20
tabaqalanishiga yo‘l qo‘ymaslik, davlat mulkining ulushining boshqa
modellarga qaraganda ko‘pligi (25-30%) bilan ajralib turadi. Bu model
Germaniya,
Avstriya, Skandinaviya mamlakatlariga xos.
2.
Aralash yoki erkin bozor iqtisodiyoti modelida esa davlat tadbirkorlikni
rivojlantirish uchun sharoit yaratishi, iqtisodiyotni tartiblashda ustun darajada
taktik usullardan foydalanish, iqtisodiyotda davlat mulkining hissasi (10%
atrofida) kamligi, aholining tabaqalanishi, ish haqidagi farqning kattaligi bilan
ajralib turadi. Bu modelni qo‘llagan eng tipik
mamlakat sifatida AQSH ni
ko‘rsatish mumkin.
3.
Korporativ iqtisodiyot modeli davlatning yirik biznes manfaatini
himoya qilish, asosiy ustuvor tarmoqlarni aniqlab,
ularning rivojlanishiga
yordam berish, davlat mulki hissasi kamligi, lekin ish haqidagi farq haddan
tashqari katta emasligi bilan farqlanadi.
Bu muhim muvaffaqiyat bilan
Yaponiyada va uning izdoshlari bo‘lgan mamlakatlarda qo‘llangan.
II.Mustamlakachilikdan ozod bo‘lib, mustaqil taraqqiyot yo‘liga o‘tib
rivojlanayotgan Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari yo‘li.
Bu yo‘l mustamlakchilikdan qolgan qoloq, an’anaviy iqtisodiyotdan bozor
iqtisodiyotiga o‘tish yo‘lidir. Bunda bozor iqtisodiyotiga
xos belgilar turli
xo‘jaliklar: azaliy natural xo‘jalik, rivojlanish darajasi, bozor munosabatlariga
tortilishi jihatidan farq qilishiga qaramay, transformatsiya (aylana borishi)
orqali yuz beradi.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda bozor iqtisodiyotiga o‘tish: a) bozor
infrastrukturasini
yaratish; b) iqtisodiyotni borqarorlashtirish; v) sanoat
tarmoqlarini (ayniqsa qayta ishlovchi) vujudga keltirish orqali yuz beradi.
Bu mamlakatlar uchun bozor iqtisodiyotiga kirib
borish mustaqillik garovi
hisoblanadi. Sababi bozor iqtisodiyotiga o‘tish ishlab chiqarishning jadal
o‘sishiga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: