Onlayn (Онлайн, On-line) - tarmoqqa ulangan holatda ishlash tartibi.
Onlayn texnologiyalar (онлайновые технологии, online technologies) -
tarmoq axborot fazosida, haqiqiy vaqtda axborotni sinxron almashuvini
ta’minlab beruvchi, xabarlarni kommunikattsiya vositalari: «suhbat kanallari»
(chatlar), audio- va videokonferentsiyalar va boshqalar.
Oyna (Окно, Window)- ekranning to’g’ri to’rtburchak shaklida chegaralangan
qismi bo’lib, unda dasturlarning ishlashi yoki jarayonlarning borishi ifoda
etiladi. Windows operatsion tizimi muhitida bir vaqtda bir qancha oynalar bilan
ishlash mumkin. Oyna bilan bajarish mumkin bo’lgan amallarga oynani yopish,
bir joydan boshqa joyga ko’chirish, o’lchamini o’zgartirish, yig’ishtirish
kabilarni kiritish mumkin.
Ro’yxatga kiritish (регистрация, registration)- foydalanuvchilarni ro’yxatga
olish va ularga dasturlar va ma’lumotlarni ishlatishga huquq berish jarayoni.
Ayrim web -saytlar foydalanuvchilarga qg’shimcha xizmatlarni olish va pullik
xizmatlarga obuna bo’lish uchun ro’yxatdan o’tishni, ya’ni, o’zi haqida
qandaydir ma’lumotlarni xabar qilishni (anketa tg’ldirishni) va login va parol
olishni taklif qiladilar. Ro’yxatga kiritish varaqasini to’ldirganingizdan so’ng,
sizning ma’lumotlaringiz sayt egalariga kelib tushadi. Foydalanuvchi ro’yxatdan
o’tganda, uning uchun «akkaunt» (account) deb ataluvchi – hisob yozuvi
yaratiladi, foydlanuvchiga tegishli turli axborot saqlanadi, masalan, sayt uchun
uning sozlashlari, pullik xizmatlarni iste’mol qilgani haqida ma’lumotlar va
boshqalar.
Ro’yxatga olingan fayllar turi (Зарегистрированный типа файлов, Registered type of the files) - tizimli reestrga kiritilgan fayllar turi bo’lib, ular
Kompyuterga o’rnatilgan dasturlar tomonidangina anglanadi.