“Flip-Flop” usuli
Ushbu interfaol usulni darslikning barcha mavzu-
larida samarali qo‘llash mumkin. 6-sinfda “Majhul nis-
bat” va “O‘zlik nisbati” mavzularini mustahkamlashda
foydalanish uchun o‘quvchilarga tarqatma materiallar
beriladi. Tarqatma ikki qismdan iborat bo‘lib, unda ikki
xil so‘zlar jamlanmasi yozilgan bo‘ladi. O‘qituvchi “Flip!”
(Och!) deganda o‘quvchilar qog‘ozlarni ochib, so‘zlar
tarkibidan majhul nisbatdagi fe’llarni, “Flop!” (Yop!) de
-
ganda esa o‘zlik nisbatdagi fe’llarni topadilar. O‘quvchi-
lar o‘yinda partadoshi bilan juftlikda ishtirok etadilar.
Qaysi juftlik ko‘proq va to‘g‘ri topsa, ularga hamkorlik
uchun rag‘bat kartochkasi beriladi. Bunday quyidagi
so‘zlardan foydalanish mumkin:
Shahlo OSHIQOVA,
Namangan viloyati Mingbuloq tumanidagi13-son davlat ixtisoslashtirilgan
maktab-internatining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi
INTERFAOL USULLAR YORDAMIDA MUSTAHKAMLAYMIZ
Majhul nisbatni toping!
O‘yladi, qiynalyapti, o‘qildi, teshilmoqda,
varaqla dim, tanilgan, uzma, ayrildi, solding,
yuvindi, pishirilgan, taranyapti, gullagan, suya-
nadi, sog‘inma, so‘zlandi, kulma, qayrilgan,
ishondim, yutingan, taklif qilindi, kiyindi…
O‘zlik nisbatni toping!
Tashlandi, ko‘rindi, o‘yladi, tanilgan, ayrildi,
pishgan, yuvindi, taranyapti, gullagan, suyana-
di, so‘zlandi, kulma, qayrilgan, bo‘g‘ildi, chan-
qayapti, yutingan, kiyindi, o‘qibdi, qiynalyapti,
teshilmoqda, otgan…
2-qismdagi topshiriq:
O‘quvchilar bu nisbat qo‘shimchalari bir xil bo‘lgan-
ligi uchun farqlashga qiynaladilar, lekin juftlikda ishlash
asnosida bu qiyinchilikni yengish mumkin. Ushbu inter-
faol usul o‘quvchilarning qisqa vaqt davomida diqqatini
jamlab, murakkab mavzuni aniq va tushunarli usulda,
jo‘shqin kayfiyatda bajarishi bilan ahamiyatli.
Dostları ilə paylaş: |