Angren universiteti “ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi


Xulosa ……………………………………………………………………………….29



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/13
tarix01.08.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#138305
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bozor iqtisodiyotida davlatning roli va vazifalari

Xulosa ……………………………………………………………………………….29
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati ……………………………….…32



Kirish.
Bozor iqtisodiyoti bu erkin raqobatga asoslangan iqtisodiyot bo'lib 
resurslarga xususiy mulkchilik, iqtisodiy faoliyatda va tadbirkorlikda erkinlik, 
iqtisodiy jarayonlarni tartiblashda va uyg'unlashtirishda bozor mexanizmidan 
foydalanish bilan tavsiflanadi.
Bozor iqtisodiyoti - tovar-pul munosabatlariga asoslangan, turli 
mulkchilikka hamda iqtisodiy erkinlikka tayangan va raqobat vositasida 
boshqarilib turuvchi demokratik iqtisodiyot. Bozor iqtisodiyoti insoniyat 
taraqqiyotida mavjud bo'lgan eng progressiv va istiqbolli tizimdir. Bozor 
iqtisodiyotining asosini tovar ishlab chiqarish tashkil etadi, chunki bu yerda 
natural xo'jalik emas, balki tovar xo'jaligi hukmron bo'ladi. Yaratilgan 
mahsulotlar va xizmatlar tovar shakliga ega bo'ladi, ya'ni ular bozorda oldi-
sotdi qilish uchun yaratiladi. Bozor iqtisodiyotiga barter emas, balki tovar 
ayirboshlash, ya'ni oldisotdi yuritish xos. Shu bois natural iste'mol o'rniga 
tovar iste'moli ustuvorlik qiladi. Bozor iqtisodiyoti iqtisodiy liberalizm, ya'ni 
erkinlik, mulkiy erkinlik va xo'jalik yuritish erkinligiga asoslanadi.
Bozor iqtisodiyotida yakka tartibda, o'z mulki va mablag'iga tayangan 
holda, korporativ, sherikchilik asosida yer, bino, inshootlar, mashinalarni 
ijaraga olish, pulni qarzga ko'tarib ish yuritish usullari mavjud bo'ladi. 
Bozordagi narx talabdan kelib chiqqan holda talab — taklif nisbati asosida 
shakllanadi. Bozor iqtisodiyoti iqtisodiy sub'yektlar alohidalashganidan ular 
manfaati to'qnashadi va shunday sharoitda raqobat paydo bo'ladi. Raqobat 
bozor iqtisodiyotini harakatga soluvchi kuch, uning rivojlanishini ta'minlovchi 
mexanizm hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti boshqarishning iqtisodiy usullariga 
tayanadi. Bozor mexanizmi iqtisodiy rag'batlantirish mexanizmi bo'lib, uning 
asosiy vositasi puldir. Pul topishga intilish tovar va xizmatlarni ko'plab hamda 
sifatli qilib ishlab chiqarishni ta'minlaydi. Bozor iqtisodiyotida pul boylikning 
umumiy va eng qulay shakliga — hammabop iqtisodiy aloqalar vositasiga 



aylanadi. Bozor iqtisodiyoti tovar taqchilligi bo'lmagan, tovarlar mo'lko'lligi 
ta'minlanadigan iqtisodiyotdir.
Hozirgi Bozor iqtisodiyoti madaniylashgan iqtisodiyot bo'lib, unga quyidagi 
belgilar
xos: mulkiy
xilma-xillik,
tartiblanadigan
iqtisodiyot, 
davlatning iqtisodiyotga aralashuvi, madaniy va xalol raqobat, kuchli 
hamkorlik aloqalari, iqtisodiy tangliklarning qisqa davrda va yengil kechishi, 
ommaviy farovonlik, ijtimoiy tabaqalanishning chuqur bo'lmasligi, o'ziga to'q va 
farovon yashovchi o'rtahol tabaqa mavqeining oshib borishi, ijtimoiy 
muvozanatning saqlanishi va fuqaroviy to'qnashuvlarga o'rin qolmasligi va boshqa. 
Bu belgilar hozirgi Bozor iqtisodiyotini harakterlaydi, lekin uning taraqqiyoti shu 
bilan cheklanmaydi.
Bozor iqtisodiyoti modellari — bozor iqtisodiyotining turlari. Bozor 
iqtisodiyoti modellari modelning iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarga xos 
bo'lgan aralash iqtisodiyot, ijtimoiy bozor xo'jaligi va korporativ iqtisodiyot 
ko'rinishlari mavjud.
 
Iqtisodiy tizim - iqtisodiy mahsulotni ishlab chiqarish, taqsimot, 
ayirboshlash va iste'mol jarayonida paydo bo'ladigan asosiy iqtisodiy 
munosabatlarning shakl va mazmunini belgilab beradigan, mamlakatda tarixan 
paydo bo'lgan yoki joriy etilgan, amal qiladigan tamoyillar, qoidalar, qonun 
yo'li bilan mustahkamlangan normalar majmui.
 
Iqtisodiy tizim doirasida iqtisodiyot sub'yektlari, ishlab chiqarish omillari 
o'zaro munosabatga kirishadilar va bu munosabatlar ma'lum qonun- qoidalarga 
binoan boshqariladi. Iqtisodiy tizim faoliyati mulk, pul va pul tizimi, davlat va 
nodavlat tashkilotlari, korxona, soliq, daromad, reja, foyda kabi bir qator 
vositalar yordamida tashkil qilinadi.

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin