18
e-mail: til_adabiyot@umail.uz
Ilg‘or pedagogik texnologiyalar
– Kelasi yili allaqaysi viloyatda “Hundai” zavodi ish-
ga tushar ekan.
– Endi O‘zbekistonda Davlat xizmatlari agentligi to
-
monidan allaqancha hujjatlarni bir onda olishimiz mum-
kin emish.
– Oliy ta’lim muassasalarida qaysidir yo‘nalishlar
bo‘yicha qabul kvotalari 2 barobar oshirilibdi.
– Tilshunoslar tomonidan lotin alifbomizdagi allaqay-
si harflarga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin ekan.
– “Yosh kitobxon” ko‘rik-tanlovida 14 yoshli o‘quvchi
qanchadir badiiy asar o‘qib, “Spark” avtomobilini yutib
olganmish.
Ushbu interfaol usul yordamida o‘quvchilarning
fanga oid nutqiy va lingvistik kompetensiya element-
lari, shuningdek, ijtimoiy faol fuqarolik, axborotlar bilan
ishlash, o‘z-o‘zini rivojlantirish kabi tayanch kompeten-
siyalarning elementlari shakllantiriladi. O‘quvchi imlo,
husnixat ustida ishlaydi, mustaqil fikrlash, keng dunyo
-
qarash, chuqur mulohaza yuritish ko‘nikmalarini oshi-
radi.
Dostları ilə paylaş: