tilga oid tayyorgarligi quyi-
dagilarni qamrab oladi: o‘rganilayotgan til sohibi nutqiy
muloqoti darajasida va o‘quv-tarbiya jarayonini bosh-
qarish uchun yetarli kasbiy miqyosda kommunikativ
mala kalarni shakllantirish. Til sohibi darajasidagi kom-
munikativ malaka deganda, barcha nutqiy faoliyat tur-
larini erkin egallash va turli sharoitda ulardan bemalol
foydalana olish nazarda tutiladi.
Umumfilologik tayyorgarlik doirasiga kiradigan
tushun chalar:
a) xorijiy tilda muayyan hajmda nazariy bilimlarni
egallash;
b) asliyatdagi badiiy matnlarni sharhlash, matnda
uchraydigan mamlakatshunoslikka oid ma’lumotlar-
ni izohlash, o‘quvchining umumiy va filologik saviyasi
hamda qiziqishlarini oshirishga mo‘ljallangan xorijiy
tildagi adabiyotlarni mustaqil o‘qish malakalarini shakl-
lantirish.
Ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlikning mohiyati bo‘la-
jak o‘qituvchining dunyoqarashini shakllantirish bilan
bog‘liq:
a) ijtimoiy fanlardan mamlakatning iqtisodiy va siyo-
siy hayotiga oid bilim olish;
Ikromjon SAYDAMATOV, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili
nazariyasi va amaliyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi
CHET TIL O‘QITUVCHISINING KASBIY KOMPETENSIYASI b) o‘quv-tarbiyaviy ishlarda o‘quvchilar ma’naviyatini
oshirishga qaratilgan ma’lumotlardan foydalana olish;
d) o‘rganilayotgan sohalarni mukammal o‘zlashti-
rishga intilish;
c) turli auditoriyada erkin, fikrini asoslab gapira
olish, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni uyushtirish, mu
-
nozara yurita olish, “dumaloq stol atrofida” suhbat qura
olish, savol-javob kechalarini boshqara olish va h.k.
Psixologik-pedagogik tayyorgarlik uch qismdan
iborat jarayondir:
a) psixologiya va pedagogika fanlaridan o‘zlashtirila-
digan fundamental bilimlar;
b) pedagogika va psixologiyadan olinadigan kasbiy
bilimlar;
d) psixologiya va pedagogikadan egallanadigan
maxsus ko‘nikma hamda malakalar.