Xulosa
Multimediali sistemalarda barcha bu kabi analogli ko`rinishdagi
axborot
qayta ishlash muammosi quyidagilar: axborotni raqamli ko`rinishga aylantirish
zaruriyati bo`lib, unda axborotning bir qismi yo`qoladi;
katta hajmdagi
axborotni saqlash qiyinchiligi. Multimedia texnologiyasining paydo bo`lish g`oyasi
1945 yilda Amerikalik olim Vanniver Bush tominidan taklif qilingan “MEMEX”
xotirani tashkil etish konsepsiyasi hisoblanadi. Bu konsepsiya axborotni ma`no
jihatdan hamda formal belgilalariga (tartib raqami, indeksi yoki alifbosi va boshqa
narsalarga qarab) to`g`ri keladigan qidiruvni tashkil etish nazarda tutilgan. Bu
g`oya dastlab gipermatn sistemasi(matnli ma`lumotlar kombinatsiyasi bilan
ishlaydigan sistema) ko`rinishida, keyinchalik esa gipermedia (grafika, tovush,
video va animatsiyalar kombinatsiyasi bilan ishlaydigan sistema)
va ikkita
sistemasini
o`zida
mujassamlashtirgan
multimedia
sifatida
kompyuterda
realizatsiya qilingan. Ushbu kurs ishi
Macromedia Flash muhitida
ishlash va
animatsiya, video - rolik, web- sahifa, interfaolli, ovozli lavhalarni yaratish hamda
Actionscript dasturlash tili orqali dasturlashtirilgan,
boshqariladigan animatsiya,
video - rolik, web - sahifalarni yaratishni o'rganishga bag ishlangan.Kur ishida
vektorli grafika, animatsion obyektlar haqidagi ham ma’lumot berib o'tilgan.
Multimedia
texnologiyalar
informatikaning
eng
mashhur
va
istiqbolli
yo`nalishlaridan hisoblanadi. Multimediali
texnologiyalar maqsadi tovush, video,
animatsiya va boshqa visual effektlar(Simulation) hamda interaktiv interfeys va
boshqa boshqaruv mexanizmlari bilan birgalikda taqdim e`tiladigan
matn va
ma`lumotli, tasvirlar kolleksiyasi kabi maxsulotlarni yaratishdan iboratdir.
Dostları ilə paylaş: