KEYSNING YECHIMI Ushbu keysni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun
talabalar “O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari” yuzasi-
dan chuqur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lmoqlari
zarur. Chunki 1-keysda
b, d kabi undosh,
u, a kabi unli
harflarning talaffuzi va yozilishidagi tafovut o‘z ifodasini
topgan va unga oid qoidalar ko‘zda tutilgan. Masalan,
ikkinchi guruhga a harfining imlo qoidasini bilish talab
etilardi. Jumladan,
bahor, zamon; savol, gavda; vasva - sa kabi so‘zlar ning oldingi bo‘g‘inida old qator keng unli
ifodalanib
vaqt, vahm kabi so‘zlardagi kabi
a aytiladi va
yoziladi.
Hammom so‘zining
xammom tarzda aytilish va yozi-
lishidagi tafovutga ham ayni qoida asosida izoh berish
mumkin. O‘qituvchining katta xatosi ham shu qoidani
yodga olmaganida bo‘ldi, deyish mumkin.
KEYS-STADI: “Kim aybdor?”
Hamkasbim Mahfuzaning qizi 4-sinfda o‘qiydi. U
ona tili faniga juda qiziqadi. Kechqurun dars tayyorlab
o‘tirganida Mahfuza undan:
– Bugun ona tilidan qaysi mavzuni o‘tdilaring? – deb
so‘radi. Shunda qizi:
– “Egalik qo‘shimchalarining yozilishi” mavzusini o‘t-
dik, – deb javob berdi.
– Egalik qo‘shimchasi qanday yozilar ekan? – deb
so‘radi oyisi.
– Egalik qo‘shimchasi o‘zakka qo‘shilganda tovush
almashadi, – dedi qizi.
– Qaysi tovush qanday tovushga almashadi? – yana
so‘radi Mahfuza. Lekin qizi bu savolga javob bera ol
-
madi.
– Mavzuni tushunmadingmi? – yana savolga tutdi
oyisi.
– Tushundim, masalan,
qishloq –
qishlog‘i ,
kurak –
kuragi so‘zlari bunga misol bo‘ladi.
– Mavzu yuzasidan o‘qituvchilaring qanday qoida
o‘rgatdi?
– Egalik qo‘shimchasi o‘zakka qo‘shilganda tovush
almashadi, – deb aytdilar.
– Ona tili kitobingni ber-chi, qizim, – dedi Mahfuza.
Kitobni ochganida 76-sahifada “Egalik qo‘shimchasi
o‘zakka qo‘shilganda quyidagicha o‘zgarish ro‘y bera-
di: tovush almashadi, tovush tushadi” degan qoidani
ko‘rdi. Mahfuza imlo qoidalaridagi egalik qo‘shimchasi-
ga oid ma’lumotni yodga oldi va darslikdagi holatga
hayron bo‘ldi.