Andijon mashinasozlik instituti


-mavzu:Estetikaning predmeti maqsadi va vazifalari



Yüklə 3,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/58
tarix24.05.2020
ölçüsü3,89 Mb.
#31471
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   58
falsafa


16-mavzu:Estetikaning predmeti maqsadi va vazifalari 
Reja: 
1. Estetika fanining predmeti, ob'ekti va falsafiy mohiyati  
2. Estetika xaqidagi qarashlar tarixi  
3. Estetika kategoriyalari va ularning o'zaro aloqadorligi.  
Estetika yoxud nafosatshunoslik eng qadimgi fanlardan biri. Uning tarixi ikki yarim-uch ming yillik vaqtni 
o‘z  ichiga  oladi.  Biroq  u  o‘zining  hozirgi  nomini  XYIII  asrda  olgan.  Ungacha  bu  fanning  asosiy  muammosi 
bo‘lmish go‘zallik va san‘at  haqidagi mulohazalar har xil san‘at turlariga bag‘ishlangan risolalarda, falsafa  hamda 
ilohiyot  borasidagi  asarlarda  o‘z  aksini  topgan  edi.  «Estetika»  atamasini  birinchi  bo‘lib  buyuk  olmon  faylasufi 
                                                 
149
 Ғаззолий. Мукошафат ул-қулуб, 253-б. 

Aleksandr  Baumgarten  (1714—1762)  ilmiy  muomalaga  kiritgan.  Bunda  u  boshqa  bir  ulug‘  olmon  faylasufi  G. 
Laybnist (1646-1716) ta‘limotidan kelib chiqqan holda munosabat bildirgan edi.  
Laybnist inson ma‘naviy olamini uch sohaga: aql – idrok, iroda-ixtiyor, his-tuyg‘uga bo‘ladi va ularning har 
birini alohida falsafiy jihatdan o‘rganish lozimligini ta‘kidlaydi. Baumgartengacha aql – idrokni o‘rganadigan fan – 
mantiq, iroda – ixtiyorni o‘rganuvchi fan esa – axloqshunoslik (etika)ning falsafada ko‘pdan buyon o‘z o‘rni bor edi. 
Biroq  his-tuyg‘uni  o‘rganadigan  fan  falsafiy  maqomda  o‘z  nomiga  ega  emasdi.  Baumgartenning  bu  boradagi 
xizmati shundaki, u «his qilish»,  «sezish»,  «his etiladigan» singari ma‘nolarni anglatuvchi yunoncha aisthetikos  – 
«oyestetikos» so‘zidan «estetika» (olmoncha «estetik» – «eshtetik») iborasini olib, ana shu bo‘shliqni to‘ldirdi. 
Baumgarten estetikani hissiy idrok etish nazariyasi sifatida olib qaradi. Lekin, ko‘p o‘tmay, u goh «go‘zallik 
falsafasi»,  goh  «san‘at  falsafasi»  sifatida  talqin  etila  boshlandi.  Nafosatshunoslik  fanining  eng  buyuk 
nazariyotchilaridan biri Gegel esa o‘z ma‘ruzalarining kirish qismida yozadi: «Estetika» degan nom muvaffaqiyastiz 
chiqqani va yuzaki ekani sababli boshqa atama qo‘llashga urinishlar bo‘ldi...  
So‘zning o‘z-o‘zicha bizni qiziqtirmasligini nazarda tutib, biz  «estetika» nomini saqlab qolishga tayyormiz, 
buning  ustiga,  u  odatiy  nutqqa  singishib  ketgan.  SHunga  qaramay,  bizning  fanimiz  mazmuniga  javob  beradigan 
ibora, bu – «san‘at falsafasi» yoki yana ham aniqroq qilib aytganda – «badiiy ijod falsafasi»
150

Gegelning  «estetika»  atamasidan  ko‘ngli  to‘lmaganligiga  jiddiy  sabablar  bor.  Bulardan  biri  –  yuqorida 
uning o‘zi aytib o‘tgan fikrlari bo‘lsa, ikkinchisi – mazkur so‘zning barcha his=tuyg‘ularga taalluqliligi. Vaholanki, 
bu fan faqat nafosatli his tuyg‘ular va ularning ziddini nazarda tutadi. Ayniqsa, mana shu ikkinchi sababga ko‘ra, 
«estetika» atamasining talabga javob berishi shubhali. Buning ustiga allaqachon mazkur fan tadqiqot doirasi san‘at 
hududidan chiqib, inson hayotining deyarli barcha sohalariga yoyilib ketgan. SHu bois «nafosatshunoslik» atamasi 
ham  ilmiy  muomalaga  kiritildi.  Zero  mazkur  atamaga  asos  bo‘lgan  «nafis»,  «nafislik»,  «nafosat»  so‘zlari  o‘z 
qamrovi bilan fan talablariga javob bera oladi. «Nafis» so‘zi «O‘zbek tilining izohli lug‘ati»da – go‘zal, nozik, latif, 
yoqimli,  badiiy  jihatdan  juda  yuksak  degan  ma‘nolarda  izohlanadi
151
.  SHu  sababli  Gegelning  izidan  borib, 
«Estetika» atamasini saqlab qolgan holda, «nafosatshunoslik» iborasidan ham foydalanish mumkin, deb o‘ylaymiz. 
Endi  «Estetika»  fanining  mohiyatini  anglatadigan  «san‘at  falsafasi»  va  «go‘zallik  falsafasi»  iboralariga 
to‘xtalamiz.  Nafosatshunoslik  tarixida  birinchi  ibora  tarafdorlari  ko‘pchilikni  tashkil  etadi.  Lekin,  yuqorida  aytib 
o‘tganimizdek,  san‘at  bu  fanning  yagona  tadqiqot  ob‘ekti  emas.  Hozirgi  paytda  texnika  estetikasi  va  uning 
amaliyotdagi sohasi dizayn, atrof-muhitni go‘zallashtirish, tabiatdagi nafosat borasidagi muammolar bilan ham shu 
fan  shug‘ullanadi.  Demak,  uning  qamrovini  san‘atning  o‘zi  bilangina  chegaralab  qo‘yishga  haqqimiz  yo‘q.  Zero 
bugungi  kunda  inson  o‘zini  o‘rab  turgan  barcha  narsa=hodisalarning  go‘zal  bo‘lishini,  har  qadamda  nafosatni  his 
etishni  istaydi:  biz  taqib  yurgan  soat,  biz  kiygan  kiyim,  biz  haydayotgan  mashina,  biz  uchadigan  samolyot,  biz 
yashayotgan uy, biz mehnat qiladigan ishxona, biz yurgizayotgan dastgoh, biz yozayotgan qalam, biz dam oladigan 
tomoshabog‘lar – hammasidan nafis bir ruh ufurib turishi lozim. 
YUqorida aytilganlardan kelib chiqsak, «Go‘zallik falsafasi» degan ibora bu fanning mohiyatiga ko‘proq mos 
keladi. Negaki, u faqat san‘atdagi go‘zallikni emas, balki insondagi, jamiyat va tabiatdagi go‘zallikni ham o‘rganadi. 
SHuningdek, go‘zallikdan boshqa ulug‘vorlik, fojeaviylik, kulgililik, mo‘‘jizaviylik, xayoliylik, uyg‘unlik, noziklik 
singari ko‘pdan-ko‘p tushunchalar mavjudki, ularni tadqiq etish ham estetika fanining zimmasida. Lekin, bu o‘rinda, 
shuni unutmaslik kerakki, mazkur tushunchalarning har birida go‘zallik, bir tomondan, unsur sifatida ishtirok esta, 
ikkinchi tomondan, ularning o‘zi go‘zallikka nisbatan unsur vazifasini o‘taydi. Ana shu xususiyatlarning voqelikda 
namoyon bo‘lishini biz nafosat deb  ataymiz. 
Go‘zallik,  ko‘rganimizdek,  nafosatning  bosh,  etakchi  xususiyati  hisoblanadi.  SHu  bois  u  estetikaning 
mezoniy  tushunchalaridan  biri  sifatida  tadqiq  va  talqin  etiladi.  Zero  go‘zallikning  ishtirokisiz  yuqoridagi 
xususiyatlarning  birortasi  estetik  tabiatiga  ega  bo‘lolmaydi.  Masalan,  ulug‘vorlikni  olaylik.  U  asosan  hajmga, 
miqyosga  miqdorga  asoslanadi:  Buxorodagi Arslonxon  minorasi  yoxud  Minorai  Kalon  ulug‘vorligi  bilan  kishini 
hayratga  soladi.  Unga  tikilar  ekansiz, qalbingizni  nafosat  zavqi qamrab oladi.  Lekin  xuddi shunday balandlikdagi 
kimyoviy  korxona  mo‘risidan  zavqlanolmaysiz.  YOki  yonbag‘irdan  turib,  toqqa  tikilsangiz,  estetik  zavq  tuyasiz, 
ammo  xuddi  shunday  balandlikdagi  shahar  chetida  o‘sib  chiqqan  axlat  «tog‘i»ga  qarab  zavqlanmaysiz.  Chunki  
Arslonxon minorasi me‘morlik san‘ati asari sifatida go‘zallik qonuniyatlari asosida bunyod etilgan; tog‘ esa tabiat 
yaratgan  ulug‘vor  go‘zallik.  Zavod  mo‘risida  ham,  axlat  «tog‘»ida  ham  hajm,  miqdor  boru,  lekin  bir  narsa  –
go‘zallik  etishmaydi.  Minora  bilan  tog‘dagi  hajmni  salobatga  aylantiruvchi  unsur,  bu  –  go‘zallik.  Fojeaviylik 
xususiyatida  ham  go‘zallikning  ishtirokini  ko‘rish  mumkin.  Misol  sifatida  Lev  Tolstoyning  «Urush  va  tinchlik» 
romanidagi  Austrlistda  bo‘lib  o‘tgan  rus  va  franstuz  qo‘shinlari  to‘qnashuvidan  so‘ng,  jang  maydonida  yarador 
bo‘lib yotgan knyaz Andrey Bolkonskiyni eslaylik: bir qo‘lida bayroq dastasini ushlagancha, ko‘m=ko‘k maysada 
moviy  osmonga  qarab  yotgan,  oppoq  mundirli  botir  yigit  –  bayroqdor  zobitning  tepasiga  kelgan  Napoleon  uni 
o‘lgan deb o‘ylab, bu manzaradan hayratlanib: «Mana bu  – go‘zal o‘lim!», deydi. Bu o‘rinda asar qahramonining 
o‘limi  –  fojeaviylik,  o‘limning  qahramonlikka  aylanishi  –  ulug‘vorlik;  fojeaviylik  bilan  ulug‘vorlik 
xususiyatlarining  omuxtalashuvi  natijasida  esa  go‘zal  manzara,  qayg‘uli  va  ulug‘vor  go‘zallik  vujudga  kelgan. 
SHuning uchun ham Napoleonning hayrotomuz xitobi bejiz emas. Ayni paytda go‘zallik yuqorida keltirilgan estetik 
xususiyatlar  va  tushunchalarning  «mustaqilligiga»  daxl  qilmaydi,  faqat  ularning  hujayrasida  u  yoki  bu  darajadagi 
                                                 
150
 Гегел Г. Эстетика. М., Искусство, 1968. С. 7.  
151
 Ўзбек тилининг изоҳли луғати. Икки томли, 2 том, М., Русский язык, 1981. 497 – 498-б. 

unsur sifatida ishtirok etadi. Demak, estetikaning asosiy tadqiqot ob‘ekti – go‘zallik, biroq, birinchi galdagi vazifasi 
ana  shu  go‘zallikni  aks  ettirish  bo‘lgan  san‘at  ham  o‘z  navbatida  nafosatshunoslikning  keng  qamrovli  tadqiqot 
ob‘ekti hisoblanadi. 
San‘at  estetikaning  tadqiqot  ob‘ekti  sifatida  o‘ziga  xos  olam.  Unda  estetik  xususiyatlar  bo‘rtib  ko‘zga 
tashlanadi.  SHunga  ko‘ra,  uni  nafosatga  burkangan  ijtimoiy  hodisa  deyish  mumkin.  San‘at  hayotni  in‘ikos  ettirar 
ekan,  insonning  o‘zini  o‘ziga  ko‘rsatuvchi  ulkan  ko‘zgu  vazifasini  o‘taydi.  U  insonni  o‘rgatadi,  da‘vat  etadi, 
go‘zallashtiradi.  Bu  vazifalarni  bajarishda  estetika  san‘atning  ko‘makchisi,  etakchisi  hisoblanadi.  Estetika  bir 
tomondan,  san‘atning  paydo  bo‘lishidan  tortib,  uning  turlariyu  janrlarigacha,  san‘at  asarining  ichki  murvatlaridan 
tortib, san‘atkorning ijodkorlik tabiatigacha bo‘lgan barcha jarayonlarni o‘rganadi. Ikkinchi tomondan, san‘at uchun 
umumiy  qonun-qoidalarni  ishlab  chiqadi  va  tadbiq  etadi.  Uchinchi  tomondan  esa,  san‘at  asarini  idrok  etayotgan 
kishi ruhidagi o‘zgarishlarni nafosat nuqtayi nazaridan tadqiq qiladi. 
SHunday  qilib,  estetika  san‘atni  to‘la  qamrab  oladi  va  uning  ich=ichiga  kirib  boradi:  badiiy  asarning 
yaratilish arafasidagi shart=sharoitlardan tortib, to u bunyodga kelib, asl egasi – idrok etuvchiga etib borgunigacha 
bo‘lgan  va  undan  keyingi  jarayonlarni  tadqiq  etadi  hamda  ulardan  nazariy  xulosalar  chiqaradi.  Zero  «San‘at 
falsafasi» iborasining siri ana shunda. 
Estetika  –  falsafiy  fanlardan  biri.  Falsafa  esa  fanlarning  podshosidir.  Darhaqiqat,  u  fanlar  podshosi  sifatida 
barcha tabiiy va ijtimoiy ilmlar erishgan yutuqlarni o‘z qamroviga olib, ulardan umumiy xulosalar chiqarib, shular 
asosida insoniyatni haqiqat tomon etaklaydi. SHu bois tafakkurni falsafaning predmeti deb atash maqsadga muvofiq. 
Estetika esa falsafiy fan sifatida barcha san‘atshunoslik fanlari erishgan yutuqlardan umumiy xulosalar chiqarib, shu 
xulosalar  asosida  insonni  go‘zallik  orqali  haqiqatga  etishtirishga  xizmat  qiladi.  Bundan  tashqari,  estetika  ishlab 
chiqqan  qonun=qoidalar  barcha  san‘atshunoslik  fanlari  uchun  umumiylik  xususiyatiga  ega.  Masalan,  uslub,  ritm, 
kompozistiya v. h. borasidagi qonuniyatlar barcha san‘at turlariga taalluqli. Hech bir alohida san‘at turi haqidagi fan 
bunday imtiyozga ega emas. Masalan, adabiyotshunoslik ishlab chiqqan qofiya nazariyasini musiqa yoki me‘morlik 
san‘atiga tadbiq etib bo‘lmaydi. 
Estetikaning falsafiy mohiyatini yana uning san‘at asariga yondashuvida ko‘rish mumkin. Ma‘lumki, har bir 
san‘atshunoslik ilmi o‘z tadqiqot ob‘ektiga uch tomonlama – nazariy, tarixiy, tanqidiy jihatdan yondashadi. Masalan, 
adabiyotshunoslikni  olaylik.  Adabiyot  nazariyasi  faqat  adabiyotgagina  xos  bo‘lgan  badiiy  qonuniyatlarni,  badiiy 
qiyofa  yaratish  usuli  va  vositalarini  o‘rganadi.  Adabiyot  tarixi  muayyan  tarixiy=badiiy  jarayonlar  orqali  badiiy 
adabiyotning  rivojlanish  qonuniyatlarini  ochib  beradi.  Adabiy  tanqid  esa  adabiy=badiiy  ijodning  zamonaviy 
jarayonlarini tadqiq etadi va  har bir Yangi  asarni baholaydi,  asar ijodkorining ijodiy rivojlanishini  kuzatib boradi. 
Musiqada  ham,  tasviriy  san‘atda  ham,  boshqa  san‘at  turlarida  ham  shunday.  Estetikada  esa  tadqiqot  ob‘ektiga 
yondashuv uch emas, birgina – nazariy jihatdan amalga oshiriladi: tarix ham, tanqid ham nazariyaga bo‘ysundiriladi. 
To‘g‘ri, «estetika tarixi» degan ibora va shu nomda kurslar o‘qitiladi. Lekin bu nom, ibora shartli tarzda qo‘llaniladi. 
Chunki , u fan tarixi emas, balki tarixan davrlarga bo‘lingan estetik nazariyalar tahlilidir. 
Ma‘lumki, san‘at asarining mavjud bo‘lishi uchun to‘rt  shart yoki omil albatta zarur. Bular: ijodkor – badiiy 
asar – badiiy asarni idrok etuvchi  –vositachi. YUqoridagi misol nuqtayi nazaridan qaraydigan bo‘lsak: yozuvchi – 
roman  –  kitobxon  –  tanqidchi. Adabiyotshunoslik  bularning  har  birini  odatda  alohida=alohida  o‘rganadi.  Deylik, 
yozuvchi  Odil  YOqubov    ijodiy  faoliyati  haqida  adabiy  portret  alohida,  uning  «Ulug‘bek  xazinasi»  romani 
to‘g‘risida  tadqiqiy  maqola  alohida,  «Ulug‘bek  xazinasi»  romani  va  zamonaviy  kitobxonning  didi,  saviyasi  va 
talablariga  bag‘ishlangan  taqriz  hamda  unda  kitob  nashriga  (nashriyotga)  doir  mulohazalar  alohida  yozilishi 
mumkin.  Nafosatshunoslik  fani  hammasini  bir  yo‘la,  muayyan  tizim  sifatida  tadqiq  etadi  va  bu  tadqiqot 
umumlashtiruvchilik, nazariylik xususiyatiga ega bo‘ladi. 
Shunday  qilib,  estetikaning  falsafiy  mohiyatini  ko‘rib  o‘tdik.  Endi  uning  boshqa  fanlar  bilan  o‘zaro 
munosabatlariga to‘xtalamiz. 
Qadimgi dunyo xalqlarining estetik qarashlari 
Inson  tabiatan  bo‘sh  vaqtga  intilib  yashaydi.  Chunki    bo‘sh  vaqt  mobaynida  u  jisman  va  ruhan  dam  olish, 
kundalik  mehnat,  qorin  to‘ydirish  tashvishidan  forig‘  bo‘lish  imkoniga  ega.  Bo‘sh  vaqt  insonda  o‘yin  hissi 
o‘yg‘onishining asosiy omilidir. San‘atning vujudga kelishida o‘yinning ahamiyati katta ekanligi hammaga ma‘lum. 
Demak,  estetik  anglash  va  estetik  faoliyatning  tadrijiy  rivojida  mehnat  bilan  birga  bo‘sh  vaqt  ham  asosiy  omil 
hisoblanadi. Ichki osoyishtalikni, mehnat va bo‘sh vaqtga asoslangan muayyan tartibni jamiyatda qonun darajasiga 
ko‘tarish  esa  davlat  paydo  bo‘lganda  ro‘y  berishi  mumkin.  Davlatning  qanchalik  o‘z  vazifasini  adolatli  va 
mukammal  bajarishi,  shunchalik  jamiyat  farovonligiga  olib  keladi.  Farovon  jamiyat  esa  o‘z  a‘zolarining  bo‘sh 
vaqtini ta‘minlay oladi va pirovard natijada estetik anglash hamda estetik faoliyat taraqqiyoti uchun etarli imkoniyat 
yaratib beradi. SHunday qilib, davlatchilik tizimi paydo bo‘lishi bilan insonning badiiy-estetik taraqqiyotida Yangi 
davr  boshlandi. Ana  shu  davr  ibtidosini  biz  Mesopotamiya  –  Qo‘sh  daryo  (Dajla  va  Frot  daryolari)  mintaqasida, 
xususan, Shumer davlatida ko‘rishimiz mumkin. 
Qadimgi Sharqdagi dastlabki estetik tasavvurlar 
Shumer va Bobil. Shumer insoniyat tarixidagi hozirgacha bizga ma‘lum bo‘lgan ilk qudratli davlat bo‘lgan. 
SHubhasizki, miloddan avvalgi IV ming yillikda bu davlatning qudrati uning madaniyatida, fuqarolarining badiiy- 
estetik  darajasida  hamda  badiiy-estetik  faoliyatida  namoyon  bo‘lgan.  Shumerliklar  birinchi  bo‘lib  yozuvni  kashf 
etdilar va  giltaxtachalarga  qamish qalamlar bilan ilk rivoyatlarni,  ilk  nasihatlarni  yozib  qoldirdilar. SHuni alohida 
ta‘kidlash joizki,  hech bir qadimgi  madaniyatdan bizning  davrimizgacha  bu qadar ko‘p sonli  yozma  hujjatlar etib 
kelgan  emas.  San‘at  namunalarining  ko‘pligi  jihatidan  Somirni  ancha  orqada  qoldiradigan  Misr  madaniyati  ham 

yozma  yodgorliklar  borasida  Somirga  yon  beradi.  Chunki    misrliklar  yozib  qoldirgan  minglab  papiruslar  chirib, 
yonib,  yo‘qolib  ketgan,  shumerliklarning  giltaxtalardagi  yozuvlari  esa  saqlanib  qolgan,  hozir  ham  ularni  qumlar 
ostidan topib, sharhlash davom etmoqda.  
Qadimgi  Somirdagi  dastlabki  estetik  g‘oyalar  haqida  gap  ketganda,  eng  avvalo  undagi  tasviriy 
san‘atning  ilk  namunalariga to‘xtalib o‘tish joiz. Qadimgi  Shumer  tasviriy  san‘ati asosan  muhrlar,  idish -
tovoqlardagi  rasmlar  va  releflardagi  tasvirlardan  iborat.  Bular   orasidagi  eng  qadimiysi  va  bizgacha  ko‘p 
miqdorda  etib  kelgani  muhrlardir.  Ilk  sulolalar  davridayoq  Somirda  tosh  o‘ymakorligining  badiiy -estetik 
tamoyillari  ishlab  chiqilgan  va  mustahkamlangan,  sayqal  berish  texnikasi  mukammallasha  boshlagan. 
SHuning  uchun  ularga  faqat  moddiy  madaniyat  namunalari  emas,  balki  san‘at  yodgorliklari  sifatida  ham 
qarash  maqsadga  muvofiq.  Shumer  muhrlariga  razm  solgan  har  bir  inson  ularda  asotir  yoki  xalq  og‘zaki 
ijodiga doir  syujetning  ifodasini  ko‘radi: qanotli ajdaholarning  u stida turgan erkak bilan ayol, etti boshli 
ajdahoni  o‘ldirayotgan  pahlavon,  xayoliy  mavjudotlar  –  qush-odam  va  odam-arslon  ustidan  olib 
borilayotgan  sud  va  boshqa  tasvirlar  shular  jumlasidandir.  Qisqasi,  ularda  go‘zallik  va  xunuklik, 
ulug‘vorlik va tubanlik, xayoliylik va mo‘‘jizaviylik haqidagi dastlabki tasavvurlarni ilg‘ash qiyin emas.  
Shumerliklarning  falsafiy-estetik  qarashlariga  kelsak,  ularda  falsafiy-kosmologik  yoxud  ilohiyotga,  yoxud 
nafosatshunoslikka  bag‘ishlangan  risolalar  qabilidagi  maxsus  adabiy  shakllar  bo‘lgan  emas.  Bunday  qarashlarni 
(albatta  ibtidoiy  holda)  bizgacha  to‘liq  yoki  qisman  etib  kelgan  asotirlarda  uchratish  mumkin.  Shumerliklardagi 
estetik tasavvurning paydo bo‘lishi va, umuman, nafosatli tafakkurning kelib chiqishi asotirnomaga  (mifologiyaga) 
borib  taqaladi.  Ma‘lumki,  qadimgi  odam  oldida  turgan  turli  xil  masalalardan  biri  estetik  tabiatga  ega  bo‘lish 
muammosi edi. Bu muammoni o‘ziga xos tarzda hal etish uchun u dastlabki usul – mifologiyadan foydalandi. SHu 
bois asotirlarni inson yaratgan ilk nafosat konstepstiyasi,  falsafiy umumlashma deb atash mumkin; faqat u nazariy 
emas,  balki badiiy, timsoliy shaklda  ifodalangan. Zotan asotirlardagi badiiy anglashda  inson o‘zi  haqida, o‘zining 
real borliq go‘zalligi bilan bog‘liqligi haqida  fikr yuritishga ilk bor intiladi. Boshqacharoq qilib aytganda, asotirlar 
qadimgi tarixda birinchi marta olamni badiiy-estetik borliq sifatida taqdim etadi. Dastlabki faylasuflar (agar shunday 
deyish  mumkin  bo‘lsa)  mirza-xattotlar  va  shoirlar  ekanini  ilg‘ash  qiyin  emas.  Mirza-xattot  va  shoirlar  asotirlarni 
yozib  olishar  hamda  yozar  ekanlar,  ular  uchun  asosiy  maqsad  ma‘budlar  va  ma‘budlarni  a‘mollarini  ulug‘lash 
bo‘lgan.  Keyingi  davrlar  faylasuflari  kabi  ularni  muayyan  kosmologik  yoki  ilohiyotga  oid  haqiqatlar  qiziqtirgan 
emas. Asotirlarni  tadqiq  etish  shuni  ko‘rsatadiki,  shumerliklar  badiiy-estetik  anglash  orqali  insoniyat  jamiyatining 
tadrijiy va izchil rivojlanishi haqida muayyan tasavvurga ega bo‘lganlar. 
Shumer ma‘budlari antropomorf (odam qiyofali). Ular ichida eng donishmand va eng qudratlisi ham o‘z qiyofasi, 
orzu-o‘ylari va a‘mollari bilan odamlarga o‘xshaydi. Ma‘budlar odamlarga o‘xshab rejalar tuzadi, harakat qiladi, ichadi, 
eydi, uylanadi, oila quradi, katta xo‘jalikni boshqaradi, ilohiy zaifliklar va kasalliklarga ham duchor bo‘ladi, hatto o‘ladi 
ham. Zero ularning ulug‘vorligi va go‘zalligi odamlarga nisbatan olib qaraladi. 
Qadimgi  shumerliklarda  «Me»  tushunchasi  mashhur  bo‘lgan.  «Me»  ilohiy  qonun  va  ko‘rsatmalar  majmui 
bo‘lib,  Shumer  faylasuflari  fikricha,  bu  qonun  –  qoidalar  olam  yaratilgan  kundan  boshlab  uni  boshqarishni  va 
olamning  abadiy  harakatini  ta‘minlab  kelganlar.  Unda  «ulug‘vor  va  abadiy  toj»,  «ulug‘vor  ramz»,  «ulug‘vor 
ibodatxona»,  «san‘at»,  «musiqa»,  «yog‘ochni  ishlash  san‘ati»,  «metallni  ishlash  san‘ati»  «mirzalik  (xattotlik) 
san‘ati»  singari  nafosatshunoslik  tushunchalarini  anglatuvchi  iboralar  ham  mavjud.  SHunisi  e‘tiborga  sazovorki, 
qadimgi  shoir-faylasuf  san‘at  bilan  hunarni  ajratishga  harakat  qiladi.  Chunonchi,  «yog‘ochsozlik  san‘ati»  bilan 
yonma-yon  «quruvchilik  hunari»  va  «savatchilik  hunari»,  «temirsozlik  san‘ati»  bilan  yonma-yon  «temirchilik 
hunari» iboralari keladi. Bundan tashqari, unda besh xil musiqa asbobining nomi ham qayd etilgan. 
Shunday qilib, Shumer san‘ati va adabiyoti insoniyat tarixidagi dastlabki estetik g‘oyalardan va iboralardan 
bizni xabardor qiladi, bizga ba‘zi janrlarning kelib chiqishi bilan tanishish imkonini beradi.  
Shumerliklar  va  ularning  shimoliy  qo‘shnisi  bo‘lmish  akkadlar  asrlar  mobaynida  olib  borgan  janglar 
oqibatida akkadlar podshosi Sargon I (milodgacha  2369-2314 yillar) Somirni Akkadistonga  bo‘ysindiradi.  Dastlab 
akkadlar  Shumer  tilini  ham,  yozuvini  ham  qabul  qiladilar  va  birgalikda  somir-akkad  madaniyatini  yaratadilar. 
Keyinchalik bu ikki xalq qo‘shilib, Bobil davlatini tashkil etadi,  akkad tili esa  asosiy tilga  aylanadi.  SHunda  ham 
Shumer tili maktablarda o‘qitiladigan o‘lik til, Yevropaliklar uchun lotin tili qanday bo‘lsa, shunday til bo‘lib qoladi. 
Umuman olganda, qadimgi Sharq madaniyati ko‘ptillilik yoxud ikki tillilik asosida bunyodga kelgan. 
Bobil  so‘z  san‘atida  «Enuma  elish»  («Osmonda  qachonki...»)  dostoni,  Agushayya,  Gilgamesh,  Adan,  Etana, 
«Ishtarning qa‘rga tushishi» haqidagi epik dostonlar, «Iztirobda qolgan haqgo‘y», «Xo‘jayinning qul bilan suhbati» singari 
diniy-falsafiy  dostonlar  muhim  ahamiyatga  ega.  Ularning  hammasidagi  asosiy  g‘oya  –  hayot  va  mamot  o‘rtasidagi 
kurashdan iborat. «Xo‘jayinning qul bilan suhbati» deb atalgan doston ular orasida kulgililik tabiatiga ega ekanligi bilan 
alohida ajralib turadi. Unda xo‘jayinning har bir buyrug‘i oqilona ekanini maqollar va matallar bilan asoslashga intilgan 
qul – oqil, quv xizmatkor qiyofasi tasvirlangan. Bu suhbat-aytishuv deyarli oxirigacha kulgililik bilan yo‘g‘rilgan. Faqat 
uning  nihoyasidagina  hayot  joniga  tekkan  xo‘jayin  «Endi  nima  yaxshi?»  deb  so‘raganida  qul:  «Bo‘ynimni  mening 
sindirmoq va bo‘yningni sening sindirmoq va daryoga tashlamoq, ana bu yaxshi. Kim shuncha balandki, osmonga esta, 
kim shuncha ulkanki, erni to‘ldirsa!», – deydi. G‘azablangan xo‘jasi qulga o‘ldiraman, deb do‘q uradi. Doston-suhbatda 
so‘nggi so‘z qulga beriladi va u: «Unda mening xo‘jam mendan uch kun ortiq yashasin», – deb o‘zini qutqaradi. 
Na faqat Gilgamesh kabi eposlarda, balki deyarli barcha  Qadimgi Bobil shoirlari ijodida insonning to abad 
shaxsiy  o‘lmaslikka  intilishi  yuksak  badiiy  shakllarda  o‘z  ifodasini  topgan,  ularda  hayot  –  go‘zallik,  o‘lim  – 
xunuklik  tarzida  qabul  qilingan.  SHunday  qilib,  Somir-Bobil  san‘ati  insoniyat  tarixidagi  dastlabki  estetik 
g‘oyalarning paydo bo‘lishidan bizni xabardor qiladi. 

Qadimgi  Misr.  Estetik  tafakkur  taraqqiyotiga  qadimgi  Misr  madaniyati  juda  katta  hissa  qo‘shgan.  Barcha 
qadimgi xalqlar qatori misrliklar ham go‘zallikni hayotda deb bilganlar va uni foydalilik mezoni bilan o‘lchaganlar. 
Chunonchi, quyosh ma‘budi Atonga (milodgacha XY asr) bag‘ishlangan alqovlardan birida shunday deyiladi: 
Sening go‘zalliging o‘zi hayotdir, 
Umr bag‘ishlaydi har bir yurakka
152

Ma‘lumki,  Nil  toshqini  qadimgi  Misr  farovonligining  asosi  bo‘lgan.  Farovonlik  esa,  ular  fikricha, 
go‘zallikdir. SHuning uchun misrliklar Nilni ilohiy daryo sifatida talqin etadilar. Unga atalgan alqovlarning birida u 
barcha go‘zallliklarning bunyodkori deb ta‘riflanadi: 
Er yayraydi u yoyilgan chog‘ida, 
Quvonadi bor jonzot. 
Barcha tishlar ochilar, 
YAraqlaydi har bir tish
153
 
To‘kin rizqu non keltirib, u butun  
Go‘zallikni yaratar. 
 
Qadimgi Misr san‘atining juda ko‘p turlari ana shu manfaatli go‘zallik asosida vujudga kelgan. Chunonchi, 
ma‘budlar  uchun  qurilgan  ibodatxonalar,  ma‘budlarning  va  o‘limidan  keyin  ma‘budga  aylangan  fir‘avnlarning 
haykallari  ulardan  shafqat,  mo‘l  hosil,  rizq-ro‘z  so‘rash  maqsadida  bunyod  etilgan  bo‘lsa,  xalq  amaliy  san‘ati 
buyumlari  esa  kundalik  hayotni  go‘zallashtirish  uchun  xizmat  qilgan. Ayni  paytda  ba‘zi  san‘at  turlari  manfaastiz 
go‘zallikning  namunasi  sifatida  diqqatni  tortadi. Ayollarning  go‘zal  bezaklari,  taqinchoqlari,  diniy-badiiy  qissalar, 
ertaklar shular jumlasidan. 
Misrdagi eng qadimgi badiiy ijod yodgorliklari V-IV ming yilliklarga borib taqaladi. Ular sopol idishlardir. 
Ularning qo‘lda ishlanganligini sezish qiyin emas: shakllari va yuzasi notekis, ba‘zan oddiy handasaviy naqsh bilan 
bezatilgan. Keyinchalik kulolchilik dastgohida ishlanib, ularda murakkab suvratlar va chizmalar aks ettirilgan. 
Qadimgi  Misrda  me‘morlik  yuksak  taraqqiyot  va  texnik  mukammallikka  erishgan.  Qadimgi  podsholar 
davrida Misr me‘morligining o‘ziga xos ajralib turuvchi ulkan monumentalligi ishlab chiqilgan. Bu borada ehromlar 
alohida o‘rin tutadi. Ular orasida Xufu ehromi o‘zining mahobati bilan ajralib turadi; balandligi 146,6; to‘rt tomoni 
enining uzunligi (asosi) 233 metr. Xufu ulug‘vorlikning ajoyib namunasi. Ehrom deyarli yaxlit tosh inshoot sifatida 
shunday aniq hisob-kitoblar bilan qurilganki, u qadimgi Misrda matematika yuksak darajada rivojlanganligidan ham 
dalolat beradi. 
Qadimgi Misr haykallari xuddi me‘morlikdek, badiiy ijodning haqiqiy noyob asarlari hisoblanadi. Ayniqsa, Luvr 
muzeyida saqlanayotgan mirza Kanning haykali o‘zining realizmi bilan kishini hayratga soladi. Mirza chordana qurib 
o‘tiribdi. U tizzalarida yozish uchun tayyorlangan papirus varag‘ini, o‘ng qo‘lida qamish qalamni tutib turibdi. Uning 
katta  quloqlari  ding  –  eshitib  bajo  keltirishga  o‘rgangan.  Ko‘zlari  alohida  diqqatga  sazovor  –  ular  bir  necha  xil 
materialdan  yasalgan:  kosasi  –  brinch,  unga  ko‘z  oqini  anglatuvchi  ganch  bo‘lagi  va  tagiga  silliqlangan  yog‘och 
qo‘yilgan,  billur  qorachiq  joylashtirilgan.  Natijada  tamomila  tirik  odam  ko‘zlaridek  tasavvur  uyg‘otadi.  Me‘mor 
Raxotep va uning xotini Nefret haykali ham o‘zining yumshoq tasviri, ranglari, inja nafosati bilan har bir tomoshabinga 
nafosat  zavqini  beradi.  Bu  haykallarning  ko‘pchiligi  qadimgi  yunon  mumtoz  haykaltaroshligi  namunalaridan 
qolishmaydi,  balki  ko‘z  ifodasining  berilishi  bilan  ulardan  ko‘ra  jonli  ko‘rinish  kasb  etadi  va  qadimiy  go‘zallik 
namunasi sifatida kishini o‘ziga rom etadi. 
Yana  bir  ajoyib  go‘zallik  namunasi  bo‘lmish  qadimiy  haykal  bu  –Axatetondagi  haykaltarosh  Tutmosning 
ustaxonasidan  topilgan  Nefertiti  –Shohoyim  boshining  tasviri.  Shohoyim  qiyofasida  nazokat,  shohona  g‘urur  va 
nafislik o‘zining beqiyos ifodasini topgan. Nefertitining boshi xuddi noyob gulga  o‘xshaydi,  u  nozik gulbandga  – 
bo‘yinga  nisbatan  bir  oz  og‘irroqday  tuyuladi.  SHohoyim  qiyofasida  tengsiz  ayol  go‘zalligi  va  latofatini  ko‘rish 
mumkin. 
Qadimgi Misr madaniyati taraqqiyotida faqat estetik g‘oyalargina emas, balki nafosat mezonlari ham muhim 
o‘rin egallaganligi shubhasiz. Bu qonun-qoidalar yig‘indisini ma‘lum ma‘noda nafosatshunoslik risolalari deb atash 
mumkin.  Afsuski,  ular  bizgacha  etib  kelmagan.  Faqat  bir  risolaning  nomigina  saqlanib  qolgan:  ibodatxona 
kutubxonasi ro‘yxatida «Devoriy rangtasvir va mutanosiblik qonuni bo‘yicha tavsiya» degan nom uchraydi. 
Qadimgi  Misr  so‘z  san‘ati  taraqqiyotida  mirzalarning  xizmati  buyukdir.  Biz  so‘z  san‘ati  degan  iborani 
ishlatdik.  Zero  quyidagi  parcha  qadimgi  misrliklar  badiiy  adabiyotni  boshqa  san‘atlar  qatoriga  kiritib,  fikr 
yuritganliklaridan  dalolat  beradi.  Chunonchi,  «Pxatotep  o‘gitlari»  deb  atalgan  qadimiy  (bundan  to‘rt  ming  yillar 
avvalgi) she‘riy matnda  qo‘yidagi satrlarni uchratish mumkin: 
San‘at sira bilmas chegara, 
Mahoratning cho‘qqisiga chiqolgaymi biror san‘atkor! 
Gavhar kabi yashirindir oqilona so‘z, 
Lekin uni topish mumkin don tuygan, huv, cho‘ridan
154

                                                 
152
 История древного мира. М., ОГИЗ, 1937. Т. 1. С. 276. 
153
 Поезия и проза Древного Востока. М., ИХЛ, 1973. С. 106. 
154
 O‘sha manba. S. 95. 

Demak, so‘z – san‘at materiali, lekin u san‘atga aylanishi uchun uni ishlata oladigan iste‘dod lozim, iste‘dod esa 
cho‘rida ham bo‘lishi mumkin. Bu o‘rinda nafosatshunoslikning ko‘p jihatlarini ko‘ramiz: avvalo, san‘atdagi yuksak 
mahorat  doimo  nisbiy.  Ikkinchidan,  so‘z  qo‘llash  ham  san‘at.  Uchinchidan,  badiiy  adabiyotni,  umuman,  san‘atni 
xalqning hamma qatlamlari, ya‘ni oliy zotlar ham, xizmatkor-cho‘rilar ham yaratadi, zero san‘at mohiyatan demokratik 
xususiyatga ega bo‘lib, hammaga birdek taalluqlidir. 
Qadimgi Misrda mirzalar muayyan ma‘noda ziyolilarning etakchilari hisoblanganlar. Dastlabki shoirlar ham 
ana  shu  mirzalardir. Ularning xizmatlari qadrlangan, ular ijodkor sifatida  olqishga  sazovor bo‘lganlar. Chunonchi, 
«Mirzalarni  sharaflash»  deb  atalgan  she‘rda  noma‘lum  mirza  bundan  deyarli  uch  yarim  ming  yil  avval,  fir‘avn 
Ramzes II davrida shunday deb yozgan edi: 
Donishmand mirzalar... 
Ular qurmadilar o‘zlari uchun 
Birinchdan qabrtosh 
Va misdan ehrom. 
Qoldirmadi ular va na merosxo‘r, – 
Nomlarin saqlagan zurriyotini. 
Biroq qoldirdilar meroslarini – 
O‘zlari bitgan xat, pandnomalarda...
155
 
O‘sha asrlardagi mana bu satrlar qadimgi Rim shoiri Horastiydan salkam ikki ming yil, Pushkindan salkam 
to‘rt ming yil avval yozilgan: 
Haykal qo‘ydim o‘zimga, u misdan boqiyroqdir, 
SHohona ehromlardan balandroqdir u.
156
 
Qadimgi  Misrda  yaratilgan  qissalar  va  ertaklar  o‘zining  badiiy  puxtaligi,  shakliy  go‘zalligi  bilan  kishi 
diqqatini  tortadi.  Ularda  asosan  mo‘‘jizaviylik  estetik  hususiyati  bo‘rtib  ko‘zga  tashlanadi.  «Sinuxe  qissasi», 
«SHirinsuhan  dehqon  haqida  ertak»,  «Kema  halokatiga  uchragan  kishi  haqida  ertak»,  «Nefertitining  karomati», 
«Aka-uka  haqida  ertak»  singari  asarlar  shular  jumlasidandir.  «Kema  halokatiga  uchragan  kishi»  ertagida 
qahramonning  sehrli  orolda  ko‘rgan-kechirganlari  Sindbod  dengizchi  haqidagi  ertakni  va  «Odisseya»ning  ba‘zi 
epizodlarini eslatadi. «Unamunaning sargardonligi» qissasi esa qadimgi Misr realistik nasrining ajoyib namunasidir. 
SHuningdek, qadimgi Misrda masal janri ham rosmana rivojlangan. Ularda kulgililik estetik xususiyati o‘z ifodasini 
topgan.  
Qadimgi Misr she‘riyatida shakllarning turli-tumanligi, qabul qilingan muayyan uslub, she‘r tuzilishi san‘ati, 
ba‘zan ma‘lum darajadagi balandparvozlik, undagi uzoq taraqqiyot yo‘lini ko‘rsatib turadi. Qadimgi Misr muhabbat 
lirikasi orasida  birinchi  shoir  ayol hisoblangan qadimgi  yunon  shoirasi Safodan  ko‘p asrlar avval  yaratilgan, ayol 
shoir qalamiga mansub go‘zal she‘rlar bor. 
Qadimgi  Misrda  teatr  san‘atining  mavjud  bo‘lganligiga  hozir  hech  qanday  shubha  bo‘lishi  mumkin  emas. 
Qadimgi  Misr  teatri  dastlab  dafn  marosimidagi  ma‘budlarning  o‘zaro  dialoglari,  shuningdek,  turli  ma‘budlar 
sharafiga o‘tkaziladigan xalq sayllari va bayramlarida o‘sha ma‘budlar hayotidan olingan lavhalarni sahnalashtirish 
natijasida  bunyodga  kelgan.  Ma‘budlar rolini kohinlar o‘ynagan. Bunday  sahnalar qadimgi podsholik davridayoq, 
ya‘ni bundan 4–4,5 ming yillar avval ijro etilgan. O‘shanday sahna-pesalardan bizgacha birginasi saqlanib qolgan. 
Uni  fanda  «Memfis  ilohiyoti  yodgorligi»  deb  atashadi.  Kohinlar  tasavvuridagi  kosmologiya  bayoni  bo‘lmish  bu 
matnda Memfis ma‘budi Pta tomonidan olamning yaratilishi va Osiris hamda uning o‘g‘li ma‘bud Gor haqidagi juda 
qadimgi  mifologik  syujetlar,  parchalar  keltirilgan.  Keyingi  davrlardagi  matnlar  ham  mifologik  mazmunda  bo‘lib, 
ularda ko‘proq ma‘bud Gor ishtirok etadi. Bu tasodifiy emas. Qadimgi Misrda hukmron bo‘lgan tasavvurga ko‘ra, 
Gor  taxtga  o‘tirgan  har  bir  fir‘avnning  timsoli  sifatida  qabul  qilingan,  u  har  bir  hukmdor  uchun  namuna,  ideal 
hisoblangan. 
Misrshunoslikdagi bebaho bitiklardan biri – Ixernofret degan a‘yonning tarjimai holidir. Unda bu a‘yon o‘zini 
fir‘avn Senusert III (miloddan avvalgi XIX asr) hukmronligining 19-yilida Abidosdagi ibodatxonani taftish qilish va 
har yili ko‘p sonli tomoshabinlar ishtirokida sahnaga qo‘yiladigan Osiris misteriyasini kuzatish uchun yuborilganini 
yozadi. Ixernofret bitigidan mazkur pesa quyidagi ko‘rinishlardan tuzilganligini bilish mumkin:  
1. Ma‘bud Upuat (yo‘l ochuvchi), Osirisning birinchi jangchisining kirib kelishi. 
2. Osirisning qayiqda suzib kelishi va unga dushmanlarning hujum qilishi. 
3. Makkor akasi Set tomonidan Osirisning o‘ldirilishi. 
4. Ma‘bud Tot tomonidan jasadning qayiqda olib ketilishi. 
5. Osirisning o‘ldirilgan joyi – Neditda ko‘milishi. 
6. Tirilgan Osirisning Abidosdagi o‘z ibodatxonasiga qaytishi va   umumxalq tantanasi.  
Ko‘rinishlarning  hammasida  bosh  rolni  Osirisning  o‘g‘li  –  ma‘bud  Gor  o‘ynagan.  Gor  rolini  esa  a‘yon 
Ixernofretning o‘zi ijro etgan. 
Heradot  yunonlarning  Dionisiy  misteriyalarini  Misr  xalq  diniy  bayramlari  bilan  solishtirib,  ular  orasida 
shunchalik ko‘p umumiylik topadiki, natijada yunonlar misrliklarning bayramlari va urf-odatlarini qabul qilganlar, 
degan  xulosaga  keladi.  Dramatik  matnlarni  o‘rganish  misrshunoslarni  qadimgi  Misr  teatri  o‘zining  diniy-ilohiy 
                                                 
155
 O‘sha manba. S. 102. 
156
 Култура Древного Египта. М., Наука, 1976. С. 359. 

mohiyatiga  qaramay,  faqat  tor  doiradagi  diniy  mavzular  bilan  cheklanib  qolgan  emas.  Chunonchi,  «Tobutlar 
matnlari»da,  undan  keyin  «Mayyitlar  kitobi»ning  78-bobida  Gor  va  boshqa  mifologik  personajlar  ishtirok  etgan 
komediyadan  parchalar  saqlanib  qolgan.  Unda  ma‘bud  Gorning  elchisi  qator  holatlarda  kulgili  ahvolga  tushib 
qoladi.  «Mayyitlar  kitobi»ning 39-bobida  ham Misr iblisi  –  ilon Appop ishtirok etgan  kulgili  sstenariydan parcha 
berilgan. SHunday qilib, qadimgi Misr  misteriyalarida faqat fojeaviylik emas, balki kulgililik ham o‘z o‘rniga ega 
bo‘lgan. 
Dunyoviy  teatrning  qadimgi  Misrda  mavjud  ekani  g‘oyatda  e‘tiborga  sazovor.  Undagi  rollarni  kohinlar  emas, 
mutaxassis-aktyorlar  bajargan.  Edfulik  Enxeb  degan  kimsaning  tarjimai  holi  yozilgan  bitikdan  uning  sayyor  aktyor  va 
musiqachi bo‘lganligini anglash mumkin. Hozirgacha bu bizga etib kelgan shu xildagi yagona matndir. U qadimgi Misrda 
professional teatrlarning, ya‘ni dunyoviy teatrlarning mavjudligini isbotlashi bilan qimmatli. Demak, teatr san‘ati qadimgi 
yunon va qadimgi hind teatridan ancha avval ham Sharqda mavjud bo‘lgan ekan. 
Qadimgi  Misrda  musiqa  va  musiqachilar  hurmat-e‘tiborga  sazovor  bo‘lishgan.  Qadimgi  misrliklarning 
musiqaga  katta  qiziqishi  bilan  qaraganliklarini  bizgacha  etib  kelgan  yodgorliklar  to‘la  isbotlab  beradi.  Qadimgi 
cholg‘u asboblaridan tashqari, bizgacha cholg‘u chalayotgan musiqachilarning nomlari ham saqlanib qolgan. Mirza-
xattotga nasihatlardan birida uning nay va sibizg‘a chalishi, chiltorga jo‘r bo‘lishni bilishi, next deb atalgan musiqiy 
asbob  yordamida  qo‘shiq  ayta  olishi  kerak,  deyiladi.  Qo‘shiqchilar  va  musiqachilar  ham  erkaklardan,  ham 
ayollardan  bo‘lgan.  Demak,  musiqa  qadimgi  Misr  maktablari  dasturidan  o‘rin  olgan,  ularda  estetik  tarbiya 
masalalariga alohida e‘tibor berilgan. Etnografik ma‘lumotlar, shuncha uzoq tarixiy davr o‘tishiga qaramay, YUqori 
Misr fallohlari, qadimgi Misrdagi musiqiy unsurlarni saqlab qolganliklarini ko‘rsatadi. Mushuk va sichqon haqidagi 
xalq qo‘shig‘i buning dalilidir. 
Shunday  qilib,  qadimgi  Misrda  vujudga  kelgan  estetik  g‘oyalar,  ijodiy  tamoyillar,  janrlar  keyingi  davrlar 
nafosat ilmi rivojiga harakatlantiruvchi ma‘naviy kuch sifatida ta‘sir ko‘rsatganiga shubha yo‘q. 
Sharqda vujudga kelgan boshqa qadimgi davlatlarda yashagan xalqlar ilgari surgan estetik g‘oyalar ham katta 
ahamiyatga  ega.  Chunonchi,  muqaddas  «Bibliy»  kitobining  avvalgi  qismi  bo‘lmish  «Ahd  ul-qadim»ni  qadimgi 
yaxudiylar dini bilan bog‘liq so‘z san‘atining ulkan yodgorligi deb atash mumkin. Unda va  keyinchalik qo‘shilgan 
boshqa qismlarda qadimgi adabiyotning diniy asotirlar, tarixiy afsonalar, qahramonlik eposi shakllarida aks etganini 
ko‘rsa bo‘ladi. Ularda go‘zallik haqidagi tasavvur o‘zini diniy-mifologik shaklda namoyon qiladi. Bibliyadan o‘rin 
olgan asarlarning ko‘pchiligida Shumer-Bobil va Misrda ilgari surilgan g‘oyalar ta‘sirini ilg‘ash qiyin emas. 
Yüklə 3,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin