Anguage and literature



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/65
tarix25.12.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#195155
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   65
uzb-2019 3-son

“Svetofor” usuli
Ushbu usulni ona tili fanining har bir darsida qo‘llash 
mumkin, chunki unda qoidalar ustida ishlash ko‘nikmasi 
oshiriladi. O‘quvchilar 3 xil rangdagi belgilarni ko‘taradilar: 
– 
qizil chiroq – “fikrga qo‘shilmayman yoki noto‘g‘ri 
qoida”;
– 
sariq chiroq – “bilmayman yoki notanish qoida”;
– 
yashil chiroq – “fikrni ma’qullayman yoki to‘g‘ri qoi
-
da”. 
O‘quvchilar o‘qituvchi aytgan qoidani tinglaydilar 
va partadoshi bilan maslahatlashib, tegishli chiroq-
ni ko‘taradilar. 9-sinfda “Ergashgan qo‘shma gap” 
mavzusini mustahkamlashda undan quyidagicha foy-
dalanish mumkin:
– “deb” so‘zi bog‘langan qo‘shma gap tarkibida-
gi sodda gaplarni bog‘laydi. (o‘quvchilar qizil belgini 
ko‘tarishlari kerak);
– bosh gap tarkibida ko‘makchili qurilma ishtirok 
etib, ergash gapni tobelantirib keladi (o‘quvchilar yashil 
belgini ko‘tarishlari kerak);
– “Olim bo‘lsang, olam seniki” gapida qo‘shma gap 
qismlarini shart bog‘lovchilari bog‘lagan (o‘quvchilar qi-
zil yoki sariq belgini ko‘tarishlari kerak);
– “Kechqurun osh suzsak, bir nasiba kam” gapi er-
gashgan qo‘shma gapning aniqlovchi ergash gap turiga 
mansub (o‘quvchilar qizil yoki sariq belgini ko‘tarishlari 
kerak);
– ega ergashgan qo‘shma gaplar hosil qilishda nis-
biy so‘zlardan foydalanish mumkin (o‘quvchilar yashil 
belgini ko‘tarishlari kerak).
“Svetofor” usulida o‘quvchilar qoidalarni og‘zaki 
aytishdan ko‘ra eshitib, tahlil qilib, to‘g‘ri qaror qabul qi-
lishlari ahamiyatli sanaladi.
“Yugurish diktanti” usuli
Ushbu interfaol usulni 5-sinf “Fonetika” bo‘limi mav-
zulari tugaganidan so‘ng qo‘llashni tavsiya etamiz. 
Metod juda qiziqarli bo‘lib, uning yordamida hamkor-
likda ishlash ko‘nikmasi shakllantiriladi. Har bir guruh 
uchun bir xil 3 ta matn tayyorlanadi. Matnda o‘qilishi 
va yozilishida farq seziladigan so‘zlardan foydalangan 
ma’qul. Diktant matnlari guruhlardan bir xil uzoq ma-
sofada turishi kerak. Har bir guruh o‘ziga kotib tanlaydi 
va bu o‘quvchi qatorlar oxiriga joylashadi. Guruhlar-
ning har bir ishtirokchisi so‘zlardan 3–4 tasini yodlab 
kelib, kotibga aytadi, kotib ular aytgan so‘zlarni yoza-
di. Keyingi ishtirokchi ham shu tarzda o‘qigan so‘zlarini 
esda saqlagan holda yugurib keladi va kotibga yozdi-
radi. Qay si guruh a’zolari birinchi yakunlasa, imlo xato-
lar kam qilsa, husnixatga amal qilsa, so‘z qoldirmasa, 
hamkorlikda ishlasa, g‘olib guruh sifatida e’lon qilinadi. 
Bunda quyidagi diktant matnidan foydalanish mumkin.
Ko‘zgu, qovun, million, uyqu, kulgi, savod, inshoot, 
tabiiy, vakuum, zehn, mumkin, muhim, doira, jonboz
-
lik, tomosha, metall, qat’iy, nikoh, mahalla, hisobot, 
axborot, saxovat, tonna, bunyod, majbur, teatr, do‘ppi, 
bodring, muammo, murojaat, fursat, marvarid, taajjub, 
jamoa,­pilla,­uchuq,­direktor,­sira,­zamon,­sentabr,­alan-
ga, o‘rin.
O‘quvchilarda matematik savodxonlik va yangiliklar-
dan xabardor bo‘lish, o‘z-o‘zini rivojlantirish, ijtimoiy faol 
fuqarolik, kommunikativlik kabi tayanch kompetensiya 
elementlari shakllantiriladi. 

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin