Sahifa (страница, page) - noyob manzilga ega bo’lgan, ko’rish dasturi yordamida
ochib ko’rilishi mumkin bo’lgan hujjat. WWW sahifalardan iborat. Odatda, bu
matn,
grafika,
tovush,
video
yoki
animatsiya,
boshqa
hujjatlarga
gipermurojaatlarni o’z ichiga olgan ko’ptashuvchi hujjatlardir.
Taqdimot (Презентация, Presentation)- diagramma, jadval, matn va boshqa
ko’rinishdagi ma’lumotlarni maxsus dasturlardan foydalangan holda displey,
videoproektor kabilarda namoyish qilish uchun tayyorlash.
Tarmoq (Сеть, Network) - o’zaro ma’lumotlar almashish imkoniyatiga ega
bo’lgan Kompyuterlar yoki qurilmalar guruhi.
Videokonferentsaloqa (Видеоконференцсвязь, Video conferencing)– real
vaqtda ma’lum masofadagi ikki guruh orasida audio- va video ma’lumotlarni
almashishni ta’minlash imkoniyatini beruvchi elektraloqa va kompьyuter
tarmoqlari xizmati.
Videokonferentsiya (Видеоконференция, Video conference) -
Videokonferentsaloqa yordamida tashkil qilinadigan o’qituvchi va o’quvchi
orasidagi interaktiv faoliyat.
Virtual (виртуальный, virtual) - voqeiy bo’lib ko’ringan, biroq vazifalari
boshqa moslamalar tomonidan bajariladigan funktsional moslama ta’rifi.
Web - server (web- сервер, web-server)
Web – hujjat (web- документ, web-dokument)- 1. Odatda, maxsus murojaat
HTML (Hypertext Markup Language) tilidagi hujjat. Web - hujjat Umumjaxon
tarmog’i asosini tashkil qiladi. Ular gipermatndan iborat bo’lib, foydalanuvchiga
ajratib ko’rsatilgan so’z yoki jumlaga qaratib, ma’lumotlarni o’qish, hujjatning
boshqa qismiga yoki ayni hujjat bilan gipermurojaat yordamida bog’langan
boshqa web – hujjatga o’tish imkonini beradi. Web -hujjat, shuningdek, matn,
tasvir, tovushlarni mujassamlovchi gipermuhit ma’lumotni ham o’z ichiga olishi
mumkin. web –hujjatni ochish, ularni o’qish yoki aks ettirish Internet brauzerlari
yordamida amalga oshiriladi. Web - hujjat tushunchasi « web-sahifalar» va «
web-saytlar» tushunchalari bilan chambarchas bog’liq.