Animatsion lavhalar yaratish


Ma’lumotlarni elektron almashuvi (EDI, электронный обмен данными, Electronic Data Interchange



Yüklə 48,11 Kb.
səhifə12/18
tarix09.04.2023
ölçüsü48,11 Kb.
#95217
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
Animatsion lavhalar yaratish

Ma’lumotlarni elektron almashuvi (EDI, электронный обмен данными, Electronic Data Interchange - 1. Axborot tuzilmalashning kelishilgan standartidan foydalanib, bir Kompyuterdan boshqasiga elektron tarzda axborot uzatish. 2. Korxonalar orasida elektron shakldagi buyurtma, tasdiqlov va hisob raqamli-fakturalar kabi, hujjatlar bilan almashuv. Bu usuldan foydalanib kompaniyalar, tarmoqlarni ishchan o’zaro aloqada ishlash uchun qo’llashlari mumkin. Agar kompaniyalar orasidagi yozishma odatdagi hodisa bo’lsa, EDI hisob raqami va shartnoma kabi kata hajmdagi qog’oz hujjatlarni almashtirib katta hajmdagi axborotlarni uzatishni nazarda tutadi. EDI korporativ malumotlar bazalariga bevosita o’zgarishlar kiritilishini nazarda tutadi.
Ma’lumotlarni yig’ish (Сбор данных, Data capture) - ma’lumotlarni yig’ib ularni Kompyuterga kiritish jarayoni. Ma’lumotlarni yig’ish avtomatik tarzda yoki qo’l mehnati bilan amalga oshiriladi.
Ma’ruza (Лекция, Lecture) - o’quv materialini yoki masalani, mavzuni, bo’limni, predmetni tizimli va ketma-ketlikda bayon etish.
Marker (Маркер, Marker) - tarmoqlarda tartiblangan ma’lumotlarning unikal ob’ekti yoki xabarni ifoda etadi. Bu ob’ekt yoki xabar doimiy ravishda uzellar o’rtasida aylanib, tarmoq holatini tavsiflab turadi; biror ma’lumotdagi qisqartirib yozish mumkin bo’lmagan ixtiyoriy matn, masalan, dasturlar tillarida o’zgaruvchilarning nomi, buyruqlar va komandalar; foydalanuvchining interfeysi uchun xos bo’lgan grafik ob’ektning ma’lum qismi bo’lib, uning o’lchami, shakli kabi parametrlarini o’zgartirish imkoniyati beradi.
Masofadan o’qitish (Дистанционное обучение, Distance learning) - o’quv jarayoni zamonaviy axborot va telekommunikatsion texnologiyalarlar yordamida tashkil etilib, o’qituvchi va o’quvchi orasidagi masofa va munosabat e’tiborga olinmaydigan o’qitish.
Masofadan o’qitish kurslari (Курсы дистанционного образования, Distance education course) - tartiblangan o’quv dasturi, ko’zlangan maqsad, egallanilishi kerak bo’lgan bilim, malaka, ko’nikmalar aniq belgilab qo’yilgan o’quv kursi. Kurslar axborot va kommunikatsion vositalar yordamida va malakali o’qituvchilar yordamida tashkillashtiriladi.

Yüklə 48,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin