takrorlanishi yuz beradi. Avvalgi holatlarga qaytish imkoniyati, ya‘ni o‘tilgan holatlarning ayrim xossalari
rivojlanishning yuqoriroq bosqichida takrorlanishi bilish va tarixning rivojlanishini tushunish uchun o‘z ahamiyatini
saqlab qoladi.
Demak, inkor rivojlanish yangi sifat paydobo‘lishiga olib keladigan aniq yo‘naltirilgan, qaytmas o‘zgarish
sifatida tavsiflanadi. SHaklan rivojlanish bir chiziqli ham, aylanma ham emas, balki rang-barangroq va
murakkabroq, chunonchi: bir chiziqli va ko‘p chiziqli, to‘g‘ri chiziqli va zigzagsimon, umumiy va xususiy, uyg‘un va
nouyg‘undir.
Yo‟nalish jihatidan rivojlanish progressiv va regressiv bo‘lishi mumkin. Rivojlanish tizim ayrim
elementlarining tanazzuli bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Butun tizim tanazzulga uchrashi, uning ayrim elementlari
esa taraqqiy etishi mumkin emas. Ob‘ektga nisbatan tashqi kuchlar ta‘sirida yuz berishi mumkin bo‘lgan harakatdan
farqli o‘laroq, rivojlanish o‘z-o‘zidan harakat, ichki jarayon bo‘lib, ziddiyat, bir-birini istisno etuvchi tomonlar,
tendentsiyalar uning manbai hisoblanadi.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, Gegel falsafasida rivojlanish tushunchasi inkor va inkorni-inkor kategoriyalarida
yoritiladi. Mazkur terminologiya mutafakkirning mantiq tizimi negiziga aylantirilgan ob‘ektiv-idealistik falsafasi
kontekstida tasodifiy bir hol emas. Avval «inkor» kategoriyasining mazmunini aniqlaymiz. Inkor nima? Unga ikki
xil – metafizik va dialektik munosabat mavjud.
Metafizik «inkor» asosiy e‘tiborni eskining yo‘q bo‘lishiga qaratadi, yangining saqlanishi va uni yaratish
jarayonlarini deyarli e‘tiborga olmaydi. SHunday qilib, metafizik inkor - inkor qilish rad etish, yo‘q qilishni
anglatadi.
Dialektik inkor eski sifatdan yangi sifatga o‟tish bo‟lib, bunda eski sifatning muayyan tomonlari,
mazmuni va funksiyasining elementlari o‟zgargan ko‟rinishda yangi sifatga o‟tadi. Dialektik inkor – bu narsani
butunlay yo‘q qilish emas, balki eski sifatning ba‘zi bir jihatlarini saqlagan va o‘zgartirgan holda uni yangi narsaga
aylantirishdir. U yangi va eski sifat o‘rtasida aloqa mavjudligidan dalolat beradi. Dialektik inkor uch muhim jihat
bilan tavsiflanadi:
1) eskini vayron qilish, buzish;
2) eskining elementlarini saqlash (vorisiylik);
3) yangini yaratish, tuzish.
Biz inkor kategoriyasi metafizik va dialektik talqinining mohiyatini aniqladik. Endi qo‘sh inkor nimadan
iborat ekanligini ko‘rib chiqamiz.
«Inkorni-inkor» shuni qayd etadiki, rivojlanish jarayoni eski sifatni inkor qilishdan boshlanadi, uni esa
oradan ma‘lum zamon o‘tgach yangi sifat inkor etadi. Ammo rivojlanish qanday yuz beradi? To‘g‘ri (yuksalib
boruvchi) chiziq bo‘ylabmi yoki egri chiziq bo‘ylabmi? Bu masala quruq ga‘ emas, balki u muhim ahamiyatga ega.
CHunki rivojlanish jarayonida eski va yangining aloqasi bo‘lmaganda, vorisiylik ham bo‘lmasdi, eski butunlay yo‘q
bo‘lar, rivojlanishni grafik ko‘rinishda yangi eskidan farq qiladigan, eski esa yangida takrorlanmaydigan to‘g‘ri
(yuksalib boruvchi) chiziq sifatida tasvirlash mumkin bo‘lardi. Biroq amalda yangida eski saqlanadi, uning
elementlari yangida takrorlanadi. Ammo bu takrorlanish yuqoriroq darajada yuz beradi. Eskining jihatlari,
elementlari yuqoriroq asosda takrorlanishi biz muhokama qilayotgan qonunning o‘ziga xos xususiyati hisoblanadi.
Bundan qonunning boshqa bir xususiyati kelib chiqadi. Hamonki eskining oliy asosda qaytarilishi mavjud ekan,
rivojlanish to‘g‘ri chiziq bo‘ylab emas, balki spiralsimon chiziq bo‘ylab yuz berishi, sikldan-siklga eskiga
yaqinlashishi (chunki takrorlanib turishlik mavjud) va undan uzoqlashib borishi (chunki bu yangi) ayon bo‘ladi.
Nima uchun bu takrorlanib turishlik muqarrar?
Gap shundaki, inkor ziddiyat bilan uzviy bog‘liq, u mazkur ziddiyatning yechilishi bilan belgilanadi. O‘ziga
xos ziddiyat bilan vujudga kelgan har qanday yangi narsani olaylik. Ziddiyatning rivojlanish jarayonida narsa
o‘zining qarama-qarshiligiga aylanadi. Ammo inkorning mazkur bosqichida dastlabki narsada mujassamlashgan
ziddiyat faqat qisman yechiladi. Bu to‘liqsizlik narsa o‘zini inkor qilishda davom etishini belgilaydi. Birinchi inkor
o‘rniga ikkinchi inkor keladi va ikkinchi narsaga qarama-qarshi bo‘lgan yangi, uchinchi narsa vujudga keladi, u
ikkinchi narsaning inkori, ya‘ni birinchi narsaning inkorining inkori hisoblanadi. Ikkinchi inkor bosqichida birinchi
narsaga xos bo‘lgan ziddiyat to‘la yechiladi.
Qo‘sh inkor natijasida, dastlabki nuqtaga qaytilishi bilan rivojlanishning yuqoriroq darajasiga erishiladi,
rivojlanishning boshlang‘ich, lekin boyitilgan shakli tiklanadi. Rivojlanish chizig‘i go‘yo «spiral o‘rami» aylanasini
tashkil etadi, lekin uning boshi oxiri bilan tutashmaydi. SHunday qilib, rivojlanish harakatning bosqichma-
bosqichligi va siklliligi jihatlarini o‘zida birlashtiradi. Bu qoida ham umumiy ahamiyat kasb etadi. U atrof
borliqning barcha narsalari va hodisalariga nisbatan o‘rinli, ya‘ni dialektika qonuni kuchiga ega. U quyidagicha
ta‘riflanadi.
Inkorni-inkor qonuni – bu shunday bir qonunki, unga muvofiq rivojlanish jarayoni yangining eskini
dialektik inkor etishlari cheksiz zanjiridan iborat bo‟ladi, bunda rivojlanish avvalgi bosqichlarining barcha
muhim jihatlari yangida saqlanadi va umuman bu jarayon hujumkor, yuksalib boruvchi yo‟nalishga ega
bo‟ladi. Ayni vaqtda rivojlanish jarayonida uning oliy bosqichlarida avvalgi bosqichlarning ayrim jihatlari va
tomonlari sifat jihatidan yangicha asosda takrorlanadi va ayni hol to‘g‘ri chiziq, tutash doira bo‘ylab emas, balki
s‘iralga yaqinlashuvchi egri chiziq bo‘ylab yuksalishni belgilaydi. Harakatning spiralsimonligi rivojlanishning
siklliligini aks ettiradi.
Dialektikaning asosiy qonunlari yagona rivojlanish jarayonining turli jihatlarini tavsiflab, alohida-alohida
emas, balki uzviy dialektik birlikda amal qiladi. Masalan, miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlariga o‘tishi va
buning aksi ziddiyatni ham, dialektik inkorni ham o‘z ichiga oladi. Qarama-qarshiliklar birligi va kurashi miqdor-
sifat munosabatlarini va inkorni-inkorni o‘z ichiga oladi. Xuddi shuningdek inkor jarayonida yagonaning eski va
yangiga ikkilanishi, ularning o‘rtasida qarama-qarshilik, shuningdek miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlariga
o‘tishi yuz beradi. Boshqacha qilib aytganda, moddiy dunyoning yagonaligi qonunlar amal qilishining umumiyligini
nazarda tutadi. Ammo shuni e‘tiborga olish lozimki, dialektika qonunlari bir vaqtda amal qilganda, ularning har biri
nisbatan mustaqil bo‘ladi, zero rivojlanish mohiyatining muayyan jihatini (manba, mexanizm, yo‘nalish) aks
ettiradi. Rivoshlanishning zaruriy sharti sifatida tavsiflanadi: o‘z mavjudligining avvalgi shakllarini inkor
etmaydigan rivojlanish bo‘lishi mumkin emas. Inkor harakatida rivojlanishga monelik qiladigan narsalarning rad
etilishi, yo‘q qilinishi yuz beradi. Umuman olganda inkor – ob‘ektiv jarayon. Masalan, hozirgi zamon fani
ma‘lumotlariga ko‘ra, kengayib borayotgan plazmani yo‘q qilib tashlagan Katta portlashsiz biz yashayotgan Olam,
uning galaktikalari, yulduzlari va sayyoralari ham, inson ham bo‘lmas edi. Ammo inkorni sof yo‘q bo‘lish sifatida
talqin qilishdan ehtiyot bo‘lish lozimligini Gegel ham, boshqa faylasuflar ham qayd etadi. Bunday inkor «behuda»,
metafizik inkor deb e‘tirof etiladi. U tabiatda ham, jamiyatda ham mavjud. Lekin oddiy yo‘q bo‘lish jamiyatni ortga
uloqtirib tashlaydi, xolos. Vaholanki, tarix kultepasida jo‘yali bir narsa yuzaga kelishi mushkul.
Dialektik inkor rivojlanish omili hisoblanadi, chunki u bartaraf etishni o‘z ichiga oladi. Gegel fikricha,
bartaraf etish «ikki xil ma‘no kasb etadi: u asrash, saqlab qolishni va ayni vaqtda to‘xtatish, chek qo‘yishni
anglatadi»
56
. Gegel talqinida inkor rivojlanish omili sifatida yashash qobiliyatini yo‘qotgan narsani yo‘q qilish va
erishilgan rivojlanishni saqlashni nazarda tutadi. Masalan, A.Eynshteyn yangi va eski nazariyalarning o‘zaro
nisbatini shunday tavsiflaydi: «Yangi nazariya... eski nazariya yutuqlarini chetga chiqarib tashlaydi, deb hisoblash
to‘g‘ri bo‘lmaydi. yangi nazariya eski nazariyaning afzalliklarini ham, kamchiliklarini ham namoyon etadi va bizga
eski tushunchalarga teranroq nuqtayi nazardan baho berish uchun imkoniyat yaratadi... Biz eski nazariya o‘rinli
bo‘lgan sohada faktlar o‘rganilayotganda har safar undan foydalanishimiz mumkin»
57
. Ammo har qanday hodisa
yaxlit bo‘lgani bois, bartaraf etish haqidagi masalaning qo‘yilishi abstrakt xususiyat kasb etadi. XIX asr falsafiy
ta‘limotlarida bartaraf etishning tabiat va tarixdagi ko‘rinishlarini erishilgan rivojlanishni o‘zgartirilgan holda
saqlash sifatida yoritib, bu tushunchani to‘ldiradi. yangilik va eskilikning ichki ziddiyatlariga chek qo‘yish sifatidagi
o‘z-o‘zini inkor dialektik inkorning muhim xususiyati bo‘lib, bu rivojlanishning hujumkorligini belgilaydi. Bu
qonun dialektikaning boshqa qonunlarini umumlashtiradi, ularni sintez qiladi.
Kategoriya tushunchasi va ularning turlari. Kategoriya nima? Bu savolga javob berish uchun biz qanday
fikrlashimiz va o‘z fikrlarimizni boshqa odamlarga qanday yetkazishimizni ko‘rib chiqamiz. Biz tushunchalar,
mulohazalar va mushohadalar ko‘rinishida fikrlaymiz. Fikrlash jarayonining asosiy materiali tushunchalar bo‘lib,
predmet lar o‘z umumiy va muhim belgilarida ular orqali fikrlanadi. Tushunchalar yordamida biz voqea va hodisalar
ma‘nosini anglaymiz, ularning o‘zimiz uchun ahamiyatini aniqlaymiz. Tushuncha va tushunish o‘zakdosh so‘zlardir,
shu sababli bizning dunyoni tushunishimiz, dunyoga ongli munosabatimiz inson ixtiyorida mavjud bo‘lgan
tushunchalar apparati bilan belgilanadi. Biz o‘z fikrlarimizni so‘zlar yordamida ifodalaymiz. So‘z – fikr va dunyo
o‘rtasidagi vositachi. U fikrlash omili, fikrni ifodalash, uni boshqalarga yetkazish vositasi hisoblanadi. So‘z
boyligimiz qancha katta bo‘lsa, bizning dunyoni anglash borasidagi imkoniyatlarimiz shuncha keng bo‘ladi.
Ob‘ektiv borliqni aniqroq va teranroq aks ettirish uchun inson fikrlash mantiqiy vositalarining muayyan majmuini,
tushunchalarning muayyan doirasini yaratadi. Tushuncha – bu shunday bir fikrki, unda narsaning takrorlanuvchi
xossalari, aloqalari va tomonlari aks etadi. Tilda tushuncha so‘z bilan ifodalanadi. Masalan, «talaba», «universitet»,
«auditoriya» so‘zlari ma‘lum darajada umumiy, abstraktdir. Ammo shunday tushunchalar ham borki, ularda
56
Гегел Г.В. Соcъ. Т. 5. – М.: 1997. – С.99.
57
Эйнщтейн А., Инфелд Л. эволутси физики. – М.: 1956. – С.156.
shunchaki umumiy emas, balki o‘ta umumiy narsalar va hodisalar qayd etiladi. Bunday tushunchalar juda yuqori
darajadagi mavhumlashtirish (muayyandan uzoqlashish) mahsuli hisoblanadi.
Mana bunday mavhumlashtirishning taxminiy yo‘li: «bu atirgul» («bu» so‘zi bilan aniq belgilangan);
«atirgul» (bu yerda «bu» ishorasi mavhumlashtirilgan); «atirgul» so‘zi «bu atirgul» iborasidagidan umumiyroq
narsani qayd etadi. SHundan so‘ng bu iboraga «gul» so‘zini qo‘shamiz va u amalda mavjud barcha gullarni qamrab
oladi. SHunday qilib biz gullarning muayyan rang-barangligidan fikran uzoqlashamiz, chunki e‘tibor barcha
gullarda mavjud bo‘lgan umumiy jihatga qaratiladi. «O‘simlik» so‘zi butun o‘simliklar dunyosini o‘z ichiga oladi va
yanada kengroq abstraktsiya hisoblanadi. Mavhumlashtirish (muayyandan uzoqlashish) yo‘lida harakatni davom
ettiramiz. Bu yo‘lda «tirik» tushunchasi yanada umumiyroq bo‘ladi, chunki o‘simliklar dunyosinigina emas, balki
hayvonot dunyosini ham o‘z ichiga oladi. «Tiriklik» tushunchasi mavhumlashtirishning yanada yuqoriroq darajasida
turadi. Bunday tushunchalar kategoriyalar (yunon. – asos, umumiy baho) deb ataladi.
Fikr bizning dunyo bilan o‘zaro aloqa qilish tajribamizni u yoki bu darajada umumlashtiradi. Dunyo o‘z
xossalari, narsalari va munosabatlarining rang-barangligi jihatidan cheksiz darajada boydir. Bizning so‘z boyligimiz
o‘zimiz yashayotgan dunyodan qashshoqroqdir. Fanda yangi kashf etilgan hodisalarni ifodalash uchun mos
keladigan atamani to‘ish zaruriyati tez-tez yuzaga kelishi tasodifiy hol emas. Bizning dunyo haqidagi
tasavvurlarimizni ifodalovchi so‘zlarning ma‘no boyligi qancha aniq bo‘lsa, tafakkurimiz shuncha teranroq bo‘ladi,
bizning tushunchalar a‘‘aratimiz qancha keng bo‘lsa, fikrlash qobiliyatimiz shuncha komilroq bo‘ladi.
Har qanday tushuncha muayyan narsalar va hodisalarning jamuljam ifodasi hisoblanadi. Ammo uning hajmi,
ya‘ni unda fikrlangan narsalar va hodisalar miqdori har xil bo‘ladi. Masalan, har qanday xalqning tarixan vujudga
kelgan tilida odamlar kundalik hayoti va faoliyatining tajribasi qayd etiladigan va anglab yetiladigan tushunchalar
mavjuddir. Ijtimoiy hayotning murakkablashuvi tabiiy til so‘z boyligining kengayishi va boyishiga turtki beradi. Fan
va falsafaning rivojlanishi alohida maqomga ega bo‘lgan va bilish jarayonida maxsus funksiyalarni bajaradigan
tushunchalar shakllanishiga olib keldi. Bu tushunchalar kategoriyalar deb nomlandi.
Kategoriya (yunon. kategoria – ta‘rif, mulohaza) – borliq hodisalari va unda hukm suruvchi munosabatlarning
muhim, ti‘ik mazmunini o‘zida aks ettiradigan o‘ta keng tushuncha. SHunday qilib, tabiiy til tushunchalari fan va
falsafa kategoriyalari bilan tinimsiz boyib boradi. Kategoriyalarni tasniflash, borliqning turli shakllari haqidagi
falsafiy tasavvurlarga muvofiq amalga oshiriladi. Odatda fan kategoriyalari, xususiy-ilmiy kategoriyalar va falsafa
kategoriyalari farqlanadi.
Fan va falsafa kategoriyalarining tasnifi. Tabiiy tildan farqli o‘laroq, fan tushunchalari va kategoriyalari
atamalar (terminlar) hisoblanadi, ya‘ni erkin talqinga yo‘l qo‘ymaydigan aniq belgilangan hajm va mazmunga ega
bo‘ladi.
Har qanday fan borliqning muayyan tomonlarini o‘rganar ekan, albatta o‘z kategoriyalar a‘‘aratini
shakllantiradi. Matematika «son», «differentsial», «integral» kabi kategoriyalar bilan bog‘liq. Biologiyada «tur»,
«irsiyat», «o‘zgaruvchanlik» kabi kategoriyalar mavjud. Ammo, muayyan fanlarning kategoriyalari ma‘lum
darajada umumiy bo‘lsa-da, borliqning ayrim sohalaridagina qo‘llaniladi va mazkur sohalarga xos bo‘lgan aloqalar
va munosabatlarni aks ettiradi
Xususiy ilmiy kategoriyalar alohida olingan xususiy ilmiy anlarda qo‘llaniladigan, mohiyat nuqtayi
nazaridan boshqa fanlarda qo‘llanilishi mumkin bo‘lmagan kategoriyalardir. Masalan, fizika, kimyo geologiya,
geografiya fanlari kategoriyalari xususiy xarakterga ega
Falsafiy kategoriyalar fan kategoriyalaridan butunlay farq qiladi. Falsafiy kategoriyalarning muhim
xususiyati, ular o‘ta keng tushunchalar ekanligidir. Ayni shu sababli falsafiy kategoriyalar hech qachon hajman
cheklangan tabiiy til tushunchalari darajasida soddalashtirilishi mumkin emas.
Tushunchalar sifatida kategoriyalar fikrlashning zaruriy shakllari hisoblanadi. O‘ta keng tushunchalar
sifatida ular universal qo‘llanish va butun olamni tavsiflashga da‘vogar bo‘lishi mumkin. SHu boisdan falsafiy
kategoriyalar dunyoning manzarasini yaratish vositasi bo‘lib xizmat qiladiki, bu, umuman olganda, falsafaning bosh
vazifasi hisoblanadi. Har qanday tushunchalar kabi, kategoriyalar instrumental funksiyani bajaradi, fikrlash omili va
vositasi sifatida amal qiladi. SHuningdek falsafiy kategoriyalar insonning turli hodisalarni bilish va o‘zlashtirish
usuli sifatida ham instrumental funksiyani bajaradi. Falsafiy kategoriyalar ilmiy bilishning muayyan
metodologiyasini, umuman borliqni, ayniqsa inson borlig‘ini tushunish me‘yorlarini yaratish orqali normativ
funksiyani ham bajaradi. Kategoriyalarning ahamiyati va universalligi shu bilan belgilanadiki, bilish natijalari
muqarrar tarzda kategoriyalarda qayd etiladi, kategoriyalar shakl-shamoyilini kasb etadi. Ular fan tarkibining zaruriy
qismi hisoblanadi. Zero fan ob‘ekti faqat kategoriyalar yordamida fikrlanishi va tushunilishi mumkin.
Falsafaning vujudga kelishi va rivojlanishi jarayonida falsafiy bilish predmet ining o‘ziga xosligini va falsafiy
tafakkur xususiyatlarini aks ettiruvchi kategoriyalar tizimi mavjud. Ularni mazmunan talqin qilish dunyoqarashning
shakllanish jarayoni bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, fan, falsafa va umuman ma‘naviy madaniyatning rivojlanishiga
qarab o‘zgarib boradi. Falsafiy kategoriyalar tarkibi ham kengayadi. Fanning aksariyat kategoriyalari falsafiy
maqom kasb etadi. Ilgari mavjud bo‘lmagan yangi jarayonlar va hodisalar vujudga kelishi bilan bog‘liq ijtimoiy
rivojlanish tegishli tarzda falsafiy idrok etiladiki, bu falsafaning tushunchalar apparatini yanada boyitadi. Falsafiy
tushunchalar va kategoriyalar bilan ish ko‘rish mahoratini o‘zlashtirish talabaning falsafiy madaniyatini, umuman
fikrlash madaniyatini shakllantirishning muhim shartlaridan biri hisoblanadi.
Falsafiy kategoriyalar – borliqning umumiy, muhim tomonlari, xossalari, aloqalari va munosabatlari haqida
fikrlash uchun qo‘llaniladigan o‘ta keng tushunchalar majmuidir. Falsafiy kategoriyalar tizimida shartli ravishda
uch muhim guruhni farqlash mumkin.
1. Falsafiy kategoriyalarning birinchi va eng muhim guruhi – har qanday falsafiy muammolarni tahlil
qilishda qo‘llaniladigan umumiy kategoriyalar, ya‘ni borliq kategoriyalaridir (falsafiy adabiyotlarda bu
kategoriyalarni dialektika kategoriyalari deb nomlash odat tusini olgan).
2. Ikkinchi guruhni falsafaning turli bo‘limlariga tegishli bo‘lgan maxsus kategoriyalar tashkil etadi.
Masalan, ontologiya borliq va yo‘qlik, substantsiya, dunyoning birligi, materiya, ong, makon, zamon, harakat kabi
kategoriyalar mazmunini aniqlaydi va muayyan tarzda talqin qiladi. Naturfalsafa, gnoseologiya, antro‘ologiya,
praksiologiya, ijtimoiy falsafa, globallashuv falsafasi ham o‘z kategoriyalar a‘‘aratiga egadir.
3. Uchinchi guruhni maxsus falsafiy fanlar: mantiq, axloq (etika), estetika kategoriyalari tashkil etadi.
Masalan, axloq fanida falsafiy bilimning ayni shu sohasi va falsafaning axloq bilan turdosh bo‘limlari –
antropologiya, ijtimoiy falsafa, aksiologiyaga xos bo‘lgan kategoriyalar tizimi (yaxshilik va yomonlik, sha‘ni va
qadr-qimmat, hayot ma‘nosi, baxt va boshqalar) vujudga kelgan. Tushunchalar, mulohazalar, mushohadalar,
dalillash va hokazolar mantiq kategoriyalari hisoblanadi. Estetikada go‘zallik va xunuklik, fojeaviylik va kulgililik,
ulug‘vorlik va tubanlik kabi kategoriyalar qo‘llaniladi. Biz esa falsafaning umumiy kategoriyalarini ko‘rib chiqamiz.
Falsafa kategoriyalari muayyan fanlarning kategoriyalaridan ancha farq qiladi. Bu farq shundan iboratki,
dialektika kategoriyalari ob‘ektiv dunyo hodisalari turkumlarining muhim xossalari va aloqalarinigina emas, balki
barcha moddiy jarayonlarga xos bo‘lgan eng umumiy xossalar va aloqalarni aks ettiradi. SHunday qilib, dialektika
kategoriyalari ob‘ektiv dunyoni ideal aks ettirishning o‘ta keng shakllari bo‘lib, ular voqelikni bilish va ma‘naviy-
amaliy o‘zgartirishning asosiy printsiplari bo‘lib xizmat qiladi.
Dialektika kategoriyalarini ikki turga ajratish mumkin: substantsion kategoriyalar va munosabatdosh
kategoriyalar. Substantsion kategoriyalar – bu boshqa kategoriyalardan qat‘iy nazar, alohida-alohida qo‘llaniladigan
kategoriyalar. Bunday kategoriyalar qatoriga «borliq», «materiya», «harakat», «rivojlanish», «makon», «vaqt »,
«ziddiyat» va hokazolar kiradi. Ular ob‘ektiv voqelikning muayyan umumiy xossalarini qayd etadi, lekin bu
kategoriyalarning boshqa kategoriyalar bilan aloqalari haqida bevosita tasavvur hosil qilish imkonini bermaydi.
Munosabatdosh kategoriyalar biri ikkinchisi bilan uyg‘un bog‘liq bo‘lib, bilish jarayonida biri ikkinchisini
nazarda tutadi; ularning biri haqida tasavvur hosil qilganda boshqasini hisobga olmaslik mumkin emas. Bunday
kategoriyalar qatoriga quyidagilar kiradi: yakkalik va umumiylik; hodisa va mohiyat; shakl va mazmun; qism va
butun; sabab va oqibat; tasodif va zaruriyat; imkoniyat va voqelik.
Biz falsafa kategoriyalarini batafsilroq ko‘rib chiqamiz.
Umumiylik, yakkalik, xususiylik kategoriyalari borliq narsalari va hodisalarining nisbatan mustaqilligi,
ularning rang-barangligi va birligi in‘ikosi hisoblanadi.
Kundalik hayotda biz «yakka», «xususiy», «umumiy» tushunchalarini ko‘p ishlatamiz va ularning mazmuni
bizga ba‘zan oydek ravshan bo‘lib tuyuladi. Ammo mazkur tushunchalar bilan ifodalanadigan predmet yoki
predmet lar turkumini to‘ishga harakat qilganimiz zahoti katta qiyinchiliklarga duch kelamiz. Masalan unga ikkita
bolaning suhbatini asos bo‘lishi mumkin:
- Umringda hech qushni ko‘rganmisan?
- Ha, ko‘rganman. Mana u (kanareykaga ishora qiladi).
- E, bu qush emas, kanareyka-ku. Kanareykani ham sen hech qachon ko‘rmagansan. Sen faqat bitta
kanareykani, bizning kanareykamizni ko‘rgansan.
Sog‘lom fikr kanareykada qushni ko‘rgan bola u hech qachon qushni ko‘rmaganini aytayotgan boladan
ko‘proq haq ekanligidan dalolat beradi. Ammo umuman qush, meva, daraxtini ko‘rganini kim uzil-kesil qayd eta
oladi? Biz bu qush, bu daraxt, bu mevani o‘z tajribamizda ko‘rganimiz hech qanday shubha uyg‘otmaydi. Umumiy
tushunchalar amalda ob‘ektiv mazmunga ega yoki ega emasligi falsafa tarixida qizg‘in munozaralarga sabab
bo‘lgan. Umumiy tushunchalar tabiati masalasi atrofida bahs o‘rta asrlardan beri davom etib keladi. Umumiy
tushunchalar amalda mavjudmi? Nima haqiqiy borliq hisoblanadi – yakkalikmi yoki umumiylikmi? Umumiylik va
yakkalik munosabati hodisalar xossalarining emas, balki hodisalarning munosabati sifatida qaraladigan darsliklarga
hozir ham duch kelish mumkin. Xo‘sh, bugungi kunda falsafada mazkur masala qanday yechilmoqda?
Dostları ilə paylaş: |