Masofadan o’qitish (Дистанционное обучение, Distance learning) - o’quv
jarayoni zamonaviy axborot
va
telekommunikatsion
texnologiyalarlar
yordamida tashkil etilib, o’qituvchi va o’quvchi orasidagi masofa va munosabat
e’tiborga olinmaydigan o’qitish.
Masofadan o’qitish kurslari (Курсы дистанционного образования, Distance education course) - tartiblangan o’quv dasturi, ko’zlangan maqsad, egallanilishi
kerak bo’lgan bilim, malaka, ko’nikmalar aniq belgilab qo’yilgan o’quv kursi.
Kurslar axborot va kommunikatsion vositalar yordamida va malakali
o’qituvchilar yordamida tashkillashtiriladi.
Masofadan o’qitishning pedagogik texnologiyalari (Педагогические технологии дистационного обучения, Pedagogical technologies of distance learning) - o’qitishning usul va uslublari majmuasi bo’lib, o’quv-
tarbiyaviy jarayonni amalga oshirish masofadan tashkil etiladi.
Masofadan o’qitishning tashkiliy ta’minoti (Организационное обеспечение дистанционного обучения, Organizational maintenance of istance learning) - o’qitish davrida o’quvchi va o’qituvchi orasida tashkil qilinadigan
bevosita munosabat.
Media (Медиа, Media)- elektron texnologiyalar vositasida axborotni tashuvchi
yoki saqlovchilar. Masalan, matnni - kitob, qo’llanma, CD orqali, tovushni –
audiokasseta, radio va teleko’rsatuvlar orqali, tasvirni videokasseta,
teleko’rsatuvlar orqali uzatish va tarqatish mumkin.
Metama’lumotlar (Метаданные, Metadata)- biror ma’lumotning (faylning)
sarlavhasi, mavzusi, avtori, hajmi, kalit so’zlari kabilardan iborat axborot.
Metaqidiruv tizimi (Метапоисковая система, Metacrawler) -
foydalanuvchining so’rovini bir necha qidiruv serverlariga jo’natib, natijani
gipermurojaatdan iborat ro’yxat shaklida ifoda etuvchi tizim yoki server. Bu
tizim o’zining indekslangan ma’lumotlar bazasiga ega bo’lmaydi.