Anemiya yoki kamqonlik kattalarda va bolalarda, belgilari, tasnifi, davolash, oldini olish



Yüklə 31,76 Kb.
səhifə6/8
tarix11.05.2023
ölçüsü31,76 Kb.
#111771
1   2   3   4   5   6   7   8
ANEMIYA YOKI KAMQONLIK

O’SMIRLIK DAVRI ANEMIYASI
O’smirlik davrida kamqonlik xavfi ayniqsa qiz bolalarda hayz siklining boshlanishi bilan ortadi, muntazam qon yo’qotishlar o’z tasirini ko’rsatmay qolmaydi. O’smir qizlarda kamqonlik rivojlanishiga undaydigan ikkinchi omil, ularning tashqi ko’rinishi haqida qayg’urishlari va qomatni to’g’irlash uchun turli xil parhezlar va ovqat ratsioniga turli xil cheklovlar kiritishi bilan bog’liq.
Bu davrda tez o’sib-rivojlanish, sport bilan qizg’in shug’ullanish, to’yib ovqat yemaslik har ikki jins o’smirlarga ta’sir qiladi. O’smirlik davridagi anemiya belgilariga ko’z sklerasining ko’kimtirligi, tirnoq shaklining o’zgarishlari, ovqat hazm qilish tizimining buzilish, ta’m va hid o’zgarishlarini o’z ichiga oladi.
O’smirlik davrida kasallikning aniq shakllari dori-darmon bilan davolashni talab qiladi. Davolashda mutaxassis topshiriqlariga amal qilinganda qondagi o’zgarishlar 10-12 kundan keyin yuz beradi va 6-8 haftadan so’ng umumiy holatning yaxshilanishi kuzatiladi.
KAMQONLIKNING SABABLARI
Anemiya qon birligida gemoglobin va qizil qon hujayralari (eritrositlar) kontsentratsiyasi kamayishi bilan ifodalanadi. Eritrotsitlarning asosiy vazifasi — to’qimalarda gaz almashinuvi, kislorod va karbonat angidrid, shuningdek oziq moddalar va metabolik mahsulotlar tashuvidir.

Eritrosit o’zida gemoglobin degan oqsil saqlaydi, u eritrositga va umuman qonga qizil rang berib turadi. Gemoglobin tarkibida temir mikroelementi mavjud, shuning uchun temirning yetishmasligi kamqonlikka olib kelishi mumkin.


Anemiya rivojlanishida uchta asosiy omil mavjud:

  • O’tkir yoki surunkali qon ketish;

  • Gemoliz, eritrotsitlarning parchalanishi;

  • Suyak iligi tomonidan eritrotsitlar ishlab chiqarilishining kamayishi.

Omillar va sabablari turiga qarab anemiya quyidagi shakllarga bo’linadi:

  • Oziq-ovqat sababli — ratsionning to’liq emasligi yoki umumiy oziq-ovqat yetishmasligi bilan bog’liq;

  • Jismoniy (jarohat, jarrohlik, tug’ruq, muzlash, kuyish va boshqalar);

  • Genetik (irsiy) etiologiyali;

  • Yuqumli kasalliklar tufayli yoki ikkilamchi anemiya — virusli gepatit Agepatit Cjigar sirrozi, jigar tuberkulyozi, glomerulonefrit, oshqozon-ichak trakti kasalliklari (yarali oshqozon-ichak kasalliklari, kolit, gastrit, kron kasalligi), revmatoid artrit, volchanka, turli onkologik o’smalar oqibatida rivojlanadi;

  • Infektsion (virusli, bakterial, parazitar va protozoal kasalliklar tufayli);

  • Dori-darmon va turli moddalar bilan zaharlanish, ayniqsa, uzoq vaqt nazoratsiz dorilar qabul qilganda (antibiotiklar, sitostatiklar, nosteroid yallig’lanishga qarshi dorilar, antitiroid va antiepileptik preparatlar);

  • Radioaktiv to’lqinlarning ta’sir qilish.


Yüklə 31,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin