Animatsion lavhalar yaratish reja: Kirish Flash dasturi bilan ishlash asoslari


Fayl-server (Файл-сервер, File-server)



Yüklə 406,36 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/24
tarix19.04.2023
ölçüsü406,36 Kb.
#100318
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24
Fottoeva Zeboxon

Fayl-server (Файл-сервер, File-server) - lokal tarmoqni tashkillashtirishning bir 
arxitekturasi bo’lib, umumiy resurslarni (fayllarni) saqlash, boshqarish, himoya 
qilish va ulardan foydalanishga ruxsat berish server zimmasiga yuklatiladi.
Forum (Форум, Forum) - saytda suhbatlashish uchun uskuna. Forumdagi 
xabarlar pochta xabarlariga nimasi bilandir o’xshash, ularning har biri muallifga, 
mavzuga va xususiy mazmunga ega. Ammo xabarni forumga yuborish uchun 
hech qanday qo’shimcha dastur kerak emas, shunchaki saytda tegishli shaklni 
to’ldirish kifoya. 
Foydalanuvchi (Пользователь, User) - Kompyuterdan foydalanuvchi shaxs. 
Agar Kompyuter tarmoqqa ulangan bo’lsa, unga nisbatan tarmoq 
foydalanuvchisi termini ishlatiladi.
Foydalanuvchi profili (Профиль пользователя, Structure of the user)
Kompyuter foydalanuvchisi kiritgan parametrlarni saqlovchi fayl. Bu 
parametrga ishchi stolni va tarmoqni sozlovchi ma’lumotlarni, dasturlarning 
shaxsiy parametrlarini kiritish mumkin. 
Foydalanuvchining lokal shakli (Локальный профиль пользователя, Local 
structure of the user) - foydalanuvchi tomonidan birinchi marta ishchi 
stantsiyaga yoki serverga murojaat qilinganda Kompyuter tomonidan avtomatik 
tarzda hosil qilinadigan avtorlashtirilgan yozuv.
HTML tili (Язык NTML, Language HTML) - Web-sahifalarni yaratishda keng 
qo’llaniladigan til.
Infraqizil nur (Инфракрасный луч, Infra-red beam) - qizil yorug’likning 
to’lqin uzunligidan katta to’lqin uzunlikka ega bo’lgan nur. Bu nur qabul 
qiluvchi va uzatuvchi qurilmalar yordamida tarqatiladi va qabul qilinadi.
Lokal foydalanuvchi (Локальный пользователь, Local user) – tarmoqqa 
ulanmagan Kompyuter foydalanuvchisi. Ko’p holatlarda lokal foydalanuvchi 
deyilganada uyda Kompyuter bilan ishlovchilar tushuniladi.
Lokal Kompyuter (Локальный компьютер, Local computer) – foydalanuvchi 
tomonidan tizimga ortiqcha cheklashlarsiz (masalan, lokal tarmoqqa yoki global 


tarmoqqa kirish) kirish mumkin bo’lgan Kompyuter. Bu Kompyuterga xos 
xususiyat unda kommunikatsion liniya, modem yoki tarmoq kartasi 
ishlatilmaydi.

Yüklə 406,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin