Birinchi vazifa –
davlat mulklarini xususiylashtirish sohasida boshlangan
ishni oxiriga etkazish.
Ikkinchi vazifa
– ishlab chiqarishning pasayishiga barham berish va
makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash.
Uchinchi vazifa
– milliy valyuta-so‘mni yana ham mustahkamlashdan iborat.
To‘rtinchi vazifa
– iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini tubdan o‘zgartirish,
xom ashyo etkazib berishdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga o‘tish.
O‘tish davrining ikkinchi bosqichida aholining kam ta’minlangan qatlamlarini
ijtimoiy himoyalashni kuchaytirish, ularga tegishli yordam ko‘rsatish borasida
birinchi bosqichda tutilgan yo‘l davom ettiriladi.
Shunday qilib, O‘zbekistonda iqtisodiyotni bozor munosabatlariga
o‘tkazishda ikki bosqichli taraqqiyot yuzaga keladi. Birinchi bosqichda davlat
sektori va bozor xo‘jaligidan iborat yarim erkinlashgan iqtisodiy tizim yuzaga
keladi. Ikkinchi bosqichda iqtisodiyot to‘liq erkinlashtiriladi, xususiylashtirish
tugallanadi, narxlar erkin qo‘yib yuboriladi, davlat korxonalarining monopol
mavqei tugatiladi.
Lekin bundan respublikada iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish maqsadiga
to‘liq erishildi va bu sohada qo‘yilgan vazifalar to‘liq bajarildi degan xulosa
kelib chiqmaydi. Chunki bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik
davlat barpo etish, fuqarolik jamiyatining mustahkam poydevorini
shakllantirish har bir davrda kun tartibiga yangi vazifalarni qo‘yadi.
Birinchi Prezidentimiz I. Karimov ta’kidlab o‘tganlaridek, hozirgi
bosqichda «erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish nafaqat iqtisodiy,
3
Karimov I.A. O`zbekiston buyuk kelajak sari. T.: O`zbekiston, 1998. 332-333 betlar.
29
balki ham ijtimoiy, ham siyosiy vazifalarni hal qilishning asosiy shartidir»
4
.
Bu esa iqtisodiyot sohasida quyidagi aniq vazifalarni amalga oshirishni ko‘zda
tutadi.
Iqtisodiyotning barcha sohalari va tarmoqlarida erkinlashtirish
jarayonini izchillik bilan o‘tkazish va iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish;
Xususiylashtirish jarayonini yanada chuqurlashtirish va shu asosida
amalda mulkdorlar sinfini shakllantirish;
Mamlakat
iqtisodiyotiga
xorij
sarmoyasini,
avvalo,
bevosita
yo‘naltirilgan sarmoyalarni keng jalb etish uchun qulay xuquqiy shart-sharoit,
kafolat va iqtisodiy omillarni yanada kuchaytirish;
Kichik va o‘rta biznes iqtisodiy taraqqiyotda ustivor o‘rin olishiga
erishish;
Mamlakatning eksport salohiyatini rivojlantirish va mustahkamlash,
iqtisodiyotimizning
jahon
iqtisodiy
tizimiga
keng
ko‘lamda
integratsiyalashuvini ta’minlash;
4
Qarang: I.A. Karimov "Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot pirovard maqsadimiz". T.: O`zbekiston,
2000. 15-bet.
|