Angren universiteti “ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi


III. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning sobiq sotsialistik mamalakatlar yo‘li



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/13
tarix01.08.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#138305
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bozor iqtisodiyotida davlatning roli va vazifalari

III. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning sobiq sotsialistik mamalakatlar yo‘li.


21 
Bu mamlakatlarda davlat mulki hukmron mavqega ega bo‘lib, iqtisodiyot 
davlat tomonidan markazlashgan tarzda tuzilgan rejalar asosida boshqarilgan.
Yaratilgan mahsulot ham davlat tomonidan taqsimlangan.
Totalitar iqtisodiyotning bozor bilan umumiyligi yo‘q, ular bir-biriga zid, 
tabiatan har xil. Shuning uchun ham bu modelda aholiga bozor munosabatlari 
g‘oyalarini singdirmay, ularda yangicha ko‘nikma hosil etmay turib, bozor 
iqtisodiyotiga o‘tib bo‘lmaydi. Lekin bu tizimning afzalligi shundaki, u o‘ziga 
xos yo‘llar bilan kuchli ishlab chiqarish va ilmiy-texnikaviy kadrlar 
potensialini yaratgan. Ularga tayangan holda bozor iqtisodiyotiga o‘tish 
nisbatan engil kechishi mumkin.
Bu tizimga kirgan mamlakatlarda xususiy mulk tamomila yo‘qotilgan yoki 
qisman mavjud. Tadbirkorlikka intilish, iqtisodiy taraqqiyot darajasi turlicha; 
masalan, Polsha, Vengriya, Germaniyada xususiy mulkchilik ancha 
saqlangan. Sobiq ittifoqda esa akincha, xususiy mulk tamomila yo‘qotilgan. 
Bularning hammasi albatta, bozor iqtisodiyotiga o‘tishda o‘z ta’sirini 
o‘tkazadi.
Mustamlakachilikdan ozod bo‘lib, mustaqil rivojlanayotgan mamlakatlarning 
bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘lining xususiyati -bu qoloq, an’anaviy 
iqtisodiyotdan erkin bozor iqtisodiyotiga o‘tishdir. Nihoyat, sobiq sotsialistik 
mamlakatlar yo‘lining muhim belgisi markazlashtirilgan, ma’muriy — 
buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan hozirgi zamon rivojlangan bozor 
tizimiga o‘tishdan iboratdir. Bu yo‘lning boshqa yo‘llardan farqi shundaki
totalitar iqtisodiyotning bozor iqtisodiyoti bilan umumiyligi yo‘q, ular 
batamom bir-biriga zid. Shu bilan birga uchinchi yo‘lda bozor 
munosabatlariga o‘tayotgan mamlakatlarning o‘zi o‘tish sharoitlari, iqtisodiy 
rivojlanish darajasi, mulkchilik va xo‘jalik yuritish shakllari bilan bir-
birlaridan farqlanadi. Bularning hammasi bozor iqtisodiyotiga o‘tishning 
mazkur yo‘lining o‘ziga xos xususiyatlaridir.


22 
O‘tish davrida bozor iqtisodiyotini shakllantirishning asosiy yo‘nalishlari 
bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
1.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish.
2.
Iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish va raqobat muhitini 
yaratish.
3.
Institutsional o‘zgarishlar.
4.
Tarkibiy o‘zgarishlar.
5.
Makroiqtisodiy, asosan, moliyaviy barqarorlashtirish.
6.
Bozor
xo‘jaligiga mos bo‘lgan
aholini
ijtimoiy 
himoyalash tizimini shakllantirish.


Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin