Anguage and literature



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/65
tarix25.12.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#195155
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   65
uzb-2019 3-son

KEYSNING YECHIMI
Ushbu keysni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun
talabalar “O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari” yuzasi-
dan chuqur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lmoqlari 
zarur. Chunki 1-keysda 
b, d
kabi undosh, 
u, a
kabi unli 
harflarning talaffuzi va yozilishidagi tafovut o‘z ifodasini 
topgan va unga oid qoidalar ko‘zda tutilgan. Masalan, 
ikkinchi guruhga a harfining imlo qoidasini bilish talab 
etilardi. Jumladan, 
bahor, zamon; savol, gavda; vasva
-
sa
kabi so‘zlar ning oldingi bo‘g‘inida old qator keng unli 
ifodalanib 
vaqt, vahm
kabi so‘zlardagi kabi 
a
aytiladi va 
yoziladi. 
Hammom
so‘zining 
xammom
tarzda aytilish va yozi-
lishidagi tafovutga ham ayni qoida asosida izoh berish 
mumkin. O‘qituvchining katta xatosi ham shu qoidani 
yodga olmaganida bo‘ldi, deyish mumkin.
KEYS-STADI: 
“Kim aybdor?”
Hamkasbim Mahfuzaning qizi 4-sinfda o‘qiydi. U 
ona tili faniga juda qiziqadi. Kechqurun dars tayyorlab 
o‘tirganida Mahfuza undan: 
– Bugun ona tilidan qaysi mavzuni o‘tdilaring? – deb 
so‘radi. Shunda qizi:
– “Egalik qo‘shimchalarining yozilishi” mavzusini o‘t-
dik, – deb javob berdi.
– Egalik qo‘shimchasi qanday yozilar ekan? – deb 
so‘radi oyisi.
– Egalik qo‘shimchasi o‘zakka qo‘shilganda tovush 
almashadi, – dedi qizi.
– Qaysi tovush qanday tovushga almashadi? – yana 
so‘radi Mahfuza. Lekin qizi bu savolga javob bera ol
-
madi.
– Mavzuni tushunmadingmi? – yana savolga tutdi 
oyisi.
Tushundim, masalan, 
qishloq
– 
qishlog‘i

kurak
– 
kuragi
so‘zlari bunga misol bo‘ladi.
– Mavzu yuzasidan o‘qituvchilaring qanday qoida 
o‘rgatdi? 
– Egalik qo‘shimchasi o‘zakka qo‘shilganda tovush 
almashadi, – deb aytdilar.
Ona tili kitobingni ber-chi, qizim, – dedi Mahfuza.
Kitobni ochganida 76-sahifada “Egalik qo‘shimchasi 
o‘zakka qo‘shilganda quyidagicha o‘zgarish ro‘y bera-
di: tovush almashadi, tovush tushadi” degan qoidani 
ko‘rdi. Mahfuza imlo qoidalaridagi egalik qo‘shimchasi-
ga oid ma’lumotni yodga oldi va darslikdagi holatga 
hayron bo‘ldi.

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin