Animatsion lavhalar yaratish


Ro’yxatga kiritish (регистрация, registration)



Yüklə 48,11 Kb.
səhifə15/18
tarix09.04.2023
ölçüsü48,11 Kb.
#95217
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Animatsion lavhalar yaratish

Ro’yxatga kiritish (регистрация, registration) - foydalanuvchilarni ro’yxatga olish va ularga dasturlar va ma’lumotlarni ishlatishga huquq berish jarayoni. Ayrim web -saytlar foydalanuvchilarga qg’shimcha xizmatlarni olish va pullik xizmatlarga obuna bo’lish uchun ro’yxatdan o’tishni, ya’ni, o’zi haqida qandaydir ma’lumotlarni xabar qilishni (anketa tg’ldirishni) va login va parol olishni taklif qiladilar. Ro’yxatga kiritish varaqasini to’ldirganingizdan so’ng, sizning ma’lumotlaringiz sayt egalariga kelib tushadi. Foydalanuvchi ro’yxatdan o’tganda, uning uchun «akkaunt» (account) deb ataluvchi – hisob yozuvi yaratiladi, foydlanuvchiga tegishli turli axborot saqlanadi, masalan, sayt uchun uning sozlashlari, pullik xizmatlarni iste’mol qilgani haqida ma’lumotlar va boshqalar.
Ro’yxatga olingan fayllar turi (Зарегистрированный типа файлов, Registered type of the files) - tizimli reestrga kiritilgan fayllar turi bo’lib, ular Kompyuterga o’rnatilgan dasturlar tomonidangina anglanadi.
Sahifa (страница, page) - noyob manzilga ega bo’lgan, ko’rish dasturi yordamida ochib ko’rilishi mumkin bo’lgan hujjat. WWW sahifalardan iborat. Odatda, bu matn, grafika, tovush, video yoki animatsiya, boshqa hujjatlarga gipermurojaatlarni o’z ichiga olgan ko’ptashuvchi hujjatlardir.
Taqdimot (Презентация, Presentation) - diagramma, jadval, matn va boshqa ko’rinishdagi ma’lumotlarni maxsus dasturlardan foydalangan holda displey, videoproektor kabilarda namoyish qilish uchun tayyorlash.
Tarmoq (Сеть, Network) - o’zaro ma’lumotlar almashish imkoniyatiga ega bo’lgan Kompyuterlar yoki qurilmalar guruhi.
Videokonferentsaloqa (Видеоконференцсвязь, Video conferencing) – real vaqtda ma’lum masofadagi ikki guruh orasida audio- va video ma’lumotlarni almashishni ta’minlash imkoniyatini beruvchi elektraloqa va kompьyuter tarmoqlari xizmati.
Videokonferentsiya (Видеоконференция, Video conference) - Videokonferentsaloqa yordamida tashkil qilinadigan o’qituvchi va o’quvchi orasidagi interaktiv faoliyat.

Yüklə 48,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin