Web - sayt statistikasi (статистика web сайта , web) - saytlar egalariga saytda
tashrifchilar soni, qaysi bo’limlar eng ko’p mashhur bo’lgan va boshqa
narsalarni bilish imkonini beradi.
Web -sahifa nomi (название web-страницы, webpage title) - web – sahifani
aynanlashtiruvchi tavsiflovchi matn. Ochiq sahifa nomi web - brauzeri
oynasining sarlavha qatorida aks etiriladi.
Web-dastur (Web- приложения, Web-program)- Web-serverlarda ayrim
amallarni avtomatlashtirish maqsadida qo’llaniladigan dasturiy vositalar.
Dasturlar mijozserver arxitekturasida yaratiladi. Bunday dasturlarga: ISAPI,
CGI, ASP, JSP, WAPlarni kiritish mumkin.
Web-interfeys (web- интерфейс, web-interface)- foydalanuvchiga web -
brauzer orqali turli dasturlar bilan o’zaro ishlash imkonini beruvchi interfeys
(masalan, o’z buyurtmasini boshqarish Internet do’konida yoki tarmoq printerini
sozlash). Web - interfeyslarining qulayligi shundaki, ular bitta ofisda
joylashmagan xodimlarga birgalikda ish yuritish imkonini beradi. Masalan, web
- interfeyslar turli ma’lumotlar bazalarini to’ldirish yoki Internet OAV da
materiallarni chop etish uchun ishlatiladi.
Web-server (Web- сервер, Web-server)- www doirasida faoliyat ko’rsatuvchi
server. Web-sahifalarni saqlaydi hamda tashqi serverlardan kelayotgan
so’rovlarga javob beradi.
Web-usta (web – мастер, webmaster) - 1. Web-sahifalarni loyihalashtirish,
yaratish va bezash bilan shug’ullanuvchi shaxs. Web - usta Internet
texnologiyalari bo’yicha bilimlar majmuasi va rassom-bezaklovchi tajribasiga
(kompozitsiya, dizayn) ega bo’lishi lozim. 2. Saytning tashqi ko’rinishi va ishi
uchun javobgar kompaniya xodimi. Web - usta deganda turli-tuman
majburiyatlar
doirasi
tushuniladi
–
kichik
oddiy
sayt
uchun
sahifalashtiruvchidan tortib dizayner va tizim ma’murigacha. Internet
foydalanuvchilari uchun web - usta bu sayt va kompaniya domeniga bog’liq
barcha masalalar bo’yicha aloqada bo’ladigan shaxsdir.