“Keys uslubi (ingl. Case method – keys uslub, Case-study – keys-stadi, aniq vaziyat uslubi, vazi- yatli tahlil uslubi) – real iqtisodiy, ijtimoiy va biznes- vaziyatlar ning tavsiflaridan foydalangan holda o‘quvchilarda aniq ko‘nikmalarni shakllantirish tex- nikasidir. O‘quvchilar vaziyatni tahlil qilishlari, muammo mo-
hiyatini tushu nishlari, mumkin bo‘lgan yechimlarni tak-
lif etishlari va ularning eng yaxshilarini tanlashlari ke-
rak. Keyslar real vaziyatga yaqin bo‘lgan materiallarga
asos lanadi”.
“Case-study” uslubi ishlab chiqilgan joy Garvard uni-
versiteti (AQSH) hisoblanadi. Dastlabki keysdan 1870-
yili Garvard universitetining huquq maktabi o‘quv jara-
yonida foydalanilgan. Ushbu uslub 1920-yildan e’tibo-
ran Garvard biznes maktabi (Harvard Business School)
ga joriy qilingan. Garvard biznes maktabi o‘qituv chilari
biznes yo‘nalishida o‘qiyotgan aspirantlarning dastur-
iga mos darsliklar mavjud emasligini tezda tushun-
dilar. Ularning ushbu muammoni hal etish bo‘yicha
qabul qilgan birinchi qarorlari biznes bo‘yicha yetak-
chi amali yotchilardan intervyu olish va bu menejerlar
nima bilan shug‘ullanganliklari, shuningdek, ularning
faoliyatiga ta’sir etadigan omillar haqida to‘la-to‘kis hi-
sobot yozishdan iborat bo‘ldi. Tinglovchilarga tanishish
va mustaqil hamda jamoaviy ravishda muhokama mo-
baynida yechimini topish uchun real tashkilot faoliyati-
da vujudga kelgan aniq bir vaziyatning tavsifi berilgan.
Bu uslub dastlab biznes sohasida kashf qilingan
bo‘lsa-da, hozirda dunyo mamlakatlarida ta’limning
turli sohalarida keng qo‘llanilmoqda.
Shuning uchun
bu metodga umumiyroq qilib, real vaziyatlardan olin-
gan muammo asosida o‘quvchilarda aniq ko‘nikmalarni
shakllantirish texnikasi
deb ta’rif berish mumkin.
Keyslar turli xususiyatlariga ko‘ra, bir necha toifaga
bo‘linadi.