Angren universiteti "ijtimoiy-gumanitar fanlar" kafedrasi


barvaqt oldini olish ishlarini yangi bosqichga koʻtarish talab etiladi



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/27
tarix25.08.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#140426
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy.pdf1

barvaqt oldini olish ishlarini yangi bosqichga koʻtarish talab etiladi.
Joriy yilda ushbu yoʻnalishda koʻpgina ishlar qilindi. 
Jumladan, soha xodimlari uchun munosib mehnat va turmush sharoitlarini yaratish 
maqsadida profilaktika inspektorlari uchun 6 yarim mingdan ziyod xizmat uylari, 1 
ming 100 ta shaxsiy uy-joy, 7 mingta shaxsiy avtomobil berildi. 
Shu bilan birga, Milliy gvardiya xodimlari uchun ham 1 ming 800 ta uy-joy 
quriladi. 
2018 yilda 3 ming 205 ta mahallada bironta ham jinoyat sodir etilmagani ham shu 
ishlarimiz natijasi, desak, toʻgʻri boʻladi. Lekin xotirjamlikka berilishga hali erta. 
Odamlar tinch yashashi uchun butun mamlakatimizda jinoyatdan xoli muhit 
yaratishimiz shart. 
Biz Ichki ishlar vazirligi tizimida vakolat va funksiyalarni quyi boʻgʻinga tushirib, 
uni chinakam xalqchil tizimga aylantirishimiz zarur. 
Bu borada ilmiy yondashuv va ilgʻor axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini 
jadal joriy etamiz. 
Har bir jinoyat yoki huquqbuzarlikning barvaqt oldini olish va unga qarshi 
kurashish boʻyicha har qaysi hudud oʻz tajribasini yaratishi kerak. 
Bu boradagi ishlar samarasini oshirish uchun ichki ishlar vaziri, Milliy gvardiya 
qoʻmondoni va Bosh prokuror respublika hududlariga shaxsan masʼul etib 
belgilanadi. 
Jinoyatchilikka qarshi kurashda, birinchi navbatda, ijobiy natijaga erishgan 
profilaktika inspektorlari va mahalla faollarini ragʻbatlantirishni kuchaytirish zarur. 
Vazifasini sidqidildan bajargan xodimlarga yangi tuzilgan Maxsus jamgʻarma 
hisobidan 
ustama haq toʻlanadi va ularning mehnatlari qoʻshimcha 
ragʻbatlantiriladi. 
Bugungi kunda nomiga faoliyat koʻrsatayotgan “Mahalla posboni” lavozimini 
tugatish vaqti keldi. 


Uning oʻrniga profilaktika inspektorining jamoat tartibini saqlash boʻyicha 
yordamchisi lavozimi joriy etiladi. 
Bu lavozimga joylarda malakali huquqshunos, masalaga qonun nuqtai nazaridan 
yondashadigan fidoyi kadrlar ishga olinadi. 
Biz qanchalik qiyin boʻlmasin, chekka-chekka hududlarda ham “Jinoyat haqiqati 
va adolati” tamoyilini albatta joriy etishimiz kerak. Yaʼni, jinoyat soʻzsiz fosh 
etilishi va aybdor jazolanishi shart. 
Bu masalaga faqat huquq-tartibot organlarining vazifasi, deb qaramasdan, butun 
jamiyatimiz birlashib, qattiq kurash olib borishi zarur. 

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin