8
-
turli shakllardagi mulkchilikning mavjud bo’lishi va unda xususiy
mulkchilikning ustuvorligi;
-
tadbirkorlik va tanlov erkinligi;
-
raqobat
kurashming mavjudligi;
-
davlatning iqtisodiyotga cheklangan holda aralashuvi;
-
korxona va firmalaming ichki va tashqi shart-sharoitlar o‘zgarishlariga
moslashuvchanligi.
Bozor iqtisodiyotining bu belgilari uning barcha bosqichlari uchun
umumiydir. Lekin bozor iqtisodiyotining mazmuni va belgilari haqida gap
borganda bu iqtisodiyotning tarixan tarkib topgan ikki turini bir-biridan farq
qilish zarur. Uning birinchi ko‘rinishi
uzoq vaqt davomida shakllanib,
g‘arbdagi rivojlangan mamlakatlarda XIX asrning oxirlarigacha davom etib
keldi. U iqtisodiy adabiyotlarda klassik yoki sof bozor iqtisodiyoti deb nom
oldi. Uning asosiy belgilari:
a)
iqdisodiy faoliyat yuritishning xususiy mulkchilikka asoslanganligi;
b)
kapital va ishlab chiqarishning korxona miqyosida umumlashligi;
v) tadbirkorlar,
ishchilar, tovar ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarning
shaxsan erkinligi;
g) tadbirkorlarning yuqori foyda olish uchun kurashlari;
d)
iqlisodiyotning talab va taklif, erkin bozor narxi va raqobat kurashlari
asosida
tartiblanishi;
e)
aholining
ijtimoiy himoya qilinmasligi, ishsizlikning va aholi ijtimoiy
tabaqalashuvining kuchayishi;
j) bozor harakatlarining stixiyali amalga oshirilishi, noma’lum bozor uchun
ishlash.
Bozor iqtisodiyotining ikkinchi ko‘rinishi hozirgi zamon rivojlangan
iqtisodiyoti
deb atalib, XIX asming oxiri va XX asr boshlaridan buyon amal
qiladi. Uning asosiy belgilari:
9
a)iqtisodiy va tadbirkorlik faoliyatini yuritishning turli mulkchilik shakllari,
ya’ni xususiy, davlat, jamoa, aralash va boshqa mulk shakllariga
asoslanganligi;
b)kapital va ishlab chiqarishning yuqori darajada umumlashganligi,
mulkning bir qismi yirik monopoliyalar va davlat qo‘lida to‘planib, milliy va
xalqaro miqyosda umumlashganligi;
v) iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning faol ishtiroki.
Bunda davlat fan-
texnika taraqqiyoti va boshqa omillarni hisobga olib, turli iqtisodiy tadbirlarni,
rivojlanish istiqbolini aniqlash, turli sohalar va tarmoqlar o‘rtasidagi
nisbatlami tartibga solish chora-tadbirlarini belgilash vazifalarini bajaradi;
g) xo‘jaliklarni yuritishda reja usulidan foydalanishning kuchayishi (biznes
rejasi, prognozlash, turli xil dasturlar asosida ishlash, buyurtmalarni bajarish,
marketing tizimi orqali boshqarish va boshqalar);
d) ijtimoiy himoyaning kuchayishi.
Bunda davlatga, jamoalar va xususiy
kishilarga tegishli turli xil ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug'urta fondlarining
vujudga kelishi.
Bu har ikkala turda bozor iqtisodiyotining asosiy belgilari va xususiyatlari
saqlanib qoladi, ularda tovar va pulning harakati, ulaming qonun- qoidalari
rivojlanish uchun negiz va shart-sharoit bo’lib xizmat qiladi.
Hozirgi zamon bozor xo‘jaligi iqtisodiyotdagi
xususiy va davlat
sektorlarining o‘zaro aloqasiga asoslanadi. Iqtisodiyotga ta’sirning intensivligi
darajasi hamda davlat tomonidan hal etiluvchi ustuvor vazifalardan kelib
chiqqan holda, zamonaviy bozor iqtisodiyotining quyidagi modellari
farqlanadi (2-rasm).
Dostları ilə paylaş: