Millatparvarlik. Yana bir muhim axloqiy tamoyil, bu –millatparvarlik. U, ma‘lum ma‘noda, vatanparvarlik
tamoyilining yanada muayyanlashgan shakli. Zero, millatni sevish keng ma‘noda Vatanni sevish degani. Vatansiz
millatning bo‘lishi yoki rasmana erkin va baxtli yashashi mumkin emas.SHu o‘rinda millatparvarlikni millatchilik
bilan qorishtirib yubormaslik to‘g‘risida qisqacha to‘xtalib o‘tmoq lozim. Millatchilik o‘z millatini ajratib olib, unga
buyuklik maqomini berishga intilish bo‘lsa, millatparvarlik, boshqalarni kamsitmagan holda, o‘z millati ravnaqi
uchun kurashish, bu yo‘lda, lozim bo‘lsa, o‘z hayotini ham fido qilish demakdir. U insonparvarlik bilan ham
134
Думбадзе Н. Hellados. Низом Комил таржимаси. «Тафаккур» журнали, 1995, 3 – 4-сонлар.
chambarchas bog‘liq. CHunki o‘z millatini chin dildan sevmagan odam hech qachon boshqa millatlarni seva
olmaydi.
Asl millatparvar – milliy o‘zligini anglab yetgan inson. U o‘z millati bilan faxrlanadi, o‘z millati bilan butun
jahonning faxrlanishini istaydi. CHunonchi, Navoiy do‘ppi bilan to‘n kiygan o‘zbekni har qanday shoh jamolidan
afzal ko‘radi:
SHoh u toju xil‘atekim, men tomosho qilg‘ ali
O‘zbakim boshida qalpoq, egnida shirdog‘ i bas.
135
Lekin Navoiy shu faxrlanishi, g‘ururlanishi barobarida o‘zgalarga kibr bilan qaragan emas, aksincha, o‘zga til
vakili bo‘lmish Jomiyga bag‘oyat hurmat–izzat ko‘rsatib, unga, pirim, deb qo‘l bergan.
Millatparvarlik tamoyili asosida milliy g‘oya yotadi, u millatni sevish amaliyotining – millatparvarlikning
ilmiy–nazariy asosi sifatida maydonga chiqadi. Milliy g‘oyaning zamonaviy, biz tanlagan ko‘rinishini, uning
mafkuraviy jihatlarini Respublikamiz Prezidenti Islom Karimov shunday ta‘riflaydi: «Milliy mafkuramiz har qanday
millatchilik va shunga o‘xshash unsurlardan, boshqa elat va xalqlarni mensimaslik, ularni kamsitish kayfiyati va
qarashlaridan mutlaqo xoli bo‘lib, qo‘shni davlat va xalqlar, umuman, jahon hamjamiyatida, xalqaro maydonda
o‘zimizga munosib hurmat va izzat qozonishda poydevor va rahnamo bo‘lishi darkor».
136
Uning ikkinchi jihati esa mana bunday talqin etiladi: «Milliy g‘oya birinchi navbatda yosh avlodimizni
vatanparvarlik, el–yurtga sadoqat yo‘lida tarbiyalash, ularning qalbiga insonparvarlik va odamiylik fazilatlarini
payvand qilishdek olijanob ishlarimizda madadkor bo‘lishi zarur».
137
Asl millatparvar ana shunday bo‘lishi kerak. Asl millatparvar insonlarning umri millatning umri kabi
mangudir. Millat yo‘lida o‘z jonini tikkan Munavvar qori, Behbudiy, Fitrat, Abdulla Qodiriy, CHo‘lpon singari
minglab fidoyilarni xalqimiz hech qachon unutmaydi.
Fidoyilik. Ma‘lumki, inson muayyan mamlakat va jamiyatdagi qoidalarni, huquqiy me‘yorlarni buzmay
yashashi mumkin. Rasmiy–huquqiy idoralar va tuzilmalar tomonidan bunday odam rosmana, jamiyat uchun xavf
tug‘dirmaydigan shaxs hisoblanadi. Lekin bunday odam axloqsiz bo‘lishi, huquq bilan hisoblashgan holda axloqni
tan olmasligi mumkin. Boshqacha qilib aytganda, u o‘z mamlakatidagi jinoyat kodeksini e‘tirof etishi barobarida,
qalbidagi vijdon qonunlari bilan hisoblashmaydi, jinoiy jazodan qo‘rqadi–yu, vijdon azobini bilmaydi.
SHu fikrlarni endi misolda ko‘raylik. Deylik, kuz kunlaridan birida O‘rdadagi Anhor bo‘ylab shoshib
ketayotgan odam suvga cho‘kayotgan, yordamga muhtoj kishini ko‘rdi. Lekin darhol o‘zini suvga otib, uni
qutqarmadi. CHunki birinchidan, cho‘kayotgan u emas, ikkinchidan, egnidagi kostyum–shim suvga tushsa rasvo
bo‘ladi, uchinchidan, uning vaqti yo‘q, foydali bir ish yuzasidan uchrashuvga ketyapti, to‘rtinchidan, suv sovuq,
shamollab qolishi mumkin, beshinchidan, axir, bu odamning cho‘kishiga u sababchi emas–ku! SHunday qilib, bir
odam cho‘kib ketdi, ikkinchi bir odam, buni ko‘ra–bila turib, o‘z yo‘lida davom etaverdi. Buning uchun uni
qamamaydilar ham, jarimaga tutmaydilar ham, u haqda faqat, qanday beshafqat, vijdonsiz odam ekan, deb fikr
bildiriladi, xolos.
Endi boshqa bir o‘tkinchini tasavvur qiling: u shu zahoti o‘zini suvga otib, cho‘kayotgan odamni qutqardi,
dastlabki yordamni ko‘rsatdi va taksiga xarajat qilib, uyiga qaytdi: kiyim–bosh shalabbo, kattagina foydadan qoldi,
besh–olti kun shamollab, dori–darmonga ham mablag‘ sarfladi. Lekin u bunga achinmaydi. Voqeani eslaganida
afsuslanmaydi, balki o‘z xatti–harakatidan qoniqish tuyib, jilmayib qo‘yadi, hatto bu xotirlash unga ruh beradi.
Bu hodisada biz ikki xil tamoyil bilan harakat qilgan ikki kishini ko‘rib turibmiz: birinchisi – xudbin,
ikkinchisi – fidoyi inson. Garchand, qonun birinchi kishini xudbinligi uchun jazolamagani barobarida ikkinchi
kishiga fidoyiligi uchun alohida imtiyoz bermasa–da, jamiyat, mahalla–ko‘y, odamlar ularga ikki xil munosabatda
bo‘ladilar: xudbinlikdan ijirg‘anib, nafratlanadilar, fidoyilikdan hayratlanib, minnatdorchilik bildiradilar.
Demak, fidoyi insonga boshqalar tomonidan bu qadar izzat–hurmat ko‘rsatilishiga sabab shuki, u istisnoli
holatlarda o‘zining odatiy–kundalik hayotiy majburiyatlarini va munosabatlari darajasini ixtiyoriy ravishda oshira
olish qudratiga ega bo‘ladi. Fidoyi inson boshqalar manfaati yo‘lida o‘z qonuniy manfaatlarini, ba‘zan esa hatto
hayotini qurbon qilishga tayyor turadi va zarurat tug‘ilganda qurbon qiladi ham; jamiyat uchun umumiy bo‘lgan oliy
maqsad va ideallarni deb o‘zidan kechadi. Bunga Ikkinchi jahon urushi qahramoni mard o‘zbek yigiti To‘ychi
Eryigitovning fidoyiligi yorqin misol bo‘la oladi. U dushman pulemyotiga ko‘ksini qalqon qilishi bilan o‘nlab, balki
yuzlab o‘ziga o‘xshash odamlar hayotini saqlab qoldi; bu odamlar esa o‘z navbatida jahonda fashizm g‘alabasining
xavfini kamaytira borib, oxir–oqibat yo‘qqa chiqardilar; ularning zurriyotlari esa hozir ham dunyoning Yangilanishi,
o‘zgarishi uchun, oliy maqsadlar uchun xizmat qilmoqdalar. To‘ychi Eryigitovning nomi biz bilan birga, hech
qachon xalq yodidan chiqmaydi.
SHuni ham aytish kerakki, fidoyilik tamoyilining mazmuni turli tarixiy davr va ijtimoiy jarayonlarda turlicha
muayyanlashadi; u ma‘lum bir davrlarda ommaviylashishi yoki kamayishi mumkin. CHunonchi, mustaqillikka
erishganimizdan so‘ng dastlabki paytlarda o‘tish davriga xos bo‘lgan – fidoyilikka nisbatan xudbinlik tamoyilining
kuchayganini ko‘rdik. Hozirga kelib esa, aksincha, asta–sekinlik bilan jamiyatimizda fidoyilik ustuvor tamoyil
maqomini egallab bormoqda; Prezident Islom Karimovning fidoyilik tamoyili mohiyatini to‘la anglatadigan «Elim
deb, yurtim deb yonib yashash kerak!» degan so‘zlarini axloqiy shior qilib olgan jamiyatimiz a‘zolarining ilg‘or
135
Навоий. Мукаммал асарлар тўплами. 20 томлик, 13–т. Т., «Фан», 1988, 201-б.
136
Баркамол авлод орзуси. Т., «Шарқ», 1999, 38-б.
137
Баркамол авлод орзуси. Т., «Шарқ», 1999, 38-б.
qismi tobora ko‘payib bormoqda. Ana shu ko‘payib borish jarayoni qancha tezlashsa, biz qurayotgan davlatning
shakli–shamoyili shuncha muayyanlik kasb etadi.
Ziyolilik. Ziyolilik tamoyili hozir biz anglaydigan tushuncha ma‘nosida nisbatan uzoq tarixga ega emas. U
jadidchilik harakati bilan birga yuzaga keldi desak, xato qilmagan bo‘lamiz. Lekin bu tamoyilning inson
faoliyatidagi dastlabki unsurlari O‘rta asrlar va undan keyingi davrlardagi ma‘rifatparvarlar hayotida shakllanganini
e‘tirof etmoq lozim. Ya‘ni, u insoniyat jamiyatidagi madaniy va intellektual – aqliy taraqqiyot bilan bog‘liq. SHu
bois uni inson paydo bo‘lganidan ancha keyin vujudga kelgan axloqiy hodisa deb talqin etish maqsadga muvofiq.
XX asr allomalaridan biri, buyuk olmon faylasufi, «Frankfurt maktabi»ning namoyandasi Teodor Adorno Ikkinchi
jahon urushidagi genotsiddan so‘ng, ziyolilik – axloqiy kategoriya, degan fikrga kelganida mutlaqo haq edi.
SHuni alohida ta‘kidlash joizki, ziyolilik axloqiy tushuncha – tamoyil sifatida murakkab va ko‘pyoqlamalik
tabiatiga ega. Ba‘zilar ziyolilik deganda oliy ma‘lumotli kishiga xos bo‘lgan fazilatni tushunadilar. Vaholanki,
ziyolilik tamoyili tabaqa yoki guruhga mansublik ma‘nolarini anglatmaydi. Oddiy fermer – dehqon ham, haydovchi
ham, farrosh ham ziyolilik tamoyili bilan ish ko‘rishi va atrofdagilar tomonidan: «Ha, falonchimi, juda ajoyib, ziyoli
odam–da», degan yuksak ijtimoiy bahoga loyiq bo‘lishlari mumkin. Bunda u odamning kasbidan qat‘i nazar, ham
bilim, ham fahm–farosat, ham oliy maqsadlar egasi ekani tushuniladi. SHunday qilib, ziyolilik asosida insonning
ma‘naviy–ma‘rifiy yuksakligi, qalbidagi ichki nur, atrofni ham nurlantira oladigan ziyosi bilan belgilanadigan xatti–
harakatlar yotadi.
Ziyolilik tamoyiliga hukmron–ma‘muriy doiralar va xalq tomonidan o‘ziga xos munosabatlar mavjud.
CHunonchi, birinchi toifadagilar ko‘p hollarda ziyolilikka umumiy tarzda ijobiy munosabatda bo‘ladilar, lekin
masala muayyan ziyoli shaxslarga borib taqalganda, manfaatlar to‘qnashuvi ro‘y beradi: ziyolilar hukmronlar
toifasini ziyolilik tamoyili asosida yashashi va ish yuritishini talab qiladi, bu esa ularga, tabiiyki, yoqmaydi, buni
hokimiyat ishlariga aralashish deb ijirg‘anadilar, turli bahonalar topib, zimdan ziyolilarga qarshi kurashadilar.
Bunga Lev Tolstoydek buyuk, pokiza insonning cherkov tomonidan la‘natlanishi yoki norasmiy Turkiston
Ligasining rahbari, istiqlol fidoyisi, mard sarkarda, haqiqiy ziyoli, chor armiyasi general–mayori Jo‘rabek
Qalandarqori o‘g‘liga suiqasd uyushtirilishi – Qorasuvdagi o‘z yozgi bog‘ida sirli ravishda o‘ldirilishi hodisalari
yaqqol misol bo‘la oladi. Mustamlakachilikka va totalitar tuzumlarga asoslangan mamlakatlarda ziyolilik tamoyiliga
sodiq kishilar to‘g‘ridan–to‘g‘ri, ochiq qatag‘on qilinadilar. Bunga misol qilib, Fitrat, Qodiriy, CHo‘lpon kabi
jadidlarni va Stalin–Hitler konslagerlarida halok bo‘lgan minglab ziyolilarni keltirish mumkin.
Ziyolilik tamoyiliga oddiy fuqarolarning munosabatida esa ikki xil yondashuv ko‘zga tashlanadi. Ularning
faol va ilg‘or qismi, millatning o‘zagini tashkil etadigan ko‘pchilik odamlar ziyolilarga havas bilan qaraydilar,
ziyolilarning xatti–harakatlarini nafaqat ma‘qullaydilar, balki o‘z farzandlari va yaqinlariga namuna qilib
ko‘rsatadilar. Ammo oddiy aholilik majburiyatidan boshqa narsani bilmaydigan, tarixdan «omma» deb atalib
kelinadigan ijtimoiy qatlam kishilari, ularning ma‘lumotlari oliy yoki o‘rtaligidan qat‘i nazar, ziyolilarga istehzo
bilan, «hokimiyat bilan o‘ynashgan esi pastlar» deb qaraydilar. Ana shu xudbin va mahdud «omma» qaysi yerda
kamayib borsa, o‘sha jamiyatda taraqqiyot yuksak darajaga ko‘tariladi. Zero, ziyolilik keng ma‘nodagi fidoyilikdir.
SHu bois mustaqilligimizning ilk kunlaridanoq bizda ziyolilik tamoyilini har bir fuqaroga singdirish uchun
muntazam kurash olib borilmoqda. Uni singdirish esa ma‘naviyatni yuksaltirish orqali ro‘yobga chiqadi. Bu kurash
tepasida ma‘naviyatni ustuvor soha deb e‘lon qilgan Respublikamiz Prezidenti Islom Karimov turibdi.
Meh natsevarlik. Inson barcha mavjudotlar ichida xatti–harakatlarining, faoliyatlarining ko‘pligi va xilma–
xilligi bilan ajralib turadi. Mehnat ana shu xatti–harakatlarning aniq maqsadga yo‘naltirilgan qismidir. To‘g‘ri,
mehnatga o‘xshash xatti–harakatlarni qaldirg‘ochning in qurishida ham, polaponiga baliq tutib keltirayotgan
chorloqda ham, yer kavlayotgan yumronqoziqda ham ko‘rishimiz mumkin. Lekin bu xatti–harakatlar savqi‘ tabiiy –
tabiiyyatga (instinktga) asoslangan. Inson mehnati esa, aql vositasida amalga oshadi, u o‘zi, yaqinlari, o‘z jamiyati
va kelajak avlodning yaxshi yashashi uchun mehnat qiladi. SHu sababli mehnatni sevgan odam ijtimoiy–iqtisodiy
sharoit risoladagidek yo‘lga qo‘yilgan jamiyatda o‘z ehtiyojlarini qondirib, farovon yashashga muyassar bo‘la oladi,
ishyoqmas odam esa aksincha, har qanday sharoitda ham hech qachon biri ikki bo‘lmaydi. Bundan tashqari,
mehnatsevar inson jamiyat a‘zolari tomonidan e‘zozlangani barobarida, dangasa odam ijobiy shaxs sifatida qabul
qilinmaydi.
Mehnatsevarlik tamoyili mehnat jarayonida shaxsning o‘z–o‘zini namoyish etishiga, o‘zligini ro‘yobga
chiqarishiga, o‘zgalar bilan munosabatlar o‘rnatishiga imkon yaratuvchi axloqiy fazilatdir. U insondan halollikni,
intizomni, ishtiyoq va intilishni talab etadi, mehnatga nisbatan sub‘ektiv tarzdagi ijobiy munosabatni taqozo qiladi.
Ma‘lumki, mehnatdan maqsad – ehtiyojni qondirish. Lekin bu ehtiyojni qondirishning qay tarzda, qanday
ma‘naviy–ruhiy sharoitda amalga oshuvi muhim. Faqat tor manfaatparastlik nuqtayi nazaridan mehnat qilish,
tinimsiz tirishib–tirmashish, mehnatga pul topish vositasi sifatidagina munosabatda bo‘lish, tabiiyki, kishiga
ma‘naviy qoniqish, huzur baxsh etmaydi: bunday «tinib–tinchimas» odamda xushomadgo‘ylik, torlik, asabiylik,
nolish singari holatlar ko‘zga tashlanadi. O‘z kasbini yoki mehnat sohasini sevib mehnat qilgan odam majburiylik
emas, ixtiyoriylik asosida ish ko‘radi, mehnatining natijasigina emas, balki mehnat jarayonining o‘zi ham unga
quvonch, qoniqish bag‘ishlaydi. Zero, bunday hollarda mehnatsevarlik zamirida o‘z manfaati bilan birgalikda
Vatanga, xalqqa, yaqinlariga xizmat qilishdek olijanob maqsadlar yotadi; ana shunday maqsadlar insonni
«chumolilik» doirasidan kenglikka va yuksaklikka olib chiqadi.
Mehnatsevarlikni tarbiyalab borishda, uni kuchaytirishda raqobat alohida ahamiyatga ega. Zero, raqobat faqat
moddiy ustunlikni emas, balki ma‘naviy ustunlikni ham taqozo etadi, ya‘ni unda moddiylik va ma‘naviylik teng
ishtirok etadi. Biz o‘tmishda boshdan kechirgan «sotsialistik» deb atalgan tuzum shaxs mehnatini qadrlamaslik,
mehnatsevar bilan dangasani tenglashtirish – ularga bir xil umumiy haq to‘lash, «hech kimni kamsitmaslik» shiori
ostida ish ko‘rish singari mohiyatan inson tabiatiga zid qoidalar va me‘yorlarga asoslangan edi. «Sotsialistik
musobaqa»ning soxtaligi, insoniyat jamiyatiga singib keta olmaganligiga sabab ana shunda. Zero, shaxs mehnatini
qadrlash – shaxsning mehnatsevarligini, uning o‘zini qadrlash demakdir. Mustaqilligimiz sharofati bilan mehnat
yana erkin shaxsning o‘ziga va atrofdagilarga individual munosabatiga aylandi, mohiyatan «besh qo‘l barobar
bo‘lsin» degan tenglashtirish siyosati barham topdi. Mehnatsevarlik esa Yangi jamiyatimiz kishisining, jahoniy
kenglikka chiqish huquqiga ega bo‘lgan shaxsning sevimli va huzurbaxsh tamoyiliga aylandi.
Tinchlikparvarlik. Bu axloqiy tamoyil ham insoniyat hayotida muhim ahamiyatga ega. CHunonchi,
tinchlikparvarlik urushning, qon to‘kishning har qanday ko‘rinishini inkor etadi, oddiy tinchliksevar shaxsning
tinch–totuv yashashga bo‘lgan ijobiy munosabati bilangina chegaralanib qolmaydi, balki dushmanlik va
tajovuzkorlikka qarshi kurashni, zarba berishni taqozo etadi. Unda tinchlik haqida chiroyli gaplar aytish, yig‘inlarda
ma‘ruzalar qilish emas, balki faol xatti–harakat, uyushtiruvchilik, tashkilotchilik birinchi darajali zaruriy faoliyat
hisoblanadi.
Tinchlikparvarlar fidoyi insonlardir. Ularning ana shu fidoyilarcha xatti–harakatlari pirovard natijada har bir
inson hayotiga takrorlanmas noyob qadriyat sifatida qarashga, har bir fuqaro qadrini, har bir davlat suverenitetini,
har bir millatning o‘z hayot tarziga monand yashash huquqini muqaddas deb tan olinishiga olib keladi,
mamlakatlararo jamoat tartibini saqlashga, avlodlar ravnaqiga, tarixiy–madaniy hamkorlikka, millatlar va turli
ijtimoiy guruhlar orasida o‘zaro tushunishning qaror topishiga xizmat qiladi.
SHuni ham ta‘kidlash joizki, ba‘zi ulug‘davlatchilik va buyukmillatchilik ruhi hukmron bo‘lgan jamiyatlarda
tinchlikparvarlar quvg‘in qilinadilar, turmalarga tashlanadilar. Lekin ular o‘z tamoyillaridan hech qachon
qaytmaydilar. Ular insoniyatni barcha bahsli masalalarni tinch yo‘l bilan hal qilishga chaqiradilar, Yyer yuzida
tinchlik o‘rnatish uchun tinimsiz kurash olib boradilar. SHunday tinchlikparvar buyuk siymolardan biri sifatida
zamondoshimiz, ulug‘ ingliz faylasufi, Nobel mukofoti sovrindori Bertran Rassel (1812–1970) shaxsini misol qilib
keltirishimiz mumkin. O‘ttiz olti yoshida Qirollik Jamiyatiga a‘zo bo‘la olgan, har jihatdan jamiyatda obro‘ga ega
faylasuf tinchlikparvarlik faoliyati uchun ikki bora (dastlab Birinchi jahon urushi paytida, ikkinchi marta –
AQSHning Vьetnamdagi bosqiniga qarshi kurash olib borganida) ingliz ma‘muriyati tomonidan turmaga tashlandi.
Lekin «insonparvarlik va hurfikrlilik havoriysi» (Rassel Nobel mukofoti bilan birga shunday faxrli nomni ham olgan
edi) umrining so‘nggigacha tinchlikparvarlik tamoyilidan chekinmadi.
Jo‟mardlik. Jo‘mardlik tamoyili esa SHarqda qadimdan mavjud. Ovro‘pada uni altruizm nomi bilan Ogyust
Kont ilmiy muomalaga kiritganini aytib o‘tgan edik. U – kishidagi o‘z qavmdoshiga achinish hissidan, unga baxt va
farovonlik tilash tuyg‘usidan kelib chiqadi, mohiyatan beminnat xayriyaga asoslanadi. O‘z manfaatidan o‘zga
manfaatini ustun qo‘yib, «o‘z og‘zidagini o‘zga og‘ziga tutib» yashash jo‘mard insonning hayot tarziga aylanadi. Bu
– oddiy xayriya emas, balki muhtojlikning har qanday ko‘rinishiga qarshi o‘ziga xos kurashdir. Ammo bu kurash
insonparvarlik, vatanparvarlikdagi singari qat‘iy jamiyat yoki jamoaning axloqiy–me‘yoriy talablaridan kelib
chiqmaydi, u faqat va faqat xususiylik tabiatiga ega, har bir shaxsning erkin ixtiyori bilan bog‘liq axloqiy tamoyil.
CHunonchi, biror kishi tomonidan insonparvarlik yoki vatanparvarlik talablarini bajarmaslik boshqalarda unga
nisbatan nafrat hissini uyg‘otadi, jo‘mardlik ko‘rsatmagan odam esa bunday ma‘naviy javobgarlikka tortilmaydi.
Zero, jo‘mardlik mohiyatan «oddiy odamlik qobig‘idan chiqa bilish», ilohiylik sifatlariga ega bo‘lib borish
demakdir, bu esa hammaga ham nasib etavermaydi.
Bundan tashqari, bizning milliy axloqshunosligimizda o‟zbekchilik, meh mondo‟stlik kabi tamoyillar
mavjud. Ular millatimizning eng yaxshi an‘analariga sadoqat tuyg‘usidan kelib chiqadi va o‘zbek kishisiga xos
bag‘ri kenglik, do‘stga, mehmonga borini bag‘ishlashdek xususiyatlarni o‘zida mujassamlashtiradi.
O‘zbekchilik tamoyilini o‘z hayot tarziga singdirib yuborgan kimsaning nomi el–yurt orasida «baraka
topgur» iborasi bilan qo‘shib aytiladi. Qishloq yoki mahalladagi hasharlarda, ma‘rakalarda «qamishdan bel bog‘lab»
xizmatda turish, bemor mahalladoshi yostig‘i ustida dalda berishga doim vaqt topa olish, qo‘ni–qo‘shnilariga
haqiqiy hamsoya bo‘lib yashash o‘zbekchilikning asosiy unsurlaridir. Yoki mehmondo‘stlikni olaylik. Milliy–
mintaqaviy an‘analarga asoslangan bu tamoyil ma‘lum ma‘noda o‘zbekchilik bilan singishib ketadi. Masalan, g‘arb
kishisi o‘zi taklif qilmagan kishini eshikdan muloyim savol–javob bilan qaytarib yuboradi, axloqiy majburiyatdan
o‘zini ozod deb hisoblaydi, o‘zining erkinlik huquqini ustuvor sanaydi. O‘zbek esa, eshikdan kelgan kishini «bir
piyola choyga» taklif etadi, kirsa, juda bo‘lmaganda, oldiga non–choy qo‘yadi, notanish bo‘lsa, tanishadi, hol–ahvol
so‘raydi, millatidan qat‘i nazar, unga hamdard, ko‘makdosh bo‘lishga intiladi va buni axloqiy majburiyat tarzida
emas, bir an‘anaviy odat deb izohlaydi.
Ayni paytda bu tamoyillarni suiiste‘mol qilish ham hozirgi paytda tez–tez uchrab turadi. O‘zi qo‘l uchida kun
ko‘rib turgani barobarida qarz–havola bilan katta to‘ylar o‘tkazish, to‘ylardagi isrofgarchiliklar, hatto aza oshlarini
ham «kim o‘zarga» tarzida berish, charlar, beshik to‘yi singari marosimlarga dong chiqarish uchun ayamay mablag‘
sarflash, artistlarga qistirishlar, hatto boshidan pul sochishlar singari holatlar shular jumlasidan. Bunda biz
fazilatning me‘yor buzilishi natijasida illatga aylanganini ko‘ramiz.
Lekin o‘zbekchilik va mehmondo‘stlikni bunday noto‘g‘ri tushunish sho‘rolar davridan kelayotgan sarqit,
o‘tkinchilik tabiatiga ega bo‘lgan hodisalardir. Aslida o‘zbekchilik va mehmondo‘stlik tamoyillari xalqimizning
o‘ziga xosligini ta‘kidlaydi. Jahonning juda ko‘p xalqlari bu tamoyillar egasi bo‘lmish o‘zbek millatiga doimo
ehtirom, havas va hayrat bilan qaraydilar.
SHunday qilib, qisqacha xulosa yasaydigan bo‘lsak, biz ko‘rib o‘tgan axloqiy tamoyillar individni yuksak
axloqiy shaxs darajasiga ko‘taradigan, uning hayotiga ijtimoiy–ma‘naviy mazmun bag‘ishlaydigan tushunchalardir.
Zero, har bir kimsa o‘zi tanlagan tamoyillari majmui tufayli komillik darajasining muayyan bosqichidan o‘rin oladi,
o‘z hayotining ma‘nosini anglagan insonga aylanadi. SHu tufayli axloqiy tamoyillar hayotimizda nihoyatda katta
ahamiyatga ega.
Axloqiy me‘yorlar
Inson hayotida axloqiy me‘yorlar ham katta ahamiyatga ega. Ular tamoyillarga nisbatan ancha sodda,
umumlashmagan, tor qamrovli. Ularni kundalik hayotimizda muayyan axloqiy fazilatlarni aks ettirgan tushunchalar
va tamoyillarning amalga oshish murvatlari ham deyish mumkin, ular axloqiy talablarning eng oddiy, lekin keng
tarqalgan shakli sifatida ro‘yobga chiqadi. Halollik, rostgo‘ylik, hayolilik, insoflilik, xushmuomalalik, boodoblik,
kamtarlik singari me‘yorlar ayniqsa diqqatga sazovor.
H alollik. Halollik vijdon, adolat va burch kabi axloqshunoslik mezoniy tushunchalari bilan bog‘liq, insoning
o‘zgaga munosabati o‘ziga munosabatidek sof, pokiza bo‘lishini talab qilidigan axloqiy me‘yordir. Dastavval u
diniy tushuncha sifatida vujudga kelib, har bir musulmonning yemak–ichmagi, jinsiy va iqtisodiy xatti–harakatlari
sifatini belgilab beruvchi shar‘iy me‘yor bo‘lib amal qilgan, uning ziddi – harom diniy nuqtayi nazardan salbiy
hisoblangan xatti–harakatlarga nisbatan qo‘llanilgan. M., bismil qilingan hayvon yo parranda go‘shti – halol, o‘laksa
go‘shti – harom, nikohdagi jinsiy aloqa – halol, zino – harom, mehnat haqi – halol, o‘g‘rilik bilan topilgan mol –
harom v.h.
Ko‘rib o‘tganimizdek, har bir diniy e‘tiqodning asosida axloqiylik yotadi va u ko‘p hollarda ibodatdan baland
qo‘yilgan: solih bandalar, «Qur‘on»da aytilganidek, eng avvalo go‘zal axloq egalaridir. SHu boisdan keyinchalik
halollik nisbatan tor shar‘iy qobiqdan chiqib, asta–sekinlik bilan shaxs hayotidagi eng qamrovli axloqiy me‘yorga
aylandi, teran ma‘naviylik kasb etgani holda, kundalik hayotdagi insoniylikni belgilaydigan umuminsoniy fazilat
bo‘lib qoldi. M., hozirgi kunda ixtisoslashgan mehnat taqsimotining takomillashuvi, ilm–fan taraqqiyotining
yuksalishi natijasida biz kasbiy halollik, ilmiy halollik, iqtisodiy halollik v.b. haqida gapirishimiz mumkin.
Insoniyat jamiyatida haromlik yoxud nopoklikning halollikka nisbatan kam uchramasligi doimo
axloqshunoslarni tashvishga solib kelgan. CHunonchi, imom G‘azzoliyning harom yeyish haqida to‘xtalib, mana
bunday deyishi bejiz emas:
«…Xohi zulm bilan olingan bo‘lsin (kuch ishlatib, xoinona undirish va bosqinchilik–o‘g‘rilik yo‘llari bilan
olish); xoh zavq va o‘yin yo‘li bilan olinsin (qimor va shunga o‘xshash narsalar bilan bo‘lganiday); xoh hiyla va
nayrang yo‘llari bilan olinsin (tovlamachilik va aldamchilik, tarozidan urish kabi); o‘z moli va boyligini harom
ishlarga (ichkilikbozlik, qimor, fohishabozlik) xarjlashi – hammasi harom yeyishga kiradi»
138
.
Afsuski, G‘azzoliy sanab o‘tgan holatlarni atrofimizda ko‘p ko‘ramiz. CHunki nopok yo‘l tutish oson, lekin
halollikka erishish qiyin. Buning sababi shundaki. halollikning mavjudligi fidoyilik axloqiy tamoyili va rostgo‘ylik
axloqiy me‘yori bilan shartlanadi; doimo halollik qilish yoki halol yashashi uchun kishi albatta nimalardandir
kechishi, kimlargadir qarshi borishi, faqat rost gapirishi, so‘z bilan ish birligiga erishishi kerak. SHu bois halol inson
jamoatchilik o‘rtasida obro‘ga ega, hurmatga sazovor bo‘ladi. Qaysi jamiyatda halol fuqarolar ko‘paysa, o‘sha yerda
baxt va farovonlik hukm suradi.
Halollika birinchi bo‘lib to‘xtalishimizning sababi shundaki, mustamlakachilik davrida, ayniqsa, sho‘rolar
hukmronlik qilgan chorakam bir asr vaqt mobaynida yolg‘on, aldov, nopoklik, haromxo‘rlik, munofiqlik singari
illatlar xalqimizga shu qadar ustalik bilan singdirildiki, hozirgi paytda ko‘pchilik odamlar halollik, rostgo‘ylik
ustidan hatto kuladigan bo‘lib qolganlar. So‘z bilan ish birligi yo‘qolgan, qog‘ozdagi chiroyli gaplar hayotga to‘g‘ri
kelmaydi. Lekin bularning hammasi, afsuski, odatiy holdek qabul qilinadi. SHu bois mustaqilligimizning dastlabki
kunlaridanoq bu illatlarga qarshi kurash boshlandi. Hozirgi kunda davlatimiz milliy–ma‘naviy qadriyatlarni
tiklashni, odamlarni halol, insofli, adolatli bo‘lishga chaqirishni o‘z ichki siyosatining muhim qismi deb bilgan
holda ish tutmoqda. Zero, ko‘z o‘ngimizda nopoklik yolg‘on, aldov, ikkiyuzlamachilik nimaligini deyarli
bilmaydigan jamiyatlar, millatlar gullab–yashnamoqda. Yaponiya, Olmoniya, Frantsiya, AQSH, Buyuk Britaniya
singari mamlakatlar shular jumlasidan. SHu o‘rinda quyidagi misolni keltirib o‘tish maqsadga muvofiq.
Falsafa jamiyati a‘zolari bilan muloqot–uchrashuvga kelgan bir taniqli olim va jamoat arbobi qiziq voqeani
so‘zlab bergan edi. Olimning hikoya qilishicha, Finlyandiyada u bilan birga Rossiya Jamoat televideniesi xodimini
o‘z mashinasida olib yurgan fin fuqarosi yonilg‘i quyish nuqtalaridan birida to‘xtab, sakson litr benzin oladi va
borib egasiga shuncha benzin olganini aytib, haqini to‘laydi. Uning qancha yonilg‘i quyib olganini kuzatishni
xayoliga ham keltirmagan yonilg‘i quyish shaxobchasi xo‘jayini pulni olib, ishini davom ettiraveradi. Mashina
yo‘lga tushganda, sobiq SHo‘rolar Ittifoqi hududidan kelgan mehmonlar hayratlanib so‘rashadi: «Nega xo‘jayin
sizni benzin quyayotganingizda kuzatib turmadi?» U esa tushunmay yelkasini qisadi: «Nimaga kuzatib turishi
kerak?» Mehmonlar tushuntirishmoqchi bo‘lishadi: «Axir, siz sakson litrga haq to‘lab, yuz litr benzin quyib
olishingiz mumkin edi–ku!» U yana hayron qoladi: «Nega yuz litr olishim kerak ekan, menga faqat sakson litr
zarur!». Mehmonlar yana tushuntirishga harakat qilishadi: «Siz kam pul to‘lab, ko‘p benzin olishingiz mumkin edi,
nega unday qilmadingiz?» Mezbon esa yana yelka qisadi: «Nega men kam pul to‘lashim kerak – sakson litr zarur
edi, sakson litr oldim, tavba, buning nimasi tushunarsiz?!», deydi. Xullas, ikki birday kishi harom yo‘l bilan ortiqcha
benzin quyib olish mumkinligini Finlyandiya fuqarosiga tushuntira olmaydilar; harom va yolg‘on nimaligini
bilmaydigan mezbon bular meni kalaka qilyapti degan xayolga borib, asabiylasha boshlaganidan keyingina
mehmonlar gapni boshqa yoqqa buradilar.
138
Ғаззолий Абу Ҳомид. Мукошафат ул-қулуб. Т., «Адолат», 2002, 336-б.
Qanchalik achchiq bo‘lmasin, bu – bor gap, haqiqat. Zero, Prezident Islom Karimov nutqlaridan birini
«Halollik va fidoyilik faoliyatimizning asosiy mezoni bo‘lsin» deb, boshqa bir suhbatini esa «Adolat har ishda
hamrohimiz va dasturimiz bo‘lsin» deb atagani bejiz emas; hozirda halol, rostgo‘y, insofli, fidoyi insonlardan iborat
bo‘lgan fuqarolar jamiyatini qurish – faqat axloqiy muammo emas, balki kelajagi buyuk davlatimizning mohiyatini
anglatuvchi ijtimoiy–siyosiy Yangilanishdir.
Dostları ilə paylaş: |