Glossariy
Animatsiya (Анимация, Animation) - Bir necha tasvir yoki kadrlarni ko’rsatish
orqali yaratiladigan harakat taqlidi. Televideniedagi multfilmlar animatsiyaning
bir turidir. Kompyuterlardagi animatsiya ko’ptashuvchili taqdimotlarning eng
asosiy tarkibiy qismlaridandir. Kompyuter monitorida ko’rish mumkin bo’lgan
animatsiyalarni yaratish imkonini beruvchi ko’plab dasturiy qo’llanmalar
mavjud. Animatsiya va video o’rtasidagi farqqa e’tibor bering. Video davom
etuvchi harakatdan iborat bo’lib, diskret kadrlarga bo’lingan bo’lsa, animatsiya
mustaqil rasmlar bilan boshlanib, ularni davom etuvchi harakat tasavvurini
yaratish uchun birlashtiradi.
Elektron matn (Электронная консультастия, Electronic text) – Axborot
tizimining
xotirasiga
yozilgan
matn
(hujjatlar,
kitoblar,
oynomalar,
ma’lumotnomalar va h.k.). elektron matnlar tizimlarda joylashgani sababli,
o’quvchilar (foydalanuvchilar) oldida yangi imkoniyatlar ochiladi. Matnning
ixtiyoriy tahlilini bajarish, kerak bo’lgan qatorlar, xatboshi, bo’lim va h.k.larni
topish mumkin.
Elektron pochta (Электронная почта, Electronic Mail) - tarmoqning eng
ommaviy xizmat turi bo’lib, foydalanuvchilar o’rtasida elektron xabarlar
almashish imkoniyatini beradi.
Elektron pochta manzili (Электронный почтовый адрес, Electronic mail
address) - elektron pochtaning har bir abonenti ega bo’lgan shaxsiy manzil.
Tizimdagi foydalanuvchi nomi, @ belgisi va pochta serveri ishga tushirilgan
kompyuter nomidan tarkib topgan ketma-ketlik bilan belgilanadi.
Elektron pochta qutisi (Электронный почтовый яшик, Electronic mail box)
- 1. Internet tarmog’i bo’ylab xabarlar jo’natish va qabul qilish uchun noyob
tartib raqamidan (elektron pochta manzili) dan foydalanadigan dasturiy-texnika
vositalari majmuasi. 2. Qabul qiluvchi so’ramaguncha elektron pochta xabari
saqlanadigan serverdagi o’rin. Aksariyat hollarda pochta qutisidan erkin
foydalanish uchun parol talab qilinadi.
|