Anguage and literature



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/65
tarix25.12.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#195155
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   65
uzb-2019 3-son

“Flip-Flop” usuli
Ushbu interfaol usulni darslikning barcha mavzu-
larida samarali qo‘llash mumkin. 6-sinfda “Majhul nis-
bat” va “O‘zlik nisbati” mavzularini mustahkamlashda 
foydalanish uchun o‘quvchilarga tarqatma materiallar 
beriladi. Tarqatma ikki qismdan iborat bo‘lib, unda ikki 
xil so‘zlar jamlanmasi yozilgan bo‘ladi. O‘qituvchi “Flip!” 
(Och!) deganda o‘quvchilar qog‘ozlarni ochib, so‘zlar 
tarkibidan majhul nisbatdagi fe’llarni, “Flop!” (Yop!) de
-
ganda esa o‘zlik nisbatdagi fe’llarni topadilar. O‘quvchi-
lar o‘yinda partadoshi bilan juftlikda ishtirok etadilar. 
Qaysi juftlik ko‘proq va to‘g‘ri topsa, ularga hamkorlik 
uchun rag‘bat kartochkasi beriladi. Bunday quyidagi 
so‘zlardan foydalanish mumkin:
Shahlo OSHIQOVA,
Namangan viloyati Mingbuloq tumanidagi13-son davlat ixtisoslashtirilgan 
maktab-internatining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi 
INTERFAOL USULLAR YORDAMIDA MUSTAHKAMLAYMIZ
Majhul nisbatni toping!
O‘yladi, qiynalyapti, o‘qildi, teshilmoqda, 
varaqla dim, tanilgan, uzma, ayrildi, solding, 
yuvindi, pishirilgan, taranyapti, gullagan, suya-
nadi, sog‘inma, so‘zlandi, kulma, qayrilgan, 
ishondim, yutingan, taklif qilindi, kiyindi…
O‘zlik nisbatni toping!
Tashlandi, ko‘rindi, o‘yladi, tanilgan, ayrildi, 
pishgan, yuvindi, taranyapti, gullagan, suyana-
di, so‘zlandi, kulma, qayrilgan, bo‘g‘ildi, chan-
qayapti, yutingan, kiyindi, o‘qibdi, qiynalyapti, 
teshilmoqda, otgan…
2-qismdagi topshiriq:
O‘quvchilar bu nisbat qo‘shimchalari bir xil bo‘lgan-
ligi uchun farqlashga qiynaladilar, lekin juftlikda ishlash 
asnosida bu qiyinchilikni yengish mumkin. Ushbu inter-
faol usul o‘quvchilarning qisqa vaqt davomida diqqatini 
jamlab, murakkab mavzuni aniq va tushunarli usulda
jo‘shqin kayfiyatda bajarishi bilan ahamiyatli.

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin