•
sinxron
ovoz
qo'shish;
•
HTML
formati
va
boshqa
internetda
foydalaniladigan
barcha
formatlarga
o'tkazishni
ta’minlash;
•
mustaqil
platformali;
• Flash-roliklarni
avto rejimda ham, Web - brouzer yordamida ham ko'rish
imkoniyati
mavjud;
•
vizual
uskunalari
mavjudligi
Flash-rolik
yaratuvchilarini
ko'plab
murakkab
amallardan
xalos
etadi,
shuningdek
Flash-texnologiyalarning
texnik asnektlarni o'rganishni talab etmaydi. Hozirgi vaqtda Web-sahifalarni
yaratishda birinchi orinlardan birini
rastrli grafika egallaydi. Rastrli formatlardan
GIF (
Graphics Interchange Format - ma’lumotlar almashuvi uchun grafik
format), JPEG (
Join Photographic Experts Group - tasvir bo'yicha mutaxassislar
birlashgan guruhi) va PNG (
Portable Network Graphics- ko'chirma grafik
format) va boshqa formatlarni keltirish mumkin. Rastrli grafikani ishlatishda tasvir
nuqtalar majmuasi (piksellar - inglizca pixels) dan iborat bo'ladi. Bu nuqtalar bir -
biri bilan bog'liq bo'lmaganligi uchun ushbu nuqtalarni har birga rangi va
koordinatasi berilishi kerak. Oddiy holda, agar ikki xil
rangli tasvir ishlatilsa
(masalan, oq-qora), u holda har bir pikselni ta’riflash uchun bitta ikkili razryad
(0- qora, 1 - oq) ta’riflash etarli bo'ladi. 256 - rangli rasm uchun har bir pikselga
bunday razryadlardan 8 ta kerak bo'ladi (256=2 ). Juda ham murakkab fotorealistik
rangli tasvirlar 1 pikselga 24 razryad talab qiladi. Natijada rastr tasvirli fayllar
o'lchami tasvirni rang chuqurligi o'sgani sari oshib boradi.
Rastrli tasvirlarni
yana bir kamchiligi shundan iboratki, tasvir sifati piksel o'lchamiga bog'liq, u
esa o'z navbatida monitorni imkoniyati bilan belgilanadi. Shuning uchun bir xil
rasm turli monitorlarda har xil ko'rinishga ega bo'lishi mumkin. Rastrli tasvir
o'lchamini o'zgartirish juda ham murakkab ishdir.
Chunki bunday tasvirni
kattalashtirish piksellar sonini o'sishiga olib keladi. Kompyuter grafikasi
sohasidagi mutaxassislar tomonidan juda murakkab rastrli tasvirlar piksellar
«ko' naytirish» yoki “o'chirish (agar tavirni kichraytirish kerak bo'lsa)”
algoritmlari ishlab chiqilgan, lekin ular doim
ham ushbu masalani oqilona
bajara olmaydi. Web-sahifalarni yaratishda birinchi o rinlardan birini
vektorli
grafika ham egallaydi. Bu tasvirni rasmdagi joylashuvi matematik formulalar
bilan berilgan egri chiziqlar majmuasi yordamida namoyish etish usulidir.
Masalan, istalgan doirani tasvirlash uchun uch-to'rt raqam kerak bo'ladi: radius,
markaz koordinatalari va chiziq qalinligi. Shuning uchun,
vektorli grafika rastrli
grafikaga
nisbatan
bir
qancha
afzalliklarga
ega:
•
vektorli
tasvirlarni
belgilovchi
matematik
formulalar
kompyuter
xotirasida rastrli tasvir piksellariga qaraganda kamroq joy egallaydi;
•
tasvir
(yoki
uning
ayrim
qismlarini)
sifatini
yuqotmasdan
chegaralanmagan
kattalashtirish
imkoniyati
mavjudligi;
•
tasvirni
bir
platformadan
ikkinchisiga
ko'chirishning
qulayligi.
Albatta, vektorli tasvirlarni o'z kamchiliklari ham mavjud. Masalan, fotorealistik
tasvirni vektorli formatda namoyish qilish murakkabroq. Flash yaratuvchilari
bunga echimni tonishgan. Flash yordamida Web – sahifalar
tuzishda siz nafaqat
vektorli balki rastrli tasvirlarni ishlatishingiz ham mumkin.
Dostları ilə paylaş: