Andijon viloyati Marhamat tumani 10- sonli maktabning boshlangʻich sinf oʻqituvchisi Tojiraliyeva Kamolat Botirovna



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə3/5
tarix19.12.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#185490
1   2   3   4   5
Qoldiqli bo\'lish metodik tavsiya Tojiraliyevq

Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism.O`quvchilar bilan salomlashish.Navbatchi axborotini tinglash.Kun yangiliklaridan so`rash.Kuz faslidagi bayramlar haqida suhbat.Bugungi dars maqsadi bilan tanishtirish.Bugungi darsimizni “Dam olish vaqti”deb nomladik va bu darsni o`yin tariqasida o`tkazishni lozim topdik.Hozir ”Raqamlar saltanati”ga sayohat qilamiz.Guruhlarga bo`lish.Har bir guruh nomi va albatta sardori bo`ladi.Guruhlarni jajji jonivorlar nomi bilan ataymiz.
I guruh “Quyoncha”.
II guruh “Ayiqcha”
III guruh “ Mushukcha”
Bugun guruh ishtirokchilari to`rtta shart bo`yicha bellashadi.
1-shart: Har bir guruh o`quvchilari o`z guruhi nomiga ta`rif berishlari kerak.
Hurmatli mehmonlar,jonivorlar haqida bolalar tomonidan berilgan ancha ma’lumotlarni bilib oldingiz.
II. O`tilgan mavzuni mustahkamlash.
Uyga vazifani guruhlar navbat bilan o`iydilar .271-272-misol va masala
31: 2=15(1 qold) 37:3=12 (1 qold) 63:4=15(3 qold) 84:5=16(4 qold)
83:7=11 (6 qold) 88:6=14 ( 4 qold ) 93 : 7 =13(2 qold) 79:6=13(1qold)
272-masala Yechish:45+54=99 99:8=5 ( 9 qold) Javob:9 kg xurmo ortib qoladi.
2. Shart: “Matematik estafeta”O`tigan mavzularga oid misollar berish. Guruhdagi har bir o`quvchiga.Darsdagi mehmonlardan hakamlar tayyorlash,guruhlarni baholab boradi.
III Yangi mavzu bayoni
O`quvchilarga qoldiqli bo`lishni tekshirish 273 –misol orqali ekranda tushintirib berish.Ekranda qoldiqli bo`lishnitekshirish usuli ko`rsatiladi.31:7=4 (3 qold) Tekshirish: 4 x 7 +3=28+3=31
3. Shart 274 –misol
1- o`quvchi:Bolalar,kamalak qachon paydo bo`ladi?
O`quvchilar: Yomg`ir yog`ganda, quyosh ko`riganda.
2-o`quvchi:Kamalak necha xil rangda bo`ladi?
O`quvchilar: Kamalak yetti xil rangda ko`rinadi.
To`g`ri.Endi guruh sardorlari stolga qo`yilgan ranglardan birini tanlab olishadi.Misollarni musobaqa tarzida doskaga chiqib bajaradi.
17:2=8(1qol) . Tekshirish: 8x2+1=17
38:4=9 (2 qol) Tekshirish:9x4+2=38
64:6=10 ( 4 qol) Tekshirish:6x10+4=64
79:8=9 ( 7 qol) Tekshirish:9x8+7=79
25:3=8 (1 qol) Tekshirish: 3 x 8+1=25
47:5=9 (2 qol) Tekshirish: 9x5+2=47
58:7=8 ( 2 qol) Tekshirish: 8x7+2=58
95:9=10 ( 5 qol ) Tekshirish:9x10+5=95
93:7=13 ( 2 qol ) Tekshirish: 7x13+2=93
275-masala
Masalaga mos rasmni doskaga ilish.O`quvchilar rasmga qarab masala tuzadilar.Nok haqida suhbat o`tkazish .Nok rangi kuz faslining rangi bilan monand ekanligi haqida tushuncha berish.Kuzda pishadigan mevalarni ingliz tilida va rus tilida ayttirish.
Bozordan 37 kg nok keltirildi. Nok 4 ta vazaga 8 tadan solindi.Qancha nok ortib qolgan?
Yechish: 8x4=32 37-32=5 Javob: 5 ta nok ortib qolgan.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin