Anguage and literature



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/65
tarix25.12.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#195155
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   65
uzb-2019 3-son

Ijtimoiy-madaniy
tayyorgarlik omillari quyidagicha:
Til masalalari bilan shug‘ullanuvchi fanlarda tilga 
insonlar o‘rtasidagi aloqa vositasi, inson madaniyati-
ning muhim elementlaridan biri sifatida qaraladi. Til ma-
salalarini tadqiq etishga nisbatan bunday yondashish 
xorijiy til o‘qitish metodikasida ham tub o‘zgarishlarga 
sabab bo‘ladi. Natijada ta’lim maqsadi, ta’lim mazmu-
ni ham jiddiy o‘zgaradi. O‘quv muassasalarida xorijiy 
tilni o‘qitishdan maqsad til o‘rganuvchilarning madani-
yatlararo muloqot qilish layoqatini shakllantirishdan 
iborat. Mazkur maqsadning talqiniga ko‘ra til aspekt-
larini (talaffuz, leksika, grammatika) o‘rgatish, gaplar-
ni nutq jarayonida grammatik, talaffuz, leksik, uslubiy 
jihatdan to‘g‘ri qo‘llash ta’lim vositasi sifatida qaraladi. 
Madaniyatlararo muloqot qilish layoqati murakkab 
tushuncha bo‘lib, uning tarkibiy qismlari bo‘yicha fanda 
yagona fikr yo‘q. 
Ko‘rilayotgan masalaga oid turli konsepsiya, fikr-mu
-
lohazalarni tahlil qilish va ularni umumlashtirish asno-
sida madaniyatlararo muloqot qilish layoqati tarkibida 
quyidagidek bir necha qismlarni kuzatish mumkin: 
Xorijiy tilda muloqot qilish layoqatining tarkibiy 
qismlari
Til bilish 
layoqati
Nutqiy 
layoqat
Ijtimoiy-
madaniy 
layoqat
Kompensator-
lik layoqati*
Ta’lim 
olish 
layoqati
Sotsiolingvistik 
layoqat
O‘quv 
predmeti 
mavzularini 
bilish layoqati
Umummadaniy 
layoqat
Mamlakatshunos-
likka oid layoqat
Izoh:
kompensatorlik layoqati – turli elat, millat, 
madaniyat elementlarini qiyoslash asosida u yoki bu 
Xorijiy til o‘qituvchisi
-
ning tayyorgarlik tizimi
Til tayyorgarligi
Umumfilologik tayyorgarlik
Ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik
Psixologik-pedagogik tayyorgarlik
Ijtimoiy-madaniy tayyorgarlik
Metodik tayyorgarlik


14
e-mail: til_adabiyot@umail.uz
Metodik tavsiya
madaniyat elementiga xos salbiy jihatlarni rad etish va 
uning o‘rniga boshqa ijobiy tomonlarni qabul qilishdir. 
Yuqoridagi sxemadan madaniyatlararo muloqot 
qi 
lish layoqatining murakkabligi kuzatilib, metodik 
tushun cha xorijiy til ta’limining maqsadi sifatida hisobla-
nishi xorijiy tillarni o‘qitish metodikasida yangidan-yangi 
muammolarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda.
Metodik
tayyorgarlikka ega bo‘lish bo‘lajak o‘qituv-
chidan quyidagi kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarni 
talab qiladi: 
a) psixologiya, pedagogika, til va ijtimoiy fanlardan 
olingan xorijiy til darslarida va ma’naviy-ma’rifiy tad
-
birlarda qo‘llaniladigan bilim, malakalarni yaxlit tarzda 
egallash va ularni kasbiy maqsadga yo‘naltira olish; 
b) o‘qituvchi shaxsini kamol toptirishga xizmat qiladi-
gan xorijiy til o‘qitish metodikasiga oid nazariy bilimlarni 
o‘zlashtirish va kasbiy-metodik malakalar tizimini yaratish.
Xorijiy til o‘qituvchisining kasbiy va metodik tayyor-
garligi deganda pedagogik faoliyatda kerak bo‘ladi-
gan metodik bilim, ko‘nikma va malakalar majmuyini 
o‘zlashtirish tushuniladi. Metodik tayyorgarlik bo‘la-
jak o‘qituvchining kasbiy-pedagogik tayyorgarligidagi 
yakuniy bosqich sanaladi. Xorijiy til o‘qituvchisi bo‘lish-
ni niyat qilgan talabaning kasbiy faoliyati uchun ikkita 
o‘zaro bog‘liq kasbiy malaka zarur bo‘ladi: 
a) xorijiy tildagi nutqiy faoliyat turlarida kommunika-
tiv malakaning shakllanganligi; 
b) muayyan sharoitda ushbu nutqiy faoliyat turlarini 
o‘rgata olish malakasining shakllanganligi. 
Malakalarning ikkinchi toifasini hosil qilishda o‘quv 
rejasidagi barcha fanlar (va sohalar) ishtirok etadi. 
Chunki bu yerda umumiy pedagogik, ya’ni o‘qituvchiga 
xos ko‘nikma, malakalar haqida gap borar ekan, demak, 
barcha o‘qitiladigan fanlar metodik malakaning shaklla-
nishiga o‘z ulushini qo‘shadi. Binobarin, oliy ta’limning 
boshidan oxirigacha barcha o‘quv predmetlar mazmuni 
bo‘lajak o‘qituvchining kasbiy-pedagogik faoliyat yuri-
tishiga yo‘naltiriladi, natijada o‘qituvchi metodik tayyor-
garligi tizimining yaratilishi kafolatlanadi. Bu tizim ikki 
tarkibda, ya’ni bevosita va bilvosita namoyon bo‘ladi. 
Metodik tayyorgarlik tizimining bevosita ko‘rinishi 
nazariy va amaliy tayyorgarlikni, nazariy tayyorgarlik 
esa ma’ruza, maxsus kurs, seminar, kurs ishi, diplom 
ishi (malakaviy ish), talabaning metodik adabiyot bi-
lan mustaqil ishlashi kabilarni o‘z ichiga oladi. Amaliy 
tayyorgarlikka pedagogik amaliyot, amaliy-laborator, 
seminar mashg‘ulotlari, shuningdek, o‘quv dasturi, 
o‘quv-metodik majmua, audio-vizual vositalarni mus-
taqil o‘rganishni kiritish mumkin.
Tizim tarkibidagi bilvosita kichik tizim ham tegishli 
ish turlari: xorijiy tilni ixtisoslik sifatida o‘rgatishni peda-
gogik yo‘naltirish, xorijiy tilga oid darsdan tashqari 
ishlarni kasbiy yo‘naltirish hamda psixologiya va peda-
gogika fanlarini o‘qitishni ixtisoslikka moslab o‘rgatish 
kabilarni talab qiladi.
Xullas, xorijiy til o‘qitishning qaysi bosqichidan 
boshlab tilga oid amaliy mashg‘ulotlarni kasbga yo‘nal-
tirishning maqsadga muvofiqligi, til o‘rganishning «o‘zi 
uchun» (kommunikativ) hamda «o‘zgalar uchun» (kom-
munikativ-ta’limiy) kabi jihatlarini farqlash mezonlarini 
ishlab chiqish, ularning mazmunini aniqlash, tilni ikki 
darajada bilishning lingvistik, lingvodidaktik va psixo-
logik-metodik tavsiflanishi kabi masalalar ilmiy asosda 
ko‘rib chiqilgan emas.
Sohaviy adabiyotlarning tahlili, maktab o‘qituvchila-
rining kasbiy metodik omilkorligining talablarga javob 
bermasligi bo‘lajak xorijiy til o‘qituvchisining kasbiy 
mala kasini shakllantirish muammolarini kun tartibiga 
jiddiy masala qilib qo‘ymoqda. Binobarin, o‘qituvchi-
ning zamonaviy tayyorgarligi nafaqat davr talabiga, 
balki fan-texnika taraqqiyoti bilan hamohang bo‘ladi-
gan istiqboldagi ta’limga ham mos kelishi darkor. Ilmiy 
izlanishlar natijalariga binoan ta’lim samarasiga o‘quv 
dasturlari va darsliklar sifatidan ko‘ra o‘qituvchi tayyor-
garligi darajasi ko‘proq ta’sir o‘tkazadi. So‘nggi yillarda 
o‘tkazilgan ilmiy-nazariy anjumanlarda xorijiy til o‘qituv-
chisiga bog‘liq metodik tayyorgarlikning takomillashtiri-
lish zaruriyati alohida ahamiyat kasb etmoqda.
Xorijiy til o‘qituvchisini tayyorlash nazariyasi va 
amaliyotining tahlilidan kelib chiqib, metodik tayyor-
garlikni kuchaytirishga mo‘ljallangan quyidagi muhim 
muammolarni ko‘tarish va ularning yechimini topish shu 
kunning dolzarb masalalaridan biridir:
– oliy ta’lim tizimida xorijiy tilni ixtisos tarzida o‘rgatish 
maqsadlari va vazifalarini aniqroq belgilash, jumladan, 
har bir o‘quv predmeti oldiga qo‘yiladigan ta’limiy vazi-
falarni qayta ko‘rib chiqish;
– beriladigan pedagogik ixtisos nuqtayi nazaridan 
xorijiy til ta’limi mazmunini takommillashtirish; 
– o‘qituvchining kasbiy faoliyatida qo‘llaniladigan 
bilim, ko‘nikma va malakalar nisbatini aniqlash; 
– xorijiy til o‘qituvchisining o‘ziga xos pedagogik 
faoliyati tarkibi va mazmunini o‘rganish;
– kasbiy ahamiyatga molik malakalar minimumini 
tanlash;
– metodik tayyorgarlikni olib borishda fanlararo alo-
qalar tizimini yaratish;
– ilmiy asoslangan kasbiy yo‘nalishdagi usullar va 
mashqlarni ishlab chiqish;
– tayyorgarlik chog‘ida ta’limning zamonaviy texnik 
vositalaridan, shu qatorda kompyuterdan foydalanish 
metodikasini rivojlantirish;
– kasbiy malakalarning shakllanganlik darajasini 
tekshirish metodikasini yaratish;
– xorijiy til o‘qituvchisining bevosita metodik tayyor-
garligini yuksak darajada amalga oshirish usullarini to-
pish;
– talabalarning metodik tayyorgarligiga taalluqli 
o‘quv-tadqiqot va ilmiy-tadqiqot ishlarini to‘g‘ri yo‘lga 
qo‘yish;
– bo‘lajak xorijiy til o‘qituvchisining mustaqil ta’lim 
oli shi va o‘z-o‘zini tarbiyalashi masalalarini ishlab chi-
qish;
– o‘quv faoliyatining motivatsion tarafini ko‘tarish;
– talabalardagi pedagogik va xorijiy tilni o‘rganish 
qobiliyatlarining dinamikasini o‘rganish;
– o‘qituvchi shaxsini tarbiyalash, talaba o‘zini o‘qituv-
chi sifatida his etishi masalalarini ko‘rib chiqish;
– o‘quv rejasidagi metodik tayyorgarlik saviyasini 
ko‘tarishga qaratilgan jihatlarning takomili ustida ish-
lash;
– pedagogik ixtisos sifatida o‘rganilayotgan xorijiy 
tilning amaliy kursini kasbga yo‘naltirish va hokazo.


veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz
15
навбатчи
“Ma’rifat sinoatga to‘la dunyoni idrok etmoqlikdir. 
Tug‘ilganidan umrining so‘nggi daqiqalarigacha odam 
bolasini ayni shu intilish mukammallashtirib boradi”. 
Darhaqiqat, asrlar osha barcha zamonlarda har bir 
xalqda, har bir jamiyatda ta’lim-tarbiya ishlariga alohida 
e’tibor qaratilgan. Istiqlol yillarida res publikamizda ham 
ta’lim sohasidagi islohotlar davlat siyosatining ustuvor 
yo‘nalishi deb belgilandi. Ayniqsa, hozirgi globallashuv 
davri har bir o‘sib kelayotgan yosh avloddan zamon ta-
lablariga hozirjavoblik, ijodiy tafakkur teranligi va intel-
lektual faollik kabi xislatlarga ega bo‘lishni har qachon-
gidan dol zarb darajaga ko‘tarmoqda. 
Albatta, ana shunday yetuk yosh avlodni tarbi-
yalashda ona tili ta’limining o‘rni beqiyos. Mazkur fan-
ning ustuvor vazifalaridan biri esa imloviy savodxonlik 
hisoblanadi. Kishining o‘z fikrini og‘zaki va yozma nutq 
vositasida erkin va to‘g‘ri ifodalay olishi, imlo savodxon-
ligiga ega bo‘lishi yuksak madaniyat belgisi sanaladi. 
Qolaversa, yoza olish qobiliyatining rivojlangan bo‘li-
shi og‘zaki nutqning to‘g‘ri shakllanishiga ham katta 
ta’sir ko‘rsatadi. Bugungi kunda zamonaviy ta’limda 
keng qo‘llanilayotgan innovatsion texnologiyalardan 
biri “keys-stadi” metodi orqali orfografiya o‘qitishda 
yuksak natijalarga erishish mumkin. Biz ushbu o‘rinda 
respublika oliy o‘quv yurtlarining “Boshlang‘ich ta’lim“ 
yo‘nalishi talabalariga Orfografiya bo‘limini o‘qitishda 
qan day keyslarni qo‘llash mumkinligi haqida so‘z yurit-
moqchimiz.

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin