Xulosa va takliflar
Bozor va bozor iqtisodiyoti tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi
natijasida vujudga kcladi.
Bozor munosabatlari subyektlari o‘zaro bogiiq holda va aloqada bandlik,
milliy daromad va ishlab chiqarishning umumiy haj- mi kabi ijtimoiy ishlab
chiqarish natijalarini aks ettiradigan va doimiy harakatda bo‘ladigan daromad
lar va xarajatlar oqimini shakllantiradi.
Bozor munosabatlarining har bir ishtirokchisi o‘z maqsad va
manfaatlaridan kelib chiqib, mustaqil qaror qabul qiladi. Aynan xo‘jalik
yurituvchi subycktlaraing iqtisodiy erkinligi va mustaqilligi bozor
ko‘rinishidagi iqtisodiy munosabatlarni vujudga keltiradi hamda o’z
rivojlanishining tabiiy-evolyusion, dinamik xususiyatini belgilab beradi.
Bozor iqtisodiyoti
— murakkab ijtimoiy-iqtisodiy
tizim bo‘lib,
birlashgan, o‘zaro bog’langan va birgalikda harakatlanadigan bir qator tarkibiy
tuzilmalami o‘z ichiga oladi.
Bozor iqtisodiyotining samarali amal qilishi uchun uning infratuzilmasi
shakllantiriladi. Bozor infratuzilmasi — bu bozor munosabatlariga ko‘mak
berishga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy institutlar tizimidir.
Bozor iqtisodiyoti tizimining afzalligiga qaramay, shunday muammolar
borki, ulami bozor mexanizmi vositasida hal etish kam samara keltiradi yoki
umuman hal etib bo‘lmaydi. Ana shunday muammolarni hal etish uchun
davlat ulami o‘z zimmasiga olishi yoki zarur shart-sharoitlami yaratib berishi
kerak.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrining umumiy mazmuni iqtisodiy
munosabatlarning alohida unsurlarini isloh qilish yoki iqtisodiy siyosatga
tuzatishlar kiritish emas, balki butun iqtisodiy munosabatlar tizimini
o‘zgartirishdan iboratdir.
O’tish davri quyidagi mezonlar bilan tavsiflanadi: sikllilik (jamiyatda u
yoki bu tarkibiy o‘zgarishlaming qaytarilib turishi), beqarorlik (jamiyatda
31
mavjud bo‘lgan turli kuchlaming kurashi va o'zaro ta’siri), muqobillik
(islohotlar va rivojlanish yoilarini tanlash imkoniyati), tarixiylik (eski
tizimning yo‘qolib ketishi, o‘miga boshqa tizimning vujudga kelishi, uning
rivojlanishi).
O‘zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o‘tishda tanlagan yo‘li - o‘ziga
xos madaniy, tarixiy, iqtisodiy va tabiiy xususiyatlarini hamda bu yo‘ldagi
jahon tajribasini hisobga olgan holda revolyusion to‘ntarishlarsiz, ijtimoiy
to‘qnashuvlarsiz, ijtimoiy himoyani kuchaytirgan holda asta-sekinlik, lekin
qat’iyatlilik bilan bosqichma-bosqich rivojlangan bozor iqtisodiyotiga
o‘tishdan iboratdir.
Iqtisodiy islohotlar - bu bozor munosabatlarini shakllantirishga
qaratilgan chora-tadbirlar majmuidir. Iqtisodiy islohotlardan ko‘zda tutilgan
maqsad mamlakat aholisi uchun yashash va xo‘jalik faoliyati yuritishning eng
yaxshi sharoitlarini yaratish, ulaming ma’naviy-axloqiy yetukligiga erishish,
iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlashdan iborat,
Iqtisodiy islohotlaming bosh bo‘g‘ini mulkchilik munosabatlarini tubdan
o‘zgartirishdir, chunki shu orqali ko‘p ukladli iqtisodiyot va raqobatlashish
muhiti shakllantiriladi hamda bozor iqtisodiyotiga o‘tishning shart-sharoitlari
vujudga keltiriladi.
Respublikada bozor iqtisodiyotiga o'tish davrida, iqtisodiyotni
rivojlantirish borasida bir qator vazifalar turadi. Bular xususiylashti- rish va
raqobatchilik muhitini shakllantirish jarayonlarini chuqur- lashtirish;
makroiqtisodiy barqarorlikka erishish; milliy valyutani mustahkamlash;
iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini tubdan o'zgartirish; ijtimoiy kafolatlari kuchli
bo‘lgan demokratik davlatni shakllantirish vazifalaridir.
O’tish davrida olib borilayotgan iqtisodiy islohotlami keng aholi
qatlamlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanishining asosiy sharti islohotlaming
ijtimoiy yo‘naltirilganligidir.
32
Milliy taraqqiyotimizning hozirgi pallasida mamlakatimizni isloh etish
va modernizatsiyalash jarayonlari yanada kuchaytirilib, pirovard strategik
maqsadimiz - ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan ochiq
demokratik davlat barpo etish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo‘lidagi
harakatlar izchil ravishda amalga oshiriladi. Modemizatsiya juda keng
tushuncha bo‘lib, bugungi kunda uni jamiyat hayotining turli jabhalarini
tubdan o'zgartirish, уangilash, bu borada taraqqiyotni jahondagi mavjud ilg‘or
andozalar tomon yo‘naltirish va takomillashtirish jarayonlarining majmui sifa-
tida ifodalash mumkin.
|