veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz
19
навбатчи
Ilg‘or pedagogik texnologiyalar
Inson ijtimoiy munosabatlar tizimining ko‘p qirra-
li, murakkab qismi bo‘lib, bir tomondan, ijtimoiy-tarixiy
taraqqiyotning mahsuli bo‘lsa, ikkinchi tomondan, o‘zi
ijtimoiy taraqqiyotni ta’minlaydi. Uzluksiz ta’lim jarayoni-
da darsni samarali tashkil etish ko‘p jihatdan uning turli
o‘quv vositalari –
tarqatmalar, axborot kommunikatsiya
texnologiyasi, ko‘rgazmali materiallar
bilan boyitilganli-
giga bog‘liq.
Uzluksiz ta’lim jarayonida o‘qituvchining ijodkorlik,
kashfiyotchilik xususiyatlarini inobatga olish kutilgan
natijani beradi. Bugun o‘qituvchining nafaqat kasbiy
mahoratini tashqi omillar ta’sirida takomillashtirish, bal-
ki uning o‘zini rivojlantirish uchun sharoit va motivatsiya
yaratish, ichki intilishlariga asoslanish muhim ahamiyat
kasb etmoqda.
Har bir fanning asosiy xususiyati, mazmuniy tarkibi,
amaliy, nazariy qismlarini inobatga olgan holda tarqat-
ma materiallar tayyorlash dars samaradorligining ka-
folati sanaladi.
Tarqatma materiallar
individual yoki
guruh uchun mo‘ljallanadi. Shunga ko‘ra ular guruh
yoki o‘quv chilar soniga qarab taqsimlanadi. Kartochka
(matn li) va perfokartochkalar (grafikli) mavzu maqsa
-
didan kelib chiqib puxta, mukammal ishlanishi lozim.
Bunda quyidagilarga e’tibor berish kerak:
– muammolarning hal etilishi;
– tadqiqotlar olib borish;
– turli vaziyatlar va holatlarni tahlil qilish;
– tajribalar o‘tkazish va mashqlar bajarish;
– yangiliklarni izlash va topishga yo‘naltirish.
Tarqatma material tayyorlashda, shuningdek:
– dars maqsadini belgilash;
– dars taqdimotining ajralmas qismi ekanligini ino-
batga olish;
– amaliy jihatdan o‘quvchi uchun foydaliligini ta’min-
lash;
– diqqatni asosiy mavzuga yo‘naltirish ham muhim
ahamiyat kasb etadi.
Tarqatma materialda:
– yorqin, jarangli nomdan foydalanish;
– ma’lumotni oqilona taqsimlash;
– grafikadan foydalanish;
– to‘liq gaplar o‘rniga tezislar yozish (bu nutqdagi
takrordan xoli bolishga yordam beradi);
– ikki xil shriftdan: diqqatni jamlash uchun kursiv, qa-
lin shrift yoki ostiga chizish usulidan foydalanish (ucha-
lasini birgalikda qo‘llash tavsiya etilmaydi);
– muallifning ismi, familiyasi va sanani ko‘rsatish;
– vizual idrokni osonlashtirish va kerakli ma’lumotni
tezroq topish uchun asosiy g‘oyalar va ma’lumotlarni
modullarga ajratish;
Dostları ilə paylaş: