqichi mutlaq ruh hisoblanadi. Mutlaq ruh – o‘zi uchun
o‘zini predmet qilib, o‘zi uchun o‘z mohiyatini ifodalashdan boshqa hech qanday maqsadga ham, faoliyatga ham
ega bo‘lmagan erkin, haqiqiy, cheksiz ruh. U tashqi va hissiy mushohadada tasavvurga, tasavvurdan tushunchalar
asosidagi tafakkurga qarab rivojlanib boradi.
Gegelning fikriga ko‘ra, o‘zini to‘liq erkinlikda mushohada qiluvchi ruh – san‘at; o‘zini ixlos sifatida
namoyon qiluvchi ruh – din; o‘z mohiyatini tushunchalar orqali fikrlab, uni biluvchi ruh – falsafa. San‘at, din va
falsafaning mazmuni shunday qilib, bitta, farq faqat o‘sha mazmunni ochish va anglab etishda. G‘oyaning o‘z-o‘zini
ochishning birinchi va eng nomukammal shakli, estetik bilish yoxud san‘at. Uning maqsadi mutlaq ruhning hissiy
tasvirini berish. San‘at, axloq, davlat tuzumi, boshqarish shakli v.h. hammasi bitta umumiy ildizga borib taqaladi.
Uni Gegel zamon ruhi deb ataydi.
Gegel g‘oya va shakliy tuzilish munosabatlarinig uch xilini keltiradi. Dastlabki bosqichda g‘oya mavhum va bir
yoqlama shaklda namoyon bo‘ladi. Bu san‘atning ramziy shakli. Uni qadimgi Sharq xalqlari san‘atida ko‘rish mumkin.
U sirliligi, balandparvozligi, majoziyligi va ramziyligi bilan ajralib turadi. Rivojlanmay qolgan mavhum mazmun bu
erda o‘ziga mos shakl topolmaydi. Ramziy shaklni mumtoz san‘at shakli almashtiradi. Bu shaklda g‘oya yoki mazmun
etarli muayyanlikka ega bo‘ladi. Mazmun uchun o‘ziga mos shakl, qiyofa topiladi. Bu inson qiyofasidir. Agar ramziy
san‘at shakli Sharqona mustabidlikdan kelib chiqqan bo‘lsa, mumtoz san‘at shakli insonparvarlik va demokratik
tabiatga ega. Mumtoz shakldan so‘ng san‘atning romantik (sururiy) shakli kechadi. Bu san‘at shaklida yana g‘oya va
uning tashqi qiyofasidagi tugallangan birlik yo‘qoladi va u orqaga qaytadi, lekin bu qaytish yuksalish darajasida ro‘y
beradi. Romantik san‘at mazmuni – erkin muayyan ma‘naviylik shunday ruhiy taraqqiyotga etadiki, unda qalb olami
go‘yo tashqi olam ustidan g‘alaba qozonadi va o‘z ma‘naviy boyligi uchun teng keladigan hissiy qiyofa topa olmaydi.
Ana shu bosqichda ruhning hissiy qobig‘idan qutulish va o‘zini anglashning boshqa Yangi shakllariga – dinga, undan
keyin esa falsafaga o‘tishi ro‘y beradi. San‘atning bunday o‘z chegarasidan chiqib ketishi uning yo‘qolishini emas,
balki predmetning, mazmunining o‘zgarishini bildiradi. U avvaldan mavjud bo‘lgan tarixiy materialdan, an‘anaviy-
mifologik mavzu va syujetlardan qutiladi. Uning doirasi endi insonning ichki hayoti – quvonchu qayg‘usi, intilishlari,
qilmishlari va taqdirini o‘z ichiga etadi. SHunday qilib, san‘at xususiy hayotni aks ettiradigan erkin san‘atga aylanadi
.
Gegelning fikriga ko‘ra, san‘atning ibtidosi – me‘morlik; u ramziy shakl sirasiga kiradi, zero unda his
etiluvchi material g‘oyadan ustun turadi, shakl va mazmun muvofiqligi yo‘q. Bunda me‘mor foydalanadigan
noorganik material ma‘naviy mazmun uchun bir shior, xolos. San‘atning nisbatan yuksak turi sifatidagi
haykaltaroshlikda, inson vujudidagi erkin ma‘naviylik o‘z aksini topadi. Bunda g‘oya ruhga munosib ifoda bilan
singishib ketadi, his etiluvchi qiyofa va g‘oyaning to‘liq uyg‘unligi kuzatiladi. Haykaltaroshlik san‘atning mumtoz
shakli bo‘lib, unga nisbatan yaqin san‘at shakli – rangtasvir. Uning vositasi moddiy substrat (tosh, yog‘och va h. k.)
emas, balki rangin yuza, jiloning jonli tovlanishi. Rangtasvir moddiy jismning his etiladigan makondagi to‘laligidan
qutiladi, zero u birgina yassilik bilan o‘lchanadi. Makondan to‘liq qutilish musiqada ro‘y beradi. Uning materiali
tovush, tovushli jismning tebranishi. Material bu erda makoniy emas, zamoniy ideallik tarzida namoyon bo‘ladi.
Musiqa hissiy mushohada chegarasidan chiqib, faqatgina ichki kechinmalar doirasini qamrab oladi.
Nihoyat so‘nggi, romantik san‘at – she‘riyat yoki so‘z san‘atida tovush o‘z holicha hech qanday ma‘no
anglatmaydigan belgi sifatida yuzaga chiqadi. Poetik tasvirning asosiy unsuri shoirona tasavvur. SHe‘riyat
(adabiyot) hamma narsani tasvirga oladi. Uning materiali jo‘ngina belgi emas, ma‘no sifatidagi, tasavvur sifatidagi
Шеллинг Ф. Философия искусства. М., Мысл, 1966. С. 400.
Qarang: Гегел Г. Эстетика в 4 т. Т. 2. М., Искусство, 1969. С. 314.
tovush. Biroq material bunda erkin, o‘z holicha emas, balki ritmik musiqiy qonunlarga binoan shakllanadi.
SHe‘riyatda go‘yo san‘atning hamma turlari bir-bir takrorlangandek; epos sifatida u tasviriy san‘atga mos – xalqlar
tarixini boy, badiiy qiyofali, majoziy va rangtasvirdagidek manzaralar bilan bafurja hikoya qiladi; u lirika sifatida –
musiqa, qalb holatini aks ettiradi; nihoyat u dramatik she‘riyat sifatida mazkur ikki san‘atning birligi, zero u
harakatdagi, ziddiyatli manfaatlar, insoniy xarakterlar orasidagi kurashni ko‘rsatadi. Umuman, estetik faoliyat Gegel
tomonidan erkinlikka olib boradigan yo‘l sifatida talqin etiladi. SHuningdek, Gegel estetikaning asosiy mezoniy
tushunchalari, estetik ideal va boshqa muammolar borasida ham teran fikrlar bayon etadi.
Umuman, olmon mumtoz estetikasi insoniyat tafakkuridagi muhim taraqqiyot bosqichi sifatida katta
ahamiyatga ega. Olmon mumtoz estetikasida rastionallik o‘zining yuksak cho‘qqisiga ko‘tarildi, lekin u bilan
yonma-yon norastional yo‘nalishning dastlabki yirik namoyandalaridan buyuk olmon faylasufi Artur
SHopenhauer (1788-1860) ham ijod qildi.
SHopenhauerning estetik qarashlari asosan «Olam ixtiyor va tasavvur sifatida» deb nomlangan yirik asarida
bayon etilgan. Faylasuf san‘at bilan fanni bir-biriga solishtirar ekan, san‘atni narsalarni asoslanish qonunidan
mustaqil tarzda «mushohada qilish turi» deb ataydi. Estetik mushohada ob‘ekti alohida narsa emas, balki asoslanish
qonuni harakati ostidan olingan g‘oya, aflotuncha ma‘nodagi g‘oya. Uni aql bilan emas, fahm-savqi tabiiy
(intuistiya) yordamida payqash mumkin. San‘atning fandan ustunligi ham ana shunda. SHu ma‘noda SHopenhauer
«g‘oya»ni «tushuncha»ga qarshi qo‘yadi. Tushuncha fanga zarur, san‘at uchun esa befoyda. San‘atning maqsadi –
g‘oyani in‘ikos ettirish. San‘at turlarining farqi esa ulardagi ifoda materiali bilan belgilanadi. San‘atning mohiyati
shundaki, unda bir hodisa minglab hodisa uchun javobgar, u muhim voqea-hodisani olib, nomuhimini tashlab
yuboradi. Qiyofa – mushohadali g‘oya, u tushunchadan farqli tarzda, son-sanoqsiz alohida narsalarning o‘rnini
mantiqiylik hamda mavhumiy umumiylik vositasida emas, balki fahmiy (intuitiv) idrok va tasavvur yo‘li bilan
egallaydi
.
Shopenhauer falsafani fandan ajratadi va san‘atga yaqinlashtiradi. Fan tushunchalar bilan ish ko‘radi, falsafa
esa, san‘at kabi g‘oyalar doirasiga kirib boradi. Falsafa ko‘zga ko‘rinib turgan hissiy qiyofalardan yuksakka
ko‘tarilgan holda, g‘oyani ularda gavdalantirmasdan, aksincha ular mohiyatini sug‘urib olish bilan san‘atga nisbatan
ustunlikka ega. Falsafaning san‘atga munosabati, vinoning uzumga bo‘lgan munosabatidek gap.
Buyuk olmon faylasufining fikriga ko‘ra, daho ijod mahsuli aslo manfaat ob‘ekti bo‘lmaydi, foydasizlik
uning eng muhim belgisi. Estetik idrok etishning vazifasi – foyda emas, lazzat. Bu fikrni SHopenhauer istisnosiz
barcha san‘at turlariga tadbiq etadi. Masalan, me‘morlik – arxitekturada bino nechog‘li qulay, foydali, obodonchilik
namunasi bo‘lgani uchun emas, balki unda sof estetik maqsadga – go‘zallikdan lazzatlanishiga me‘mor qanchalik
erishganiga qarab, san‘at asari hisoblanadi. «Har qanday san‘atning asl maqsadi – go‘zallik to bizga taalluqli emas
ekan, hamma narsa go‘zal. Hayot hech qachon go‘zal bo‘lmaydi, faqat san‘at ko‘zgusida tozalangan hayot
manzaralarigina go‘zal. Barcha san‘at turlarini Shopengauer ana shu nuqtayi nazardan tahlil etadi. Qaysi san‘at turi
«hayot haqiqatini», ya‘ni ixtiyorning mohiyatini ochib bersa, o‘shaning darajasi yuksak. Tasviriy san‘at, she‘riyat,
dramaturgiya g‘oyani in‘ikos ettiradi. G‘oya esa ixtiyorning ob‘ektivlashgan holati xolos, aslo ixtiyorning o‘zi emas.
Chunonchi me‘morlik – ixtiyor olomonning ongsiz intilish g‘oyasi tarzida aks etgan bosqichni anglatadi, fojea esa
ixtiyorning o‘z-o‘zi bilan nizoga kirishganini ochib berishga qodir. Hamma san‘at turidan musiqa yuksak turadi,
Chunki barcha san‘at turlari g‘oyani –ixtiyorning ob‘ektivlashgan holatini aks ettirsa, musiqa ixtiyorning o‘zini
ifodalaydi. Olamni musiqada ixtiyorda gavdalangan tarzda olib qarash mumkin. Musiqa g‘oyalardan mustasno,
hodisalar dunyosidan butkul inkor etgan holda, hatto, dunyo umuman mavjud bo‘lmasa ham, qay darajadadir
yashashi mumkin. Boshqa san‘at turlari bunga qodir emas. Musiqaning ta‘siri yana shuning uchun ham kuchliki, u,
ixtiyor singari tinglovchida quvonch, qayg‘u va boshqalarning g‘oyasini emas, balki ularning o‘zini uyg‘otadi.
Shopengauer estetikaning Yangi mezoniy tushunchasini taklif etadi. U – qiziqarlilik. Garchand «Qiziqish»
iborasini biz Didroning sahna asrlariga tadbiq estak-da, qiziqarlilik o‘zining miqyosiylik, mezoniylik xususiyatlari
bilan estetikada Yangi tushuncha maqomini olishga haqli deb o‘ylaymiz. Shopengauerning fikriga ko‘ra, «...
go‘zallik g‘oyani bilish bilan belgilanadi... qiziqarlilik bizga ixtiyorimizni qo‘zg‘otish orqali ta‘sir ko‘rsatadi»
196
.
Qiziqarlilik san‘atda me‘yorida bo‘lishi kerak. Me‘yoridan kami – zerikarlilikka, me‘yoridan ortig‘i idrok etuvchini
go‘zallikni his qilmasdan «sirg‘anib o‘tib» ketishiga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: |